GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.3K photos
1.26K videos
49 files
3.87K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#49_teatr_mavsum

⚡️Joriy yilning 14-sentabr kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi “49-teatr mavsumi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍Unda teatr ixlosmandlari, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari hamda GuDPI pedagog-xodimlari va talabalari ishtirok etdi.

🖇Tadbirda viloyat estrada simfonik orkestri, taniqli va yosh iste’dodli solistlar ishtirokidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Jahon va milliy sahna asarlari durdonalaridagi mashhur ariyalardan parchalar ijro etildi.

📌Sirdaryoda professional teatr 1975 yilda ish boshlagan. Teatrning katta zali 550 o‘rinli, ikkita kichigi esa 80 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda qo‘g‘irchoq spektakllar va boshqa turli tadbirlarni o‘tkazish mumkin.

🔥Viloyat teatri jamoasi yangi mavsumni katta tayyorgarlik bilan boshladi. Jamoa repertuaridan turli janrlardagi 25 ta spektakl o‘rin olgan.

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#mahorat_darsi

🖼 GulDPI “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi 32-23-guruh talabalari ishtirokida Rangtasvir fanidan “Geometrik figuralarni tasvirlash. Grizayl” mavzusida dars mashg’uloti o‘tkazildi.

🎨Amaliy mashg’ulot davomida tasviriy san’at fani o‘qituvchisi dotsent R.Xayrov talabalarning rasm chizish mahoratini baholadi.

📐Albatta, rassomchilik diqqat-e’tiborli bo‘lishni talab etadi. Shuningdek, ijod na’munasining sifatli chiqishi uchun ranglar jilosining uyg’unligi va bo‘yoqlar sifati muhim ahamiyatga ega. Xususan, talabalar dars jarayonida tasvirlash usullari haqida ham ma’lumotga ega bo‘ldi.

📥GulDPI axborot xizmati


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Talabalar_ligasi
#Shaxmat

⚡️Ayni vaqtda Guliston davlat pedagogika institutida “Talabalar ligasi” sport musobaqasining shaxmat turi bo‘yicha final bosqichi bo‘lib o‘tmoqda.

📍Shaxmat - bu intellektual sport turi bo'lib, institutning eng kuchli talabalari gʻoliblik uchun o'zaro bahs olib borishmoqda.

GulDPI axborot xizmati


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#tanlov #ixtirochilik #ratsionalizatorlik

“Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida ishtirok eting!

Siz ixtirochimisiz? Yoki sizda jamiyatga foyda keltira oladigan ratsionalizatorlik taklifi bormi?

Unda sizni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar Milliy ofisi tomonidan tashkil etilgan “Ixtirochilik va ratsionalizatorlik” tanlovida qatnashishga taklif etamiz.

Loyihalar quyidagi mezonlarga ko‘ra saralab olinadi:
✔️ energiya va resurslarni tejash, zamonaviy texnologiyalar va yangi materiallar yaratishga doirligi;
✔️ atrof-muhitni himoyalash bo‘yicha muammolarni hal qilishga qaratilganligi;
✔️ ijtimoiy ahamiyati va jamiyatga keltira oladigan foydasi;
✔️ foydalanishga tayyorligi;
✔️ eksportga mo‘ljallanganligi va import o‘rnini bosishi.

Tanlovda qatnashish uchun ishtirokchilarga qo‘yiladigan talablar:
✔️16 yoshdan 40 yoshgacha bo‘lishi;
✔️O‘zbekiston Respublikasi fuqarosi bo‘lishi;
✔️aniq bir ixtiro, foydali model va ratsionalizatorlik taklifiga ega bo‘lishi;
✔️tanlovda ishtirok etmoqchi bo‘lgan loyihaning prototipi mavjud bo‘lishi kerak.

Tanlovning 1-, 2- va 3-o‘rin sohiblari tegishlicha BHMning 300, 250 va 200 baravari miqdorida bir martalik pul mukofoti va sertifikat bilan taqdirlanadi.

Arizalar joriy yilning 6-oktabriga qadar qabul qilinadi.

Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola:👉 https://t.me/IR_Registratsiya_Bot

Murojaat uchun tel.: +998 97 333 93 43

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
📚#Tabriklaymiz!
#ilmiy_yutuq

📣 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining tegishli buyrug’iga asosan Guliston davlat pedagogika instituti "Ijtimoiy fanlar va san`atshunoslik" kafedrasi dotsenti Xayrov Rasim Zalimxon o`g`lining “TASVIRIY SAN’AT FANINI O’QITISH METODIKASI” darsligi O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan litsenziya berilgan nashriyotlarda chop etishga ruhsat etildi.

💫GulDPI jamoasi Rasim Xayrovni erishgan yutug’i bilan tabriklaydi va ilmiy-pedagogik faoliyatlarida ulkan zafarlar tilaydi.

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website