GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#tanlov

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi boshlang‘ich tashkilot kengashi tashabbuskor yoshlarni o‘z atrofiga chorlaydi!

📲Murojaat uchun: GulDPI yoshlar yetakchisi- Davlatnur Raimov

📥GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#muhim_yangilik

C1 darajaga ega professional ta’lim muassasalari va akademik litsey o‘qituvchilariga 50% ustama beriladi

Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Iqtisodiyot va moliya vazirligi “Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar, taʼlim sohasida xizmat koʻrsatuvchi vakolatli xalqaro tashkilotlar, xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ularning kombinatsiyasi) roʻyxati hamda har oylik ustama olish uchun ularning eng kam darajasini belgilash toʻgʻrisida”gi qo‘shma qarorni imzoladi.

Unga koʻra joriy yil 1-sentabrdan boshlab professional taʼlim muassasalar (kasb-hunar maktabi, kollej va texnikum) va akademik litseyning xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan kamida С1 darajadagi sertifikatlarga ega umumtaʼlim fan oʻqituvchilari bazaviy tarif stavkasiga nisbatan har oylik 50 foiz miqdorda ustama haq toʻlash yoʻlga qoʻyiladi.

Shuningdek, qaror bilan:

Milliy baholash tizimi muvofiq boʻlishi lozim boʻlgan xalqaro standartlar roʻyxati;

Taʼlim sohasida xizmat kо‘rsаtuvсhi vakolatli xalqaro tashkilotlar roʻyxati;

Xalqaro tan olingan va milliy baholash tizimida berilgan sertifikatlar (ulаrning kombinatsiyasi) rо‘yxati tasdiqlandi.

👉На русском
👉In English

Bizni kuzating👇🏻
Facebook | Instagram | Twitter | YouTube
#LIVE

💥Ayni damda Guliston davlat universitetida “Talaba-yoshlar forumi” bo‘lib o‘tmoqda.

🔥Tadbirda Guliston davlat pedagogika institutining faol va iqtidorli talaba-yoshlari ham ishtirok etmoqda.

⚡️Bizni kuzatishda davom eting!

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#49_teatr_mavsum

⚡️Joriy yilning 14-sentabr kuni Sirdaryo viloyati musiqali drama teatrida yangi “49-teatr mavsumi” ochilish marosimi bo‘lib o‘tdi.

📍Unda teatr ixlosmandlari, ijodkorlar, keng jamoatchilik vakillari hamda GuDPI pedagog-xodimlari va talabalari ishtirok etdi.

🖇Tadbirda viloyat estrada simfonik orkestri, taniqli va yosh iste’dodli solistlar ishtirokidagi konsert dasturi bo‘lib o‘tdi. Jahon va milliy sahna asarlari durdonalaridagi mashhur ariyalardan parchalar ijro etildi.

📌Sirdaryoda professional teatr 1975 yilda ish boshlagan. Teatrning katta zali 550 o‘rinli, ikkita kichigi esa 80 tomoshabinga mo‘ljallangan bo‘lib, ularda qo‘g‘irchoq spektakllar va boshqa turli tadbirlarni o‘tkazish mumkin.

🔥Viloyat teatri jamoasi yangi mavsumni katta tayyorgarlik bilan boshladi. Jamoa repertuaridan turli janrlardagi 25 ta spektakl o‘rin olgan.

📩GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#mahorat_darsi

🖼 GulDPI “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” ta’lim yo‘nalishi 32-23-guruh talabalari ishtirokida Rangtasvir fanidan “Geometrik figuralarni tasvirlash. Grizayl” mavzusida dars mashg’uloti o‘tkazildi.

🎨Amaliy mashg’ulot davomida tasviriy san’at fani o‘qituvchisi dotsent R.Xayrov talabalarning rasm chizish mahoratini baholadi.

📐Albatta, rassomchilik diqqat-e’tiborli bo‘lishni talab etadi. Shuningdek, ijod na’munasining sifatli chiqishi uchun ranglar jilosining uyg’unligi va bo‘yoqlar sifati muhim ahamiyatga ega. Xususan, talabalar dars jarayonida tasvirlash usullari haqida ham ma’lumotga ega bo‘ldi.

📥GulDPI axborot xizmati


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website