GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.89K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣"Tanishtiruv haftaligi" doirasida talabalar bilan uchrashuv o‘tkazildi!

🇺🇿 O‘zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyat Kengashi raisi Azizbek Rahmonov hamda Guliston davlat pedagogika instituti yoshlar yetakchisi Sherjaxon Abdufatayev ishtirokida "Tanishtiruv haftaligi" doirasida talabalar bilan uchrashuv tashkil etildi.

👥 Uchrashuv davomida tashkilotchilar tomonidan talaba yoshlarning o‘quv yili davomida vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo'yicha suhbat olib borildi. Shuningdek, talabalarning takliflari, muammolari hamda qiziqishlari yuzasidan fikrlar almashilindi.

📌 Ma'lumot uchun: 5-9-sentyabr kunlari viloyatimizdagi oliy va professional ta'lim muassasalarida "Tanishtiruv haftaligi" boʻlib oʻtadi!

#yoshlarittifoqi #tanishtiruvhaftaligi #guldpi #Sirdaryo


🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#E'LON

🔺Sizda kimyo texnologiyalari, to‘qimachilik, muqobil energetika, biopreparatlar yoki suv tejash texnologiyasiga asoslangan startap uchun ajoyib g‘oya bormi?

Unda sizni Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi va Innovatsiyalar milliy ofisi “Milliy Hub” startap-akseleratsiya o‘quv dasturining tanlovida qatnashishga taklif etadi.

Ushbu o‘quv dasturi oliy talim muassasasi magistr yoki ilmiy darajalilar va tadqiqotchilar, ilmiy tashkilotlar, kichik va o‘rta biznes vakilillari uchun mo‘ljallangan.

⚡️Tanlovda qatnashib siz startapingizni shakllantirishdan tijoratlashtirishgacha bo‘lgan barcha bosqichlarni yuqori malakali xalqaro va mahalliy mentorlar yordamida bosib o‘tasiz.

Dasturning eng faol ishtirokchilari dunyoning yetakchi, startaplarni qo‘llab-quvvatlovchi “Plug and Play” kompaniyasi dasturlarida o‘z loyihalarini olib chiqish imkoniyatiga ega bo‘ladilar.

G‘olibilar joriy yilning 16–20-oktyabr kunlari bo‘lib o‘tadigan “InnoWeek.Uz-2023” xalqaro innovatsion g‘oyalar haftaligi doirasidagi “Demo day” loyihalar taqdimotida taqdirlanadi.

💠Ro‘yxatdan o‘tish joriy yil 8-sentyabrgacha davom etadi.

💠Tanlovda qatnashish uchun quyidagi havola orqali onlayn ro‘yxatdan o‘ting.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Yangi_oʻquv_yili
#GulDPI_TTJ

⚡️2023-yil 4-sentabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti Xotin-qizlar maslahat Kengashi raisi Nodira Misirova tomonidan institut talabalar turar joyiga joylashgan talaba qizlarga odob-axloq qoidalari va ichki tartib qoidalari haqida tushuntirish ishlari olib borildi.

📌Shuningdek, talabalarning ota-onalari bilan suhbat uyushtirildi.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#To‘lov_kontrakt

Davlat oliygohlarining barcha bosqich talabalari uchun to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydi!

Davlatimiz rahbari Shavkat Mirziyoyevning mamlakatimiz ta’lim tizimiga qaratayotgan alohida e’tibori natijasida 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha yo‘nalishlar bo‘yicha to‘lov-kontrakt miqdorlari oshirilmaydigan bo‘ldi.

Talabalar va ularning ota-onalariga yengillik yaratish va ularni qo‘llab-quvvatlash hamda aholining to‘lov qobiliyatini inobatga olgan holda, istisno tariqasida, 2023/2024-o‘quv yili uchun barcha bosqichdagi talabalarning to‘lov-kontrakt asosida o‘qitish qiymati miqdori davlat oliy ta’lim muassasalari, jumladan, moliyaviy mustaqillik berilgan oliygohlarda ham bazaviy to‘lov-kontrakt qiymati 2022/2023-o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda saqlab qolinadi.

Shu bilan bir qatorda, 2023/2024-o‘quv yili tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt miqdorlari o‘tgan o‘quv yili uchun belgilangan miqdorlarda o‘zgarishsiz qoladi.

2023/2024-o‘quv yili qabulida to‘plagan ballari tasdiqlangan qabul parametrlari chegarasiga yetmagan, lekin tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt asosida tahsil olish istagini bildirgan abituriyentlarga, istisno taraqasida yangi o‘quv yili boshlanishidan shartnomalar rasmiylashtirishga, shuningdek bir yillik o‘qitish qiymatining 50 foizini to‘laganlarni talabalar safiga qabul qilishga ruxsat berildi.

Shuningdek, yana bir yengillik – tasdiqlangan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatini 2023-yil 15-oktabriga qadar to‘liq to‘lagan abituriyentlar uchun 10 foiz miqdorida chegirma berilmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#To‘lov_kontrakt

2023/2024-oʻquv yili uchun respublika oliy taʼlim muassasalari bakalavriat taʼlim yoʻnalishlari (magistratura mutaxassisliklari) boʻyicha bitta talabani toʻlov-kontrakt shaklida bir yillik oʻqitish qiymati miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Super_kontrakt

2023/2024-o‘quv yili qabulida bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari natijalariga ko‘ra to‘plagan ballari tasdiqlangan to‘lov-kontrakt doirasida qabul parametrlari chegarasiga 4,05 balldan ortiq yetmagan, 56,7 balldan kam bo‘lmagan holda, qo‘shimcha ravishda o‘qish istagini bildirgan abituriyentlarnig birinchi o‘quv yili uchun amalda belgilangan bazaviy to‘lov-kontrakt miqdorlariga nisbatan tabaqalashtirilgan to‘lov-kontrakt qiymatining minimal miqdori

💾 PDF shaklida yuklash

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Yangi_oʻquv_yili
#GulDPI_TTJ

⚡️ Joriy yilning 4-sentyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti rektori v.v.b. A.Qalandarov va mas’ullar talabalar turar joyiga tashrif buyurib, 1-bosqich talabalari uchun yaratilgan sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

🖇Talabalar turar joyiga joylashgan har bir talabalarning taklif va istaklari o‘rganilib, talabalar turar joyi ichki tartib-qoidalari yuzasidan tushuntirish ishlari olib borildi.

🏢 Ma'lumot o‘rnida, institutning talabalar yotoqxonasi 400 o‘ringa ega bo‘lib, yaqin atrofda joylashgan mahallalardan ham ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar bazasi shakllantirilgan.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Yangi_oʻquv_yili
#2023_2024_GulDPI

⚡️ Guliston davlat pedagogika institutida yangi 2023/2024-o‘quv yili darslari boshlandi. 1-bosqich talabalari uchun oliygoh bilan tanishuv haftaligi davom etmoqda.

🏢 2-bosqich talabalari institut professor-o‘qituvchilari tomonidan nazariy bilimlar olishmoqda.

📩 GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website