GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
10.6K photos
1.2K videos
49 files
3.68K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#infografika

Qabul tugashiga 2 kun qoldi!

29-iyul soat 09:00 holatiga ko‘ra, magistratura mutaxassisliklari uchun 16 ming 413 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi (batafsil infografikada👆).

Ma’lumot uchun, qo‘shimcha imtiyozga ega talabgorlar o‘qishga tanlovdan tashqari alohida tavsiya etiladi.

❗️Eslatma: hujjatlar magistr.edu.uz elektron platformasi orqali 30-iyul (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da

Bizni kuzating
👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023

⚡️2023-2024-oʻquv yili uchun oliy taʼlim muassasalariga kirish test sinovlari oʻtkaziladigan binolarga abituriyentlar va ularning ota-onalari harakati sxemasi.

1⃣ Abituriyentlarning binolarga kirish harakati chizmasi

2⃣ Ota-onalar kutish joyiga borish harakati chizmasi

👉 @bbasirdaryo
#Qabul2023

📢 Abituriyentlar diqqatiga!!!

📵 Hurmatli abituriyentlar! Sizlardan test sinovlariga yuqorida ko‘rsatilgan ta’qiqlangan vositalarsiz kelishlaringizni so‘raymiz.

Vazirlar Mahkmasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori asosida tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga yoki binoga ta’qiqlangan vositalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirsa yoki ulardan foydalansa test sinovlaridan chetlashtiriladi va test natijalari chiqarilmaydi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Qabul2023

⚡️Viloyatimizda bu yilgi test sinovlari “Alpomish” sport majmuasida o‘tkaziladi

Sirdaryo viloyatida 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasining 2 ta binosida o‘tkaziladi.

1️⃣-Bino: Yengil atletika maneji

2️⃣-Bino: Yopiq tennis korti

❗️Manzil: Guliston shahri, “Namuna” MFY, Guliston ko‘chasi

♻️ Mo‘ljal: “Farovon” mehmonxonasi, Yong‘inga qarshi kurashish boshqarmasi

📍Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/hRrHMLqkt3uf5mwe8

📢 Diqqat! Аbituriyentlarga eslatma!👇

👉 Abituriyentlar belgilangan sana va smenada test sinovlariga ortiqcha buyumlarsiz, faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat-u 30 daqiqa oldin “Alpomish” sport majmuasiga etib kelishlari so‘raladi.

👉 @bbasirdaryo
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023
#ProfTa’lim

DIQQAT!

⚡️2023/2024-oʻquv yili uchun kollej va texnikumlarning kasb va mutaxassisliklariga mos test sinovi topshiriladigan FANLAR MAJMUASI, TEST TOPSHIRIQLARI SONI hamda BAHOLASH MEZONLARI tasdiqlandi.

➡️ Barcha test topshiruvchilar uchun majburiy bo‘lgan 3 ta fan bo‘yicha:

Ona tili
(o‘zbek, rus yoki qoraqalpoq tili)10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Matematika10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan
Maksimal ball – 11 ball.

O‘zbekiston tarixi10 ta savol.
Har biri uchun 1.1 balldan.
Maksimal ball – 11 ball.

Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 33 ball.

➡️ Kasb va mutaxassisligiga mos bo‘lgan test sinovi topshiriladigan 2 ta fan bo‘yicha:

1-fan – 30 ta savol
.
Har biri uchun 3.1 balldan.
Maksimal ball – 93 ball.

2-fan – 30 ta savol.
Har biri uchun 2.1 balldan.
Maksimal ball – 63 ball.

👉Jami to‘plash mumkin bo‘lgan ball – 156 ball.

📌 5 ta fan bo‘yicha maksimal ball 189.

➡️Faylni yuklab olish

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️ Kollej va texnikumlarga qabul boshlandi

Abituriyentlarni ro‘yxatga olish Bilim va malakalarni baholash agentligining my.uzbmb.uz saytida “Professional ta’lim muassasalariga qabul” bo‘limi orqali amalga oshiriladi.

Ro‘yxatga olish 10-sentabrga qadar (10-sentabr kuni ham) davom etadi hamda ushbu muddatga qadar abituriyentlar o‘z ma’lumotlarini tahrirlash imkoniyatiga ega bo‘ladi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Imtiyoz

Imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar mandat.uzbmb.uz saytiga joylashtirildi

Bilimni baholash agentligining mandat.uzbmb.uz saytiga qo‘shimcha kvota doirasida tanlovda ishtirok etadigan imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlar joylashtirildi.

Endilikda mandat.uzbmb.uz saytidagi “Bakalavr-2023” bo‘limining “Imtiyozli” qismidan tegishli imtiyoz turini tanlagan holda ushbu imtiyozga ega abituriyentlar to‘g‘risidagi ma’lumotlarni ko‘rish mumkin.

Bunda abituriyentlarning ro‘yxati ularning to‘plagan ballari asosida tartiblanadi va mazkur imtiyoz doirasida ajratilgan qo‘shimcha qabul ko‘rsatkichlari soni ham ko‘rsatiladi.

📌 Imtiyoz asosida qo‘shimcha kvota doirasida talabalikka tavsiya etilmagan abituriyentlar barcha abituriyentlar kabi umumiy tanlovda ishtirok etadi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023 #grant

⚡️Texnikumlarda qabul kvotasining 50% i davlat granti asosida belgilangan kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati

Eslatma: hujjatlar my.gov.uz sayti orqali hujjatlar qabul qilinmoqda.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Yakuniy tanlov natijalari (mandat) e’lon qilindi
#Qabul2023 #Natija

2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlari bo‘yicha tanlov natijalari e’lon qilindi.

📌 Tanlov natijalarini 6 xil usulda bilish mumkin.

1️⃣ my.uzbmb.uz sayti orqali:

my.uzbmb.uz saytiga abituriyentning pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali:

mandat.uzbmb.uz saytining “Bakalavr-2023” bo‘limiga abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ SMS xabarnoma xizmati orqali:

5100
raqamiga abituriyentning ID raqami yuborilganda, mazkur telefon raqamiga tanlov natijalari bo‘yicha SMS xabarnoma yuboriladi (xizmat haqi mavjud).

4️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlari orqali (abituriyentning ID raqamini yuborgan holda):

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @edtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

5️⃣ QR-kod orqali:

Abituriyent ruxsatnomasining quyi qismidagi QR-kod (natijani ko‘rish uchun havola) ni skaner qilgan holda.

6️⃣ Test natijalari qaydnomasi orqali:

Shuningdek, test natijalari qaydnomasi oliy ta’lim muassasalariga taqdim etiladi.

👉@eduuz
#Qabul2023

Abituriyentlar va ularning ota-onalari diqqatiga!

Bilimni baholash agentligi va uning hududiy bo‘limlarida abituriyentlar va ularning ota-onalarini qiziqtirgan savollarga javob berish maqsadida maslahat markazlari tashkil etildi.

📍 Bunda abituriyentlar va ularning ota-onalari o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob olish uchun Toshkent shahriga kelishlari shart emas.

▶️ Qoraqalpog‘iston Respublikasi va viloyatlarda Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari mavjud bo‘lib, hududiy bo‘limlar tomonidan ham abituriyentlarga to‘liq ma’lumotlar beriladi.

👉 Bilimni baholash agentligining hududiy bo‘limlari: https://uzbmb.uz/page/representatives

📆 Maslahat markazlarining ish vaqti: dushanba-juma kunlari 09:00 dan 18:00 ga qadar (13:00-14:00 tushlik vaqti).

❗️ Izoh: Abituriyentlarni tabaqalashtirilgan yoki oshirilgan kontrakt asosida talabalikka qabul qilish Bilimni baholash agentligining vakolatiga kirmaydi. Abituriyentlar mazkur masala yuzasida bevosita oliy ta’lim muassasasining o‘ziga murojaat qilishi va to‘liq ma’lumot olishi mumkin.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#bilasizmi

DIQQAT! Bu yildan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham ajratildi

2023/2024-o‘quv yili uchun jami 2 868ta, jumladan kollejlardagi 16 ta kasb va mutaxassisliklarga 1 174 ta, texnikumlardagi 34 ta 1 694 ta grant o‘rinlari mavjud.

Kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati ilovada (rasm👆)


ВНИМАНИЕ! С текущего года государственные гранты выделяются также и на дуальную форму обучения колледжей и техникумов.

На 2023/2024 учебный год выделено всего 2868, в том числе 1174 по 16 профессиям и специальностям в колледжах и 1694 - по 34 грантовым местам в техникумах.

Список профессий и специальностей прилагается (фото👆)


ATTENTION! Starting this year, state grants are also being allocated for the dual form of education of colleges and technical schools.

A total of 2,868 were allocated for the 2023/2024 academic year, including 1,174 for 16 professions and specialties in colleges and 1,694 for 34 grant places in technical schools.

The list of professions and specialties is attached (photo👆)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

📋 Bugun (24-avgust) dan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

👨🏻‍🎓 Bugun 438 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 76 nafari (17,4 %) jarayonda ishtirok etdi, 362 nafari esa ishtirok etmadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Apellatsiya

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023 #texnikum #infografika

⚡️26-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 68 797 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 61 899 nafar;
Sirtqi – 5 967 nafar;
Kechki – 61 nafar;
Dual – 870 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da



⚡️По состоянию на 10:00 26 августа, для приема в техникумы онлайн регистрацию прошли 68 797 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 61 898 абитуриентов;
заочную – 5 967;
вечернюю – 61;
дуальную – 870 (подробности в инфографике).

❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.

Полная квота на @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023 #Statistika

⚡️ Abituriyentlarning 56,9 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan

🖥 Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilganidir.

👨🏻‍🎓 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 180 ming nafarga yaqini umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:

🔸 77 520 nafari (43,1 %)birinchi ta’lim yo‘nalishiga
🔸 102 279 nafari (56,9 %)ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

❗️ Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#Qabul2023 #Statistika

⚡️ 15,7 ming nafardan ziyod abituriyent davlat granti ustuvorligidan foydalangan holda davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan

Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan yana biri ularga tanlov ustuvorligini tanlash imkoniyati berilgani bilan bog‘liq.

👨🏻‍🎓 Joriy yilda 42 655 nafar abituriyent davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning 32 818 nafari umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan.

▶️ Shundan 15 715 nafar (47,9 %) abituriyent “Davlat granti” ustuvorligini tanlagan holda ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga davlat granti asosida talabalikka tavsiya etilgan.

❗️ Agar davlat granti ustuvorligi bo‘lmaganida mazkur abituriyentlarning aksariyat qismi birinchi ta’lim yo‘nalishiga to‘lov-kontrakt asosida talabalikka tavsiya etilgan bo‘lar edi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023 #texnikum #infografika

⚡️30-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 82 977 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 75 010 nafar;
Sirtqi – 6 863 nafar;
Kechki – 72 nafar;
Dual – 1 032 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da



⚡️По состоянию на 10:00 30 августа, для приема в техникумы онлайн регистрацию прошли 82 977 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 75 010 абитуриентов;
заочную – 6 863;
вечернюю – 72;
дуальную – 1 032 (подробности в инфографике).

❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.

Полная квота на @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Statistika

⚡️ Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning 48 foizdan ziyodi ayollar

Joriy yilda oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga o‘qishga kirish uchun 948 491 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi. Bunda:

🙋🏻‍♂️ erkaklar — 419 327 nafar (44,2 %) ni;
🙋🏻‍♀️ ayollar — 529 164 nafar (55,8 %) ni tashkil etdi.

👨🏻‍🎓 Test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etilgan bo‘lib, ularning:

🔹 100 491 nafari (52 %)erkaklar;
🔹 92 930 nafari (48 %)ayollar hissasiga to‘g‘ri keladi.

🎓 Abituriyentlarning test sinovida to‘plagan ballariga e’tibor qaratilsa, ayollar erkaklarga nisbatan yuqoriroq ball to‘plagan holda talabalikka tavsiya etilganini ko‘rish mumkin.

🟢 Talabalikka tavsiya etilgan abituriyentlarning o‘rtacha o‘tish bali davlat granti asosida:

👉 erkaklarda — 112,4 ballni;
👉 ayollarda — 125,1 ballni;

🔵 to‘lov-kontrakt asosida:

👉 erkaklarda — 88,9 ballni;
👉 ayollarda — 98,5 ballni tashkil etgan.

📈 Erkaklar va ayollarda o‘rtacha o‘tish ballarining bunday farq qilishi ular ro‘yxatdan o‘tishda tanlagan ta’lim yo‘nalishlari va ulardagi o‘tish ballari bilan bog‘liq.

▶️ Ta’lim sohalari bo‘yicha foiz hisobida olinganda:

🔸Ijtimoiy ta’minot(91,7 %), “Tillar” (88,5 %) va “Ta’lim” (78,7 %) sohalariga ayollar;
🔸 “Transport xizmatlari(93,5 %), “Arxitektura va qurilish” (84,8 %) va “Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari” (75,3 %) sohalariga erkaklar ko‘proq talabalikka tavsiya etilgan.

⬇️ Abituriyent (erkak va ayol) larning ta’lim sohalari kesimida talabalikka tavsiya etilish ko‘rsatkichlari bilan quyidagi rasmda tanishish mumkin.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023 #Apellatsiya

Bugun apellatsiya arizalarini qabul qilishning so‘nggi kuni

2023-yil 22-avgust kuni oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan abituriyentlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlangan edi.

🖥 Shuningdek, 25-avgust kuni talabalar o‘qishini xorjiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish yo‘lga qo‘yilgan edi.

👨🏻‍💻 Apellatsiya arizalarini qabul qilish my.uzbmb.uz sayti orqali onlayn tarzda amalga oshirilmoqda va bugun (31-avgust) arizalarni qabul qilishning so‘nggi kuni hisoblanadi.

🔖 Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

🏢 Abituriyent xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va abituriyent ruxsatnomasi bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube