GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
12.1K photos
1.36K videos
49 files
4.12K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#oʻzmaqsadlaringnibil

🥊 Ramil Shukumerov, Guliston davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 32-22-guruh talabasi.
🏆 Sirdaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil etilgan "Professional boks kechasi" g‘olibi

—- Har bir to‘xtovsiz zarbalar va emotsiyalarga boy jang maydonida meni doimo onam duosi qo‘llaydi. Mening maqsadim aniq. Ya’ni, meni hamisha yonimda suyanch bo‘lib turgan, erishgan natijalarimdan quvonadigan ota-onam va vatanim uchun xizmat qilish.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Apellatsiya

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📱 So‘rovnoma 2023-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun:

🔵 t.me/UReportUzbBot (START so'zini yuboring)
📷 https://www.instagram.com/ureportuzb/ (messenjerda START so'zini yuboring)

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Imkoniyat

📣 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonning OTM va ITM uchun 1 yil davomida ScienceDirect resurslaridan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

ScienceDirect platformasidan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar, texnik yordam, seminarlar va vebinarlar haqida savollar boʻlsa, 👉🏻 @science_direct_uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.


Министерство высшего образования, науки и инноваций и компания Elsevier предоставляют бесплатный доступ к ресурсам ScienceDirect сроком на 1 год для высших образовательных учреждений Узбекистана.

При возникновении вопросов по инструкциям использования платформы ScienceDirect, технической поддержке, семинарам и вебинарам, вы можете обращаться 👉🏻 @science_direct_uz.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#qabul_2023 #kollej #infografika

⚡️26-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, kollejlarga qabul bo‘yicha jami 17 111 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 7 672 nafar;
Sirtqi – 7 980 nafar;
Kechki – 61 nafar;
Dual – 1 398 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq
@eduuzuniversalbot’da


⚡️По состоянию на 10:00 часов 26 августа, для приема в колледжи онлайн регистрацию прошли 17 111 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 7 672 абитуриентов;
заочную – 7 980;
вечернюю – 61;
дуальную – 1 398 (подробности в инфографике).

❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.

Полная квота на @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023 #texnikum #infografika

⚡️26-avgust soat 10:00 holatiga ko‘ra, texnikumlarga qabul bo‘yicha jami 68 797 nafar abituriyent onlayn ro‘yxatdan o‘tdi.

Shundan:
Kunduzgi – 61 899 nafar;
Sirtqi – 5 967 nafar;
Kechki – 61 nafar;
Dual – 870 nafar ta’lim shakllari uchun (batafsil infografikada).

❗️Eslatma: hujjatlar my.uzbmb.uz elektron platformalari orqali 10-sentabr (shu kuni ham) kuniga qadar onlayn qabul qilinadi.

Kvotalar to‘liq @eduuzuniversalbot’da



⚡️По состоянию на 10:00 26 августа, для приема в техникумы онлайн регистрацию прошли 68 797 абитуриентов.

Из них:
На дневную форму обучения – 61 898 абитуриентов;
заочную – 5 967;
вечернюю – 61;
дуальную – 870 (подробности в инфографике).

❗️Важно: документы принимаются через электронную платформу my.uzbmb.uz до 10 сентября (включительно) в онлайн формате.

Полная квота на @eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Jamoatchilik_muhokamasi

O‘quv adabiyotlarni chop etishga ruxsat berish davlat xizmatlari orqali amalga oshiriladi

🔰Normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga “Oliy ta’lim muassasalari uchun o‘quv adabiyotlarni chop etishga ruxsat berishni davlat xizmatlari asosida tashkil etishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Vazirlar Mahkamasining qaror loyihasi muhokamaga qoʻyildi.

➡️ Reglament bilan quyidagilar belgilanmoqda:

▶️ta’lim tashkilotlari uchun davlat ta’lim standartlari, malaka talablari, o‘quv reja va fan dasturlariga muvofiq tayyorlangan o‘quv adabiyotlarini chop etishga ruxsat berishni davlat xizmati asosida tashkil etish tartibi;

▶️o‘quv adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish va nashrga ruxsat olish bo‘yicha hujjatlarni rasmiylashtirish tartibi;

◀️chop etishga ruxsat berilgan o‘quv adabiyotlariga elektron shakldagi QR-kodli nashr ruxsatnomasini berish;

◀️o‘quv adabiyotlarni ekspertizadan o‘tkazish jarayonida ishtirok etuvchi mutaxassislarga shartnoma asosida haq to‘lash;

▶️davlat xizmatidan foydalanish uchun bazaviy hisoblash miqdorining uch barobari miqdorida to‘lov undirish;

▶️davlat xizmatlarini ko‘rsatishning rad etish asoslari.

📣 Muhokamalarda faol ishtirok etib, takliflaringizni regulation.gov.uz va Edu.uz saytlari orqali qoldiring.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
MANDAT - 2️⃣0️⃣2️⃣3️⃣

QABUL 2023: 2023/2024 O‘QUV YILI UCHUN GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING BAKALAVRIAT TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA O‘QISHGA KIRISH HAMDA O‘QISHNI GULISTON DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIGA KO‘CHIRISH UCHUN O‘TKAZILGAN TEST SINOVLARI NATIJALARI (MANDAT)

KUNDUZGI TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA NATIJA

SIRTQI TA’LIM YO‘NALISHLARI BO‘YICHA NATIJA

O‘QISHNI KO‘CHIRISH BO‘YICHA NATIJA


GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📱 So‘rovnoma 2023-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun:

🔵 t.me/UReportUzbBot (START so'zini yuboring)
📷 https://www.instagram.com/ureportuzb/ (messenjerda START so'zini yuboring)

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Oʻqituvchining natijasi o‘zi o‘qigan oliygoh uchun ham baho boʻladi

Ayni paytda Prezident Shavkat Mirziyoyev raisligida maktablarda taʼlim sifatini yanada oshirish, oʻquvchi oʻrnini koʻpaytirish hamda oʻqituvchilar malakasini oshirish va ularga munosib sharoit yaratish boʻyicha ustuvor vazifalar yuzasidan videoselektor yigʻilishi boʻlib oʻtmoqda.

Unda yangi oʻquv yili arafasida maktab taʼlimidagi masalalarni muhokama qilish va ustuvor vazifalar belgilab berilmoqda.

Xususan, maktab oʻqituvchilarning malakasi tabaqalashgan holda oshiriladi.

Yaʼni, malaka oshirishdan oldin oʻqituvchining bilimi diagnostikadan oʻtkaziladi va natijasiga koʻra individual kasbiy rivojlanish yoʻnalishlari belgilanadi.

Bunda muallimning bilim koʻrsatkichlari baholanadi va past natija olganlari boʻyicha oʻzi oʻqigan oliygohga reklamatsiya (eʼtiroz) yuboriladi.

Bu natijalar pedagogik oliygohlar faoliyati uchun ham baho boʻladi. Past natija koʻrsatgan oʻqituvchilar anʼanaviy usulda, yuqori natijaga erishganlari onlayn shaklda malaka oshiradi.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi

Pedagogika yo‘nalishidagi oliygohlar alohida yondashuv asosida rivojlantiriladi.

Buning uchun Oliy ta’lim vazirligida pedagogik ta’limga mas’ul vazirning birinchi o‘rinbosari lavozimi kiritiladi.

Vazirlikda pedagogik ta’lim bo‘yicha alohida Kengash tuzilib, unga pedagogika oliygohlari rektorlari kiritiladi.

Toshkent va Chirchiqdagi pedagogika universitetlarida o‘qituvchilar Prezident maktabi dasturi asosida tayyorlanadi. Bu oliygohlar pedagogika yo‘nalishidagi institutlar uchun “tayanch oliygoh” bo‘ladi.

👉На русском

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023

⚡️Magistratura qabul natijalari e’lon qilinmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalarining magistratura mutaxassisliklariga qabul bo‘yicha http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan 20 054 nafar fuqaroning arizalari to‘liq ko‘rib chiqildi.

Ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlardan 9 074 nafarining hujjati belgilangan talab darajasida bo‘lmaganligi sababli asoslantirilgan holda rad etildi. Talab darajasida bo‘lgan 10 980 nafar talabgor arizasi tanlovda ishtirok etdi.

Tanlov natijalariga ko‘ra, 6 393 nafar talabgor o‘qishga tavsiya etildi. Shundan:

davlat granti — 3 238 nafar;
to‘lov-kontrakt — 3 155 nafar.

To‘lov-kontrakt asosida o‘qishga tavsiya etilgan talabgorlarning 2 160 nafarini xotin-qizlar tashkil etadi.

Talabgorlar natijalarni http://magistr.edu.uz elektron tizimi orqali shaxsiy kabinetidan bilishlari mumkin.

Eslatma: Prezident qaroriga asosan, oliy ta’lim muassasalarining magistratura bosqichiga bazaviy to‘lov-kontrakt asosida qabul qilingan xotin-qizlarning to‘lov-kontrakt summasi davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qoplab beriladi.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Qabul2023 #Statistika

⚡️ Abituriyentlarning 56,9 foizi beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyatidan foydalangan holda talabalikka tavsiya etilgan

🖥 Abituriyentlarga yaratilgan eng yaxshi qulayliklardan biri ro‘yxatdan o‘tishda beshtagacha ta’lim yo‘nalishini tanlash imkoniyati berilganidir.

👨🏻‍🎓 2023-2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalariga ko‘ra 193 421 nafar abituriyent talabalikka tavsiya etildi.

Shundan 180 ming nafarga yaqini umumiy qabul parametrlari doirasida o‘qishga qabul qilingan bo‘lib, ularning:

🔸 77 520 nafari (43,1 %)birinchi ta’lim yo‘nalishiga
🔸 102 279 nafari (56,9 %)ikkinchi-beshinchi ta’lim yo‘nalishiga talabalikka tavsiya etilgan.

❗️ Bundan ma’lum bo‘ladiki, agar abituriyentlar oldingidek faqatgina bitta ta’lim yo‘nalishiga hujjat topshirganida ularning teng yarmidan ko‘pi talabalikka tavsiya etilmagan bo‘lar edi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube