GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.4K photos
1.27K videos
49 files
3.9K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#qabul2023
#bilasizmi

DIQQAT! Bu yildan boshlab davlat grantlari kollej va texnikumlarning dual ta’lim shakli bo‘yicha ham ajratildi

2023/2024-o‘quv yili uchun jami 2 868ta, jumladan kollejlardagi 16 ta kasb va mutaxassisliklarga 1 174 ta, texnikumlardagi 34 ta 1 694 ta grant o‘rinlari mavjud.

Kasb va mutaxassisliklar ro‘yxati ilovada (rasm👆)


ВНИМАНИЕ! С текущего года государственные гранты выделяются также и на дуальную форму обучения колледжей и техникумов.

На 2023/2024 учебный год выделено всего 2868, в том числе 1174 по 16 профессиям и специальностям в колледжах и 1694 - по 34 грантовым местам в техникумах.

Список профессий и специальностей прилагается (фото👆)


ATTENTION! Starting this year, state grants are also being allocated for the dual form of education of colleges and technical schools.

A total of 2,868 were allocated for the 2023/2024 academic year, including 1,174 for 16 professions and specialties in colleges and 1,694 for 34 grant places in technical schools.

The list of professions and specialties is attached (photo👆)

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#talabaga_madad
#Maʼlumotlar_markazi

⚡️ Avval xabar berganimizdek, 18-avgustdan buyon Guliston davlat pedagogika institutida “Talabalar turar joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha maʼlumotlar markazi” faoliyat olib bormoqda.

📌 Ushbu markaz orqali talabalar institutdagi talabalar turar joylari hamda mavjud ijara xonadonlari to‘g‘risida batafsil ma’lumotlarni va maslahatlarni olishlari mumkin.

💫 Hozirda GulDPIning mas'ul xodimlari talabalar va ularning ota-onalari murojaatlariga amaliy yordam berib kelmoqda.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Bilimdonlar_maskani

⚡️ Joriy yil 24-avgust kuni Guliston shahrida joylashgan "Bilimdonlar maskani"da "Yangi hayot uchun, Yangi O‘zbekiston uchun" shiori ostida buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

🖇 Tadbirda viloyat hokimi o‘rinbosari B.Ismatov va Respublikadan tashrif buyurgan taniqli shoirlar, madaniyat va san’at xodimlari ishtirok etdi.

👩‍🎓 Shuningdek, Guliston davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari ham ushbu tadbirda faol qatnashdi.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Qabul2023 #Apellatsiya
Apellatsiya shikoyatlarini ko‘rib chiqishning birinchi kuni yakunlandi

📋 Bugun (24-avgust) dan test natijalaridan norozi bo‘lib, apellatsiya shikoyati bergan abituriyentlarning murojaatlarini ko‘rib chiqish boshlandi.

Apellatsiya arizalarini ko‘rib chiqish 4 smenada tashkil etilmoqda.

👨🏻‍🎓 Bugun 438 nafar abituriyentning e’tirozini ko‘rib chiqish rejalashtirilgan edi. Shundan 76 nafari (17,4 %) jarayonda ishtirok etdi, 362 nafari esa ishtirok etmadi.

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#oʻzmaqsadlaringnibil

🇺🇿 Xitoyning Xanjou shahrida o'tkazilgan kattalar o'rtasidagi Osiyo chempionati g'olibasi. O'zbekiston terma jamoasi a'zosi.

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti, Pedagogika fakulteti Jismoniy madaniyat yo'nalishi (XQS) 35-22-guruh talabasi Ulbo'sin Hakimova 48 kilogramm vazn toifasida KURASH bo'yicha OSIYO CHEMPIONI.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#oʻzmaqsadlaringnibil

🥊 Ramil Shukumerov, Guliston davlat pedagogika instituti jismoniy madaniyat yo‘nalishi 32-22-guruh talabasi.
🏆 Sirdaryo viloyati hokimi sovrini uchun tashkil etilgan "Professional boks kechasi" g‘olibi

—- Har bir to‘xtovsiz zarbalar va emotsiyalarga boy jang maydonida meni doimo onam duosi qo‘llaydi. Mening maqsadim aniq. Ya’ni, meni hamisha yonimda suyanch bo‘lib turgan, erishgan natijalarimdan quvonadigan ota-onam va vatanim uchun xizmat qilish.

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#Qabul2023 #Apellatsiya

O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovlari yuzasidan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi

Talabalar o‘qishini xorijiy va nodavlat OTMlardan davlat OTMlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinovi natijasidan norozi bo‘lgan talabgorlardan apellatsiya arizalarini qabul qilish boshlandi.

Apellatsiya arizalari 31-avgustga qadar my.uzbmb.uz sayti orqali (talabgorning shaxsiy kabinetida) onlayn tarzda qabul qilinadi.

Talabgor apellatsiya shikoyati berishi uchun test sinovida ishtirok etgan va test sinovidan chetlatilmagan bo‘lishi lozim.

Apellatsiya arizasini bergan talabgorga uni ko‘rib chiqish sanasi va vaqti ko‘rsatilgan xabarnoma beriladi.

Talabgor xabarnomada belgilangan vaqtda shaxsini tasdiqlovchi hujjat, xabarnoma va ruxsatnoma bilan Bilimni baholash agentligiga kelishi lozim.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#Bayonot

Ijtimoiy tarmoqlarda davlat OTMlari pedagogik yo‘nalishlarga sirtqi o‘quv shakliga qabul to‘xtaganini, shuning uchun ham bu yo‘nalishda xususiy OTMlarda ham sirtqida o‘qilsa, diplom tan olinmasligi mumkinligi haqidagi xabarlar aholi va jamoatchilik o‘rtasida turlicha talqin qilinmoqda.

Ushbu xabarlar yuzasidan Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi quyidagilarni ma’lum qiladi.

Prezidentning 289-son qaroriga asosan 2023/2024-o‘quv yili qabulida pedagogik kadrlar tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalarining 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha faqat sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirilmadi (ro‘yxat), qolgan kunduzgi va kechki ta’lim shakllari bo‘yicha hujjatlar qabul qilish belgilangan.

Bundan tashqari, ta’lim tashkilotlariga qabul qilish bo‘yicha davlat komissiyasining tegishli bayoni bilan sirtqi ta’lim shakliga kamida 5 yil staj talab etiladigan ta’lim yo‘nalishlari tasdiqlangan. Bular:

1. Boshlang‘ich ta’lim
2. Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi
3. Musiqa ta’limi
4. Jismoniy madaniyat
5. Texnologik ta’lim

Yuqoridagilardan kelib chiqib, PQ-289-son qarorida ko‘rsatilgan 14 ta ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha sirtqi ta’lim shakliga qabul amalga oshirmaslik talabi barcha (davlat/nodavlat) ta’lim tashkilotlariga taaluqli bo‘lib, ularga hujjatlar qabul qilish qaror talablariga zid hisoblanadi (o‘tgan yilgi qabullar undan mustasno).

Biroq, ushbu yo‘nalishlarning kunduzgi va kechki ta’lim shakllari uchun qabul amalga oshirish mumkin.

👉 На русском
👉 In English

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
OTMlarga kirish imtihonlari qanday o‘tdi?

📋 “U-Report” loyihasi tomonidan Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Bilimni baholash agentligi bilan hamkorlikda so‘rovnoma o‘tkazilmoqda.

📱 So‘rovnoma 2023-yilda bo‘lib o‘tgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlari bo‘yicha abituriyentlarning fikrini o‘rganish maqsadida tashkil etilgan.

So‘rovnoma natijalari oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish imtihonlarini takomillashtirishga yordam beradi.

So‘rovnomada ishtirok etish uchun:

🔵 t.me/UReportUzbBot (START so'zini yuboring)
📷 https://www.instagram.com/ureportuzb/ (messenjerda START so'zini yuboring)

So‘rovnomada ishtirok eting va o‘z fikringizni bildiring. Sizning fikringiz biz uchun muhim!

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
#Imkoniyat

📣 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamda Elsevier kompaniyasi tomonidan Oʻzbekistonning OTM va ITM uchun 1 yil davomida ScienceDirect resurslaridan bepul foydalanish imkoniyati taqdim etiladi.

ScienceDirect platformasidan foydalanish boʻyicha koʻrsatmalar, texnik yordam, seminarlar va vebinarlar haqida savollar boʻlsa, 👉🏻 @science_direct_uz orqali murojaat qilishingiz mumkin.


Министерство высшего образования, науки и инноваций и компания Elsevier предоставляют бесплатный доступ к ресурсам ScienceDirect сроком на 1 год для высших образовательных учреждений Узбекистана.

При возникновении вопросов по инструкциям использования платформы ScienceDirect, технической поддержке, семинарам и вебинарам, вы можете обращаться 👉🏻 @science_direct_uz.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM