GulDPI. uz | Rasmiy
4.65K subscribers
12.1K photos
1.37K videos
49 files
4.13K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⚡️Sirdaryo yoshlari “II yoshlar turizimi Xalqaro qurultoyi”ga yo‘l oldi!

♦️ Bugun erta tongdan Sirdaryo viloyati Yoshlar markazidan 50 nafar yoshlardan iborat delegatsiya a'zolari “II yoshlar turizmi Xalqaro qurultoyi”da ishtirok etish uchun Qashqadaryo viloyatiga jo'nab ketishdi.

🔥 Guliston davlat pedagogika institutining faol hamda iqtidorli talabalari ham delegatsiya safida ishtirok etmoqda.

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
📄 Oliy ta'limga grant asosida qabul qilinishni istaysizmi?

Unda ushbu ovozli suhbatimiz aynan Siz uchun!

📌 7-avgust kuni, soat 18:00da telegram kanalimizda "914 - rag‘bat yoxud mehnat natijasi!" mavzusida ovozli suhbat o‘tkazamiz.

🎤 Mehmonimiz Dinara Abzalova:
• Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yilning 14-noyabrdagi 914-son qaroriga asosan O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilingan.

➡️ Ovozli suhbatda Dinara Abzalova:
Vazirlar Mahkamasining 914-son qarori hamda O‘zbekiston yoshlar ittifoqi tomonidan Oliy ta’lim muassasasiga imtiyozli qabul qilinish uchun qaysi talablarga javob berish kerakli bo‘yicha ma'lumot berib o'tadilar.

#ovozlisuhbat #yoshlarittifoqi #Sirdaryo

Bizning sahifalarimiz:
📲Telegram 📲Instagram 📲Facebook
Forwarded from Edu.uz
⚡️ Oltinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 6-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

6-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
#Lochin_oromgohi
#GulDPI_yoshlari
#2_kun

Avval xabar berganimizdek, Guliston Davlat Pedagogika institutining faol va iqtidorli yoshlari Qashqadaryo viloyatida bo‘lib o‘tayotgan “II yoshlar turizmi Xalqaro qurultoyi”da ishtirok etmoqda.

⚡️Sirdaryo viloyati yoshlaridan iborat delegatsiya a'zolari bugun erta tongni xushkayfiyat bilan badantarbiya mashqlari orqali boshlab olishdi.

📌“II xalqaro turizm qurultoyi” belgilangan reja asosida davom etadi…

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
#o‘tish_ballari
#eslatma

⚡️O‘qishni ko‘chirish bo‘yicha o‘tish ballari

Belgilangan tartibga ko‘ra, 2023/2024-o‘quv yilida xorijiy davlatlardagi OTMlari, respublikamizda faoliyat yuritayotgan nodavlat va xorijiy (filiallar) OTMlaridan davlat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishni ko‘chirish istagini bildirgan talabgorlar tanlagan yo‘nalish bo‘yicha o‘tish ballarini to‘plagan taqdirda, ko‘chirishga ruxsat etilishi mumkin.

Ma’lumot uchun, ushbu o‘tish ballari joriy yilda ham tizimida oliy ta’lim muassasalari bo‘lgan vazirlik va idoralarning takliflari asosida shakllantirilgan.

Ta’lim sohalari kesimida o‘tish ballari ilovada (rasm)

📲 Foydali bot: 👉
@eduuzuniversalbot

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#imkoniyat
#magistraturaga_qabul

⚡️Magistraturaga qabul bo‘yicha rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun imkoniyat berilmoqda

2023/2024-o‘quv yili uchun davlat oliy ta’lim muassasalari magistraturasiga qabul bo‘yicha magistr.edu.uz elektron tizimi orqali onlayn ro‘yxatdan o‘tgan talabgorlarning arizalari ko‘rib chiqildi.

Arizalarni ko‘rib chiqish natijasida ko‘plab murojaatlar turli sabablarga ko‘ra (tanlangan mutaxassislik bitiruvchining ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha mos yoki turdosh emasligi, so‘ralgan hujjat o‘rniga boshqasi yuklangan yoki to‘liq yuklanmagan, hujjatlar sifatsizligi va b.) rad etilgan.

Shuni inobatga olib, davlat oliygohlari magistraturasiga o‘qishga kirish uchun onlayn ariza yuborgan, lekin arizasi rad etilgan talabgorlarga 9–10-avgust kunlari arizalarni qayta tahrirlash imkoniyati yaratildi.

Rad etilgan arizalarni tahrirlash uchun 10-avgust kuni soat 18:00 ga qadar so‘nggi imkoniyat beriladi.

Ushbu muddatdan so‘ng tahrirlashga yo‘l qo‘yilmaydi va kamchiliklar bartaraf etilmagan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Shuni alohida ta’kidlaymizki, xorijiy tilni bilish darajasi bo‘yicha tegishli milliy yoki xalqaro sertifikati talab darajasida bo‘lmaganligi sababli rad etilgan arizalarni tahrirlash tavsiya etilmaydi, mazkur holda qayta tahrirlangan arizalar ko‘rib chiqilmaydi.

Bizni kuzating👇🏻
Twitter | Instagram | Facebook | YouTube
⚡️ Yettinchi kun natijalari e’lon qilindi

📆 2023-yil 7-avgust kuni o‘tkazilgan oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovi natijalari e’lon qilindi.

7-avgust kuni test sinovida ishtirok etgan abituriyentlar o‘z natijalarini 3 xil usulda bilishlari mumkin:

1️⃣ my.uzbmb.uz saytining “Natijani olish” bo‘limidan pasport seriyasi va raqami hamda shaxsiy identifikatsiya raqamini kiritgan holda.

2️⃣ mandat.uzbmb.uz sayti orqali abituriyent qayd varaqasi yoki abituriyent ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini kiritgan holda.

3️⃣ Bilimni baholash agentligining quyidagi telegram botlariga abituriyent qayd varaqasi yoki ruxsatnomasida ko‘rsatilgan abituriyentning ID raqamini yuborgan holda:

👉 @e_dtm_mandatbot
👉 @e_dtm_mandat1bot
👉 @e_dtm_mandat2bot
👉 @e_dtm_mandat3bot
👉 @e_dtm_mandat4bot

Agentlikning rasmiy sahifalari:
Telegram | Facebook | Instagram | YouTube
#test_2023
#9_kun

⚡️ Bugun 9-avgust Sirdaryo viloyatida 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy ta’lim muassasalarining bakalavriat ta’lim yo‘nalishlariga kirish test sinovlarining 9-kuni bo‘lib o‘tmoqda.

🔷 Abituriyentlarning ota-onalari va yaqinlari salqin kutish joylarida katta monitorlar orqali to‘g‘ridan-to‘g‘ri imtihon jarayonlarini kuzatib bormoqda.

📌Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi tomonidan ota-onalar va abituriyentlar yaqinlarining fikrlari va takliflari o'rganilmoqda.

🎥 Test sinovlari to‘liq videokuzatuv ostida onlayn translyatsiya qilingan, imtihonlarni quyidagi havola orqali kuzatish mumkin: https://test2023

GulDPI axborot xizmati

🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#mGovAward

📱 Eslatib o‘tamiz, mukofot jamg‘armasi 100 000 AQSH dollarini tashkil qiluvchi mGovAward tanlovining uchinchi to‘lqiniga arizalar qabul qilish davom etmoqda

Tanlovda O‘zbekistondagi oliy o‘quv yurtlari talabalari hamda umumta’lim va o‘rta maxsus ta’lim muassasalari talabalari ishtirok etishlari mumkin.

Sovrin jamg'armasi eng yaxshi uchta mobil ilova ishlab chiquvchilari orasida taqsimlanadi:
1️⃣ oʻrin — $50 000
2️⃣ oʻrin — $30 000
3️⃣ oʻrin — $20 000

📥 Batafsil ma’lumot, shuningdek, ishtirok etish uchun havola veb-saytda!

🕊 Savollar boʻyicha 👉 mGovAward
__________


📱 Напоминаем, что продолжается приём заявок на третью волну конкурса mGovAward с призовым фондом $100 000

Участвовать могут студенты вузов и ученики общеобразовательных и средне-специальных школ Узбекистана.

Призовой фонд будет распределён между тремя лучшими разработчиками мобильных приложений:
1️⃣ место — $50 000
2️⃣ место — $30 000
3️⃣ место — $20 000

📥 Получить подробную информацию об условиях участия и зарегистрироваться можно на сайте!

🕊 По вопросам 👉 mGovAward

🚀Telegram |📷Instagram |🔵 Facebook |🎬YouTube