GulDPI. uz | Rasmiy
4.6K subscribers
12.5K photos
1.4K videos
49 files
4.24K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#Qabul_2023
#3_kun_GulDPI

⚽️ Bugun jismoniy madaniyat yo‘nalishida kunduzgi va sirtqi ta'lim shakliga hujjat topshirgan 5 yillik pedagogik stajga ega umumiy 90 nafar abituriyentlar 100 metr va 1000 metr masofaga yugurish sinovlaridan oʻtmoqdalar.

🤽Nogironligi bo'lgan 7 nafar abituriyentlar alohida ajratilgan kvotalar doirasida jismoniy madaniyat bakalavriat ta'lim yo'nalishi bo'yicha tanlovda ishtirok etmoqda...

🏀 Kasbiy (ijodiy) imtihon Guliston shahrida joylashgan 4-Tip Stadionida ko‘p yillik tajribaga ega soha mutaxassislari tomonidan o‘tkazilmoqda…


GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#Qabul_2023
#3_kun_GulDPI

👨‍✈️ Ayni damda bakalavriat yo‘nalishlarida kasbiy (ijodiy) imtihonlar davom etmoqda... Ota-onalar uchun "kutish joyi” tashkil qilingan, Tez tibbiy yordam va Milliy gvardiya xodimlari ham xizmat qilmoqda.

📹 Abituriyentlarning yaqin qarindoshlari imtihon jarayonlarini videokameralar orqali to‘g’ridan-to‘g’ri kuzatmoqda.

🖥 Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni quyidagi manzil orqali bevosita jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

👉 http://imtihon.gspi.uz/

GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Qabul2023

📢 Abituriyentlar diqqatiga!!!

📵 Hurmatli abituriyentlar! Sizlardan test sinovlariga yuqorida ko‘rsatilgan ta’qiqlangan vositalarsiz kelishlaringizni so‘raymiz.

Vazirlar Mahkmasining 2018-yil 3-apreldagi 261-sonli qarori asosida tasdiqlangan Nizomga muvofiq abituriyentlar test sinovi o‘tkaziladigan hududga yoki binoga ta’qiqlangan vositalar olib kirishga harakat qilsa, olib kirsa yoki ulardan foydalansa test sinovlaridan chetlashtiriladi va test natijalari chiqarilmaydi.

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Qabul2023

⚡️Viloyatimizda bu yilgi test sinovlari “Alpomish” sport majmuasida o‘tkaziladi

Sirdaryo viloyatida 2023/2024-o‘quv yili uchun oliy taʼlim muassasalarining bakalavriatiga kirish test sinovlari Guliston shahridagi “Alpomish” sport majmuasining 2 ta binosida o‘tkaziladi.

1️⃣-Bino: Yengil atletika maneji

2️⃣-Bino: Yopiq tennis korti

❗️Manzil: Guliston shahri, “Namuna” MFY, Guliston ko‘chasi

♻️ Mo‘ljal: “Farovon” mehmonxonasi, Yong‘inga qarshi kurashish boshqarmasi

📍Geolokatsiya: https://goo.gl/maps/hRrHMLqkt3uf5mwe8

📢 Diqqat! Аbituriyentlarga eslatma!👇

👉 Abituriyentlar belgilangan sana va smenada test sinovlariga ortiqcha buyumlarsiz, faqat shaxsini tasdiqlovchi hujjati (pasport, ID karta) hamda abituriyent ruxsatnomasi bilan test sinovi boshlanishidan kamida 1 soat-u 30 daqiqa oldin “Alpomish” sport majmuasiga etib kelishlari so‘raladi.

👉 @bbasirdaryo
#kasbiy_ijodiy_imtihon
#Qabul_2023

🏢Guliston davlat pedagogika institutida ijodiy imtihonlar 25-28 iyul sanasigacha davom etadi...

⚡️ Kasbiy (ijodiy) imtihon natijalari institut veb sayti
👉 (https://gspi.uz/) hamda Matbuot xizmatining rasmiy telegram sahifasi
👉 (https://t.me/gulDPIuz) da imtihon tugagandan soʻng 24 soat ichida eʼlon qilinadi.

Abituriyentlar tomonidan kasbiy(ijodiy) imtixon natijalari bo‘yicha oliy ta’lim muassasasi qabul komissiyasining apellyatsiyalar bilan ishlash hay’atiga natijalar e’lon qilingan kundan boshlab 24 soat davomida murojaat qilishlari mumkin va apellatsiya bir kun muddatda ko‘rib chiqiladi.

🎥 Ma’lumot uchun, Guliston davlat pedagogika institutida o‘tkazilayotgan kasbiy (ijodiy) imtihonlarni quyidagi manzil orqali bevosita jonli efirda kuzatishingiz mumkin.

👉 http://imtihon.gspi.uz/


GulDPI axborot xizmati

🌎 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
💥 Natijalar!

⚡️Qabul2023: Guliston davlat pedagogika institutida 27.07.2023-yil sanasida o‘tkazilgan kasbiy (ijodiy) imtihon NATIJALARI


Kunduzgi ta’lim shakli bo‘yicha 👇

Jismoniy madaniyat (100 metr)
Jismoniy madaniyat (1000 metr)
Jismoniy madaniyat (Nogironlar)
Jismoniy madaniyat (Xotin-qizlar)(Nogironlar)



Sirtqi ta’lim shakli bo‘yicha 👇

Jismoniy madaniyat (Sirtqi)


GulDPI axborot xizmati
🌐 Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website