GulDPI. uz | Rasmiy
4.43K subscribers
13.4K photos
1.61K videos
57 files
4.69K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda bo‘lishga haqqi yo‘q

Muloqotda yoshlarimiz turli sohalardagi yutuqlari bilan tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgani ta’kidlandi.

Hozirgi vaqtda dunyodagi “top” oliygohlarda 1,5 mingdan ziyod talabalarimiz tahsil olmoqda. Bu O‘zbekiston uchun tarixda kuzatilmagan voqelik.

“Endi barcha tizimdagi rahbarlar yoshlarning baralla ovozini eshitishga majbur. Yoshlar buyuk kelajagimizning asosiy bo‘g‘ini ekanligini tushunmagan rahbar bizning safimizda bo‘lishga haqqi yo‘q”,

dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2👌1
Forwarded from Edu.uz
#live

Yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi


Prezident Shavkat Mirziyoyev yoshlar bilan muloqot qilmoqda.

Davlatimiz rahbari so‘zining avvalida azmu shijoatli, navqiron yoshlar bilan uchrashib turganidan mamnunligini bildirib, ularning timsolida Yangi O‘zbekistonning bugungi va ertangi bunyodkorlarini ko‘rayotganini ta’kidladi.

“Buyuk shoirimiz Erkin Vohidov aytganidek, yoshlik – bu qalbning oltin sozi. Bunga qo‘shimcha qilib, yoshlar – xalqimizning, Vatanimizning oltin fondi, desak to‘g‘ri bo‘ladi.

Aholimizning 60 foizini aynan yoshlar tashkil etishi ham bu fikrni tasdiqlaydi. Bugungi kunda biz mard va matonatli xalqimizga, serg‘ayrat yoshlarimizga ishonganimiz uchun o‘z oldimizga katta-katta maqsadlar qo‘ymoqdamiz, marrani baland olmoqdamiz.

Kelgusida Uchinchi Renessans poydevorini yaratadigan yangi Xorazmiylar, Beruniylar, Ibn Sinolar, Mirzo Ulug‘bek va Alisher Navoiylar qayerdan paydo bo‘ladi? Bu ulkan vazifalarni kim bajaradi?

Men qayta-qayta takrorlashdan charchamayman. Albatta, bu ezgu g‘oyalarni sizlar – bugungi Yangi O‘zbekiston yoshlari amalga oshirasizlar”,

— dedi Prezident.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏1
Forwarded from Edu.uz
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

Ilmiy darajali yosh olimlarimiz soni 2 karra oshib, 4 ming 357 nafarga yetdi.

Ayniqsa, farzandlarimiz orasida chet tillarni o‘rganishga qiziqish keskin kuchaydi. Ana shu imkoniyatlardan foydalanib, yaqinda bilimdon va intiluvchan Parviz Tuksanov SAT imtihonidan eng yuqori – 1 ming 600 ball to‘pladi. Prezidentimiz uni ushbu natija bilan qizg‘in tabriklab, ota-onasi va o‘qituvchilariga minnatdorlik bildirdi.

Yana bir ibratli misol – “Kitobsevar millat” g‘oyasi asosida yoshlarda mutolaa madaniyatini shakllantirish umummilliy harakatga aylandi. An’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon” tanlovidagi ishtirokchilar soni 6 karra oshib, 3 million nafarga yetdi.

Bir guruh faol yoshlar tomonidan yaratilgan “Mutolaa” loyihasi orqali 1 milliondan ortiq yoshlar kitobxonlar qatoriga kirdi.

Hozirgi tezkor axborot almashinuvi davrida yosh avlod, ayniqsa, bolajonlarimiz uchun milliy kontentlarni yaratish dolzarb vazifadir. Bunday kontentni bog‘cha va maktabdagi ta’lim jarayonlarida namoyish etish orqali yanada ommalashtirish zarurligi ta’kidlandi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Forwarded from Edu.uz
#live #Prezident #muloqot #yoshlar

“Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi

Muloqotda kambag‘allikni qisqartirishning eng samarali yechimi ta’lim ekani ta’kidlandi.

Shuning uchun kam ta’minlangan oilada hech bo‘lmaganda bitta farzand oliy ma’lumotli bo‘lishi uchun zarur sharoitlar yaratiladi.

Endilikda kambag‘al oilaning farzandiga ta’lim krediti foizsiz beriladi, qo‘shimcha grant ajratiladi, kontrakt to‘lovining bir qismi qoplab beriladi.

Yana bir yangilik – iqtidorli, bilimga chanqoq, lekin og‘ir oilaviy sharoiti sababli o‘qish imkoniyatiga ega bo‘lmagan yoshlarni xorijda o‘qitish bo‘yicha yangi tizim – “Yorqin iste’dod” loyihasi joriy etiladi.

Bunda har bir mahalladan ijtimoiy himoyaga muhtoj, bilimga chanqoq yoshlar saralab olinib, iqtidori aniqlanadi. Ularning salohiyatiga mos xorijiy oliygoh tanlanib, tayyorgarlik kurslarida o‘qitiladi.

Xorijda ta’lim olib qaytgan yoshlar Milliy kadrlar zaxirasiga to‘g‘ridan to‘g‘ri kiritiladi, ular davlat organlariga tanlovsiz ishga olinadi.

Har yili saralashdan o‘tgan 1 ming nafar yoshlar dunyoning “top-100” oliygohlariga yuborilib, o‘qish va yashash xarajatlari qoplab beriladi.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3👏1
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Live

Hay’at yig‘ilishi boshlandi

Ayni daqiqalarda Jizzax politexnika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining navbatdagi Hay’at yig‘ilishi bo‘lib o‘tmoqda.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston-2030” strategiyasini “Atrof muhitni asrash va “yashil iqtisodiyot” yilida amalga oshirishga oid davlat dasturi ijrosini ta’minlash chora-tadbirlari, oliy ta’lim muassasalari faoliyati monitoringi natijalari muhokama qilinadi.

Tadbirda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov boshchiligida markaziy apparat mas’ullari va tizim tashkilotlari mutasaddilari, barcha oliy ta’lim muassasalari rahbarlari bevosita va masofadan ishtirok etmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👏3🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Live #Prezident #Yigʻilish

Barcha pedagogika oliygohlari faoliyati tubdan o‘zgarishi belgilandi

Prezident Shavkat Mirziyoyev maktab ta’limi yuzasidan o‘tkazilayotgan videoselektor yig‘ilishida buni Termiz davlat pedagogika instituti misolida tushuntirib berdi.

Bu oliygohga Yangi O‘zbekiston universitetidagi kabi xalqaro boshqaruv tizimi tatbiq etiladi. “Top” xorijiy oliygohlar tajribasi asosida fakultetlar o‘rnida aniq, tabiiy, ijtimoiy, filologiya, amaliy fanlar, maktabgacha va boshlang‘ich ta’lim bo‘yicha 6 ta oliy maktab tashkil qilinadi.

Aniq fanlar maktabida Myunxen texnika universiteti ta’lim dasturlari joriy etiladi. Qolganlari esa Kembrij universiteti talablari asosida to‘liq qayta ko‘rib chiqiladi.

Oliygohdagi fanlar soni ham maqbullashib, 20 tadan 15 taga, ta’lim yo‘nalishlari 31 tadan 17 taga tushiriladi, o‘quv yuklamasi 20 foizga qisqaradi.

Termiz shahri va tumanidagi 47 ta maktab oliygohning amaliyot bazasiga aylantiriladi. 3 ta ixtisoslashgan hamda yangi baholash tizimiga o‘tgan 12 ta maktab esa metodik baza bo‘lib, oliygoh ularni zamonaviy laboratoriya bilan ta’minlaydi.

Oliygohning xorijiy til sertifikati bor 20 nafar o‘qituvchisi shu yil Buyuk Britaniya, Germaniya va Singapur kabi davlatlarga malaka oshirishga yuboriladi.

Kelgusi uch yilda institutning barcha professor-o‘qituvchilari xorijiy til sertifikatini olib, chet elda o‘qib keladi.

Bu tizim barcha pedagogika oliygohlarida joriy etiladi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
👍3🎉1
Forwarded from Edu.uz
#Live #Prezident #Yigʻilish

Yozgi ta’til vaqti barcha ta’lim muassasalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklari tashkil etiladi

Yig‘ilishda sanoqli kunlardan keyin 6 milliondan ziyod o‘quvchi va 1 milliondan ortiq talaba ta’tilga chiqishi ta’kidlandi. Yoz oylarida yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish muhim ahamiyatga ega ekani ko‘rsatib o‘tildi.

Barcha hokimlar va ta’lim sohasi rahbarlariga yozgi ta’til vaqtida barcha ta’lim muassasalarining sport maydonchasi va o‘quv xonalarida yoshlar uchun sport, fan va kasb to‘garaklarini ochish topshirildi.

Masalan, o‘zlashtirish darajasi past maktablarga oqsayotgan fanlar bo‘yicha eng yaxshi mutaxassislar jalb qilinib, o‘quvchilar uchun haftasiga olti soatlik o‘quv kurslari tashkil qilinadi.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

👍 Namangan davlat universitetida yirik xalqaro forum boshlandi

🇺🇿🇷🇺 Bugun Namangan davlat universitetida muhim xalqaro tadbir — O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliygohlar rektorlari konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur anjuman ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytirish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.

Ushbu xalqaro konferensiyada Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati ham ishtirok etib, institutning xalqaro hamkorlik yo‘nalishidagi tashabbuslari, ilmiy salohiyati va yangi loyihalari yuzasidan fikr almashmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2
#Live

👍 Namangan davlat universitetida yirik xalqaro forum boshlandi

🇺🇿🇷🇺 Bugun Namangan davlat universitetida muhim xalqaro tadbir — O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliygohlar rektorlari konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Mazkur anjuman ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim sohasidagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytirish va professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish maqsadida tashkil etilgan.

Ushbu xalqaro konferensiyada Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati ham faol ishtirok etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👌1
#Live

🇺🇿🇷🇺 Bugun Namangan davlat universitetida O‘zbekiston Respublikasi va Rossiya Federatsiyasi hududlararo oliy ta’lim muassasalari rektorlari konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Ushbu muhim xalqaro anjumanda ikki davlat o‘rtasidagi ta’lim va ilmiy sohalardagi strategik hamkorlikni mustahkamlash, ilmiy-tadqiqot aloqalarini kengaytirish, professor-o‘qituvchilar hamda talabalar almashinuvi bo‘yicha istiqbolli rejalarni muhokama qilish ko‘zda tutilgan.

💖 Tadbir doirasida Guliston davlat pedagogika instituti rahbariyati ham faol ishtirok etib, bir qator oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik aloqalarini mustahkamladi.

🤝 Xususan, institut tomonidan:
V.N. Tatishev nomidagi Astraxan davlat universiteti;
M. Akmulla nomidagi Boshqird davlat pedagogika universiteti
bilan o‘zaro hamkorlik memorandumlari imzolandi.

Ushbu hamkorlik institutning xalqaro maydondagi nufuzini oshirish, ilmiy-akademik almashinuvlarni kuchaytirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish yo‘lida muhim qadam bo‘lib xizmat qiladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍7👏1
Forwarded from Edu.uz
#Live #XalqaroAnjuman #OliyTaʼlim

Rossiya va O‘zbekiston oliy ta’lim muassasalari rektorlari ishtirokidagi mintaqalararo konferensiya o‘z ishini boshladi

22–23-may kunlari Namangan shahrida Rossiya Federatsiyasi va O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim muassasalari rektorlari o‘rtasida mintaqalararo konferensiya bo‘lib o‘tmoqda. Ushbu nufuzli tadbir Namangan davlat universiteti mezbonligida tashkil etildi.

Konferensiya doirasida ikki davlatning oliy ta’lim tizimi vakillari, vazirlik va idoralar rahbarlari, yetakchi oliy ta’lim muassasalari rektorlari hamda ilmiy markazlar mutasaddilari ishtirok etdi.

Tadbirning tantanali ochilish marosimida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Ijtimoiy rivojlanish departamenti rahbari Odil Abdurahmonov, Rossiya Federatsiyasi Prezidenti huzuridagi boshqarma rahbari Igor Maslov, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev, Rossiya Federatsiyasi Fan va oliy ta’lim vaziri o‘rinbosari Konstantin Mogilevskiy, Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri o‘rinbosari Sardor Rajabov, Rossiya Federatsiyasi Ta’lim vaziri o‘rinbosari Andrey Korneyev hamda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktorining o‘rinbosari Usmon Sharifxo‘jayev so‘zga chiqishdi.

Konferensiyada panel va B2B formatidagi uchrashuv va muzokaralar olib borilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#live

Ayni vaqtda Guliston davlat Pedagogika institutida "Yangi O'zbekistonda yoshlarning huquq va qonuniy manfaatlarini himoya qilish kafolatlari" mavzusida "Ombudsman soati" loyihasi doirasida tadbir tashkil etilmoqda.

Tadbir talabalarning savollariga boy tarzda bo'lib o'tmoqda va mutaxassislar tomonidan kerakli javoblar berilmoqda.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
🔥2👏2
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#live #no_comment

Sirdaryoda 30-iyun - Yoshlar kuni munosabati bilan, "Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!" shiori ostida tadbir va loyihalar bo'lib o'tmoqda.


Ayni vaqtda sana munosabati bilan "Yoshlar paradi" o'tkazilmoqda va unda viloyatimiz yoshlari va kuch tuzilmalari ishtirok etnoqda.

🌐Telegram🔹Instagram🔹Facebook
👍7
Forwarded from Edu.uz
Prezidentimiz islohotlar boshlangan ilk kunlardanoq “ilm – tarbiya – innovatsiya” zanjirini yaratishga kirishilganini, bu harakatlar bugun aniq natijalar berayotganini qayd etdi.

Masalan, o‘tgan yili yurtimiz yoshlari top-500 talik oliygohlarga kirish bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘rinni egalladi.

Bilimli yoshlarimiz ilk bor top-5 talikdagi oliygohlarga kirib, tarixiy natija qayd etdi.

Bugungi kunda 30 nafar yoshlarimiz dunyoning top-10 talik oliygohida, 500 nafari top-100 va 1 ming 500 nafari top-300 dan joy olgan nufuzli universitetlarda tahsil olmoqda.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1
Forwarded from Edu.uz
Oliygohlar o‘rtasida startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkaziladi

Startaplarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha tizim yaratildi. Ularni moliyalashtirishga 145 million dollar venchur sarmoya kiritildi.

Prezidentimiz bu raqam 1 milliard dollarga yetkazilishini aytdi.

Endi, bu ishlar maktabdan boshlanadi. O‘quvchilar uchun “mohirlik va biznes soati” kiritilib, ularning g‘oyasini startapga aylantirishga 100 milliard so‘m grant ajratiladi.

Oliygohlar o‘rtasida ham startaplar bo‘yicha har yili “Eng yaxshi kreativ g‘oya” tanlovi o‘tkazilib, g‘oliblarga oliygoh jamg‘armasidan 300 million so‘mgacha grant beriladi.

Startapni prototipga aylantirish va sinovdan o‘tkazish uchun Innovatsiya agentligi va IT-park “RnD” markazini ochadi.

Bunda, eng yaxshi loyihalar bo‘yicha prototip yaratish xarajatining 50 ming dollargacha qismi Yoshlar venchur jamg‘armasidan qoplanadi.

Har yili investorlar, yirik korxona va startap tashabbuskorlari ishtirokida “Startap-ekspo” ko‘rgazmasi o‘tkazib boriladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Forwarded from Edu.uz
“Harakatda daromad” elektron tizimi yaratilib, ta’tildagi 3 million yoshlar malaka talab etmaydigan ishlar bilan band qilinadi

O‘qishga kira olmagan maktab bitiruvchilari hamda texnikum va oliygohlarni tugatayotgan talabalarni band etish bo‘yicha 2 ta alohida dastur qabul qilindi.

Shu maqsadda Aloqabank va Milliy bankka 300 million dollar ajratildi.

Ular “Yoshlar biznesi” dasturi doirasida 100 ming yoshlarni, “Kelajakka qadam” orqali 140 ming oliygoh bitiruvchisini daromadli ish bilan ta’minlashga mas’ul bo‘ladi.

Bandlik vazirligi Savdo-sanoat palatasi Milliy bank bilan birga oliygoh, texnikum, kasbiy ta’lim bitiruvchilarini ish beruvchilar bilan bog‘laydigan platformani ishga tushiradi.

Bandlik, Maktab, Oliy ta’lim vazirliklari “Harakatda daromad” elektron tizimini yaratib, ta’tildagi 3 million yoshlarni malaka talab qilmaydigan ishlar bilan band qiladi.

Har yili yuqori sinf o‘quvchilarini kasb tanlashga qiziqtirish va ko‘maklashish maqsadida “Mening kasbim” respublika tanlovi o‘tkaziladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1
Forwarded from Edu.uz
“Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi

So‘nggi yetti yilda boshqaruv kadrlari tarkibi ancha yosharib, 40 yoshgacha bo‘lgan rahbarlar ulushi 37 foizdan 65 foizga oshdi.

“Biz Yangi O‘zbekistonda “xalq xizmatidagi davlat” tamoyilini ro‘yobga chiqarishda siz kabi iqtidorli, jonkuyar va yetakchilik qobiliyatiga ega o‘g‘il-qizlarimizga tayanamiz.

Shu bois, o‘tgan oyda istiqbolli kadrlar tayyorlash va ularni davlat boshqaruviga jalb etish bo‘yicha muhim farmonni imzoladim.

Endi, Davlat boshqaruvi akademiyasida “Kelajak liderlari” dasturi bo‘yicha har yili 100 nafar salohiyatli yoshlar o‘qitiladi”,

— dedi Prezident.

Bu yoshlar vazir va hokimlarga biriktiriladi, ikki oy ularning yonida yurib, tajriba orttiradi. Bir oyga xorijiy stajirovkaga yuboriladi.

Dasturni tamomlagan yoshlar rahbarlik lavozimlariga asosiy nomzod bo‘ladi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv
2
Forwarded from Edu.uz
Men sizlar bilan faxrlanaman!

Prezidentimiz bugun “Kreativ iqtisodiyot”, “Raqamli yashil tashabbuslar”, “Yoshlar tadbirkorligi va startaplar” va “Yosh innovatorlar” maydonchalaridagi o‘g‘il-qizlarimiz bilan muloqot qilib, hozirgi yoshlarimiz – Yangi O‘zbekistonning haqiqiy bunyodkorlari ekaniga yana bir bor amin bo‘lganini ta’kidladi.

“Men sizlar bilan faxrlanaman! Sizlarning har bir yutug‘ingiz bu – ko‘p millatli butun xalqimizning yutug‘idir. Azmu shijoatingiz, sog‘lom dunyoqarashingiz, baxtu iqbolingiz – millionlab ota-onalar, ustoz-murabbiylar, yaqinlaringizning ham baxtu saodatidir”,

— dedi davlatimiz rahbari.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥1
Forwarded from Edu.uz
Davlatimiz rahbari o‘z sohasida ilg‘or, tashabbuskor yoshlar bilan muloqot qildi, ularning taklif va g‘oyalarini tingladi.

Prezident farmoni bilan ilm-fan, texnologiya, madaniyat, san’at, sport, tadbirkorlik va boshqa sohalarda tengdoshlariga o‘rnak bo‘layotgan bir guruh o‘g‘il-qizlarimiz mukofotlangan edi. Bugungi tadbirda davlatimiz rahbari ushbu mukofotlarni o‘z egalariga tantanali ravishda topshirdi.

#Live #Prezident #YoshlarBilanUchrashuv

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#Live #Onlayn #Seminar

Mustaqil izlanuvchilikka topshirmoqchi bo‘lganlar diqqatiga!

Ayni daqiqalarda “Oliy ta’limdan keyingi ta’limning mustaqil izlanuvchilik shakliga hujjatlar qabuli” mavzusida onlayn seminar bo‘lib o‘tmoqda.

Seminarda oliy ta’limdan keyingi ta’lim jarayonlariga oid dolzarb savollarga javoblar, hujjatlar topshirish tartibi va muhim yangiliklar muhokama qilinmoqda.

Onlayn ishtirok etish uchun havola: https://www.youtube.com/watch?v=aT9SxP1DtHM

Barcha qiziqqanlar ishtirok etishlari mumkin!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
1🔥1👏1🎉1