Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
🔺💖Pekinda Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi katta oʻqituvchisi (PhD) Bekpoʻlatov Hasan, Xorijiy tillar kafedrasi oʻqituvchisi Yunusov Norbek va Aniq fanlar kafedrasi oʻqituvchisi Yaxshiboyev Temur-Maliklar stajirovka oʻtamoqda.
Joriy yilning 19-iyun kunidan 8-iyulgacha Pekin shahrida “Xitoy—Yevropa temiryo‘l ekspressi orqali qishloq xo‘jalik mahsulotlari va oziq-ovqatlarning transmilliy savdo va tashishida sifat nazorati” mavzusida seminar boʻlib oʻtmoqda.
Oʻquv kursida Ozarbayjon, Armaniston, Turkiya, Bolgariya, Kolumbiya, Tailand kabi davlat vakillari bilan bir qatorda institutimizning professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etmoqda.
🟡💖2025-yil 19-iyun kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida tadbirkorlar ishtirokida motivatsion trening tashkil etildi.
Ushbu “Biznes marafon” nomli trening Pedagogika fakulteti tyutori F.T. Nazarova tashabbusi bilan tashkil etilib, tadbirga muvaffaqiyatli tadbirkor, “Shuhrat” medali sohibasi Dilrabo Tursunboyevna Misirova taklif etildi.
Tadbir davomida D.T.Misirova ishtirokchilarga o‘z hayotiy yo‘li va tadbirkorlikdagi tajribalari haqida so‘zlab berdi. Shuningdek, u biznes g‘oya yaratish, biznes-reja tuzish, muvaffaqiyat sari qat’iyat bilan intilish bo‘yicha foydali tavsiyalarni ulashdi.
👌“Dolzarb 90 kun” doirasida Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar Akademiyasi talaba-yoshlarni Raqamli tadbirkorlik treningiga taklif etadi!
😧 Guliston davlat pedagogika institutida bo‘lib o‘tadigan ushbu treningni tajribali startap mualliflari olib boradi. Oʻquv dasturi yakunida ishtirokchilarga sertifikatlar taqdim etiladi.
😇 Mazkur trening orqali ishtirokchilar o‘z startaplarini mustaqil boshqarish va rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘ladilar.
📍Manzil: Guliston davlat pedagogika instituti 🗓Sana: 20-iyun 📊Boshlanish vaqti: 12:00 📞Murojaat uchun: +998904026402
💡 Agar sizda g‘oya bo‘lsa, trening yakunida 2 oylik o‘quv kursiga yo‘llanma olish imkoniga ega bo‘lasiz. Bu esa g‘oyangizni loyiha shakliga keltirib, turli tanlovlarda ishtirok etish va grant yutish sari muhim qadam bo‘ladi.
🏆Qirg‘izistonning Bishkek shahrida bo‘lib o‘tayotgan “CAKF Championships–2025” — Markaziy Osiyo chempionatida Karate WKF yo‘nalishi bo‘yicha milliy terma jamoamiz muvaffaqiyatli ishtirok etmoqda.
Ushbu nufuzli chempionatda Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Vaisov Umidjon ham munosib ishtirok etib, 1-o‘rinni qo‘lga kiritdi!
Talabamizni gʻalaba bilan qutlab, keyingi faoliyatlarida omad va zafarlar tilaymiz.
✅💖 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Boyovut tumanidagi 32-umumtaʼlim maktabida hamkorlik ishlari davom etmoqda.
Guliston davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan ushbu maktabda tashkil etilgan fan va sport to‘garaklari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida to‘garaklar samaradorligi, o‘quvchilarning ishtiroki hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi yondashuvlar ijobiy baholandi.
🏀💖 Guliston davlat pedagogika institutida sport bilan shug‘ullanish uchun barcha qulayliklarga ega sport majmualari, ochiq maydonlar va zarur jihozlar mavjud.
Ushbu imkoniyatlardan nafaqat institut talabalari, balki atrofdagi mahallalarda yashovchi yoshlar ham samarali foydalanib kelmoqda. Ular bu yerda sport to‘garaklarida qatnashib, bo‘sh vaqtlarini sog‘lom va mazmunli o‘tkazmoqda.
✅💖 “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida Boyovut tumanidagi 44-umumtaʼlim maktabida hamkorlik ishlari davom etmoqda.
Guliston davlat pedagogika instituti tashabbusi bilan ushbu maktabda tashkil etilgan til to‘garaklari faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish jarayonida to‘garaklar samaradorligi, o‘quvchilarning ishtiroki hamda ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish borasidagi yondashuvlar ijobiy baholandi.