GulDPI. uz | Rasmiy
4.64K subscribers
12.2K photos
1.37K videos
49 files
4.14K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
😝💖 Guliston davlat pedagogika institutida “Biosfera” nomli biologiya to‘garagining navbatdagi mashg‘uloti bo‘lib o‘tdi.

To‘garakning asosiy maqsadi – o‘quvchilarning biologiyaga bo‘lgan qiziqishini oshirish, ularning bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish hamda amaliy bilim va ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat.

Mashg‘ulot davomida quyidagi ishlar amalga oshirildi:
↪️Biologik mavzu yuzasidan suhbat:
O‘quvchilar bilan “Biosferaning muhofazasi va inson salomatligi” mavzusida ochiq muloqot o‘tkazildi.
↪️Amaliy mashg‘ulotlar:
Mikroskop orqali o‘simlik hujayralari tuzilishini o‘rganish.
↪️Mahalliy o‘simlik turlarini aniqlash va tavsiflash.
↪️Namuna to‘plash va ularni presslab (gerbariy) saqlash usullari bilan tanishtirish.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2025
#Brifing

🎙 Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi boshlig'i Alisher Baxromov 2025/2026- o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga kirish test sinovlariga tayyorgarlik ishlari bo'yicha ma'lumot berib o'tdi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram|Facebook| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#Qabul_2025
#Brifing

🎙 Bilim va malakalarni baholash agentligi Sirdaryo viloyati bo‘limi bosh mutaxassisi Jamshid Mamaradjabov 2025/2026- o‘quv yilida oliy va professional ta’lim muassasalariga qabul jarayonlari hamda abituriyentlar tomonidan ko'p berilayotgan savollarga javob berib o'tdi.

Rasmiy sahifalarimizni kuzatib boring👇
Telegram|Facebook| YouTube
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎥💖 Guliston davlat pedagogika instituti rektori tashabbusi bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida institut Axborot xizmati tomonidan talaba-yoshlar uchun maxsus media to‘garagi tashkil etildi.

To‘garak mashg‘ulotlari dushanba va payshanba kunlari, soat 15:00 da o‘tkaziladi.

Mashg‘ulotlar institutning mediastudiyasida tashkil etilmoqda. Dastlabki darsda ishtirokchilarga: mikrofon va u bilan ishlash usullari, sahna va studiya yorugʻliklaridan foydalanish texnikasi haqida amaliy ko‘nikmalar berildi.

Maʼlumot uchun:
📞 +998335659999
🕊 @Nozimjon_Muydinov

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
📚💖 “Dolzarb 90 kun” doirasida Guliston davlat pedagogika institutida davom etayotgan “Haftada bir kitob o‘qing” loyihasi asosida navbatdagi mutolaa uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Bu galgi uchrashuvda talabalar amerikalik mashhur yozuvchi Uilyam Sidni Porter (O.Genri) ijodi bilan yaqindan tanishdilar. Adibning qisqa hikoyalardagi o‘ziga xos uslubi, kutilmagan yakunlar va hayotiy obrazlar talabalarda katta qiziqish uyg‘otdi.

Mazkur loyiha institutda kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, yoshlarning adabiyotga bo‘lgan qiziqishini oshirishga xizmat qilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
😅💖 “Dolzarb 90 kun” doirasida Guliston davlat pedagogika institutida chilangarlik – metallarga ishlov berish toʻgaragi yoʻlga qoʻyildi.

Mashgʻulotlar davomida talabalar metall bilan ishlash texnologiyasi, xavfsizlik qoidalari hamda zarur asbob-uskunalardan foydalanish koʻnikmalariga ega boʻladilar.

Ushbu yoʻnalishga qiziqqan barcha yoshlarni toʻgarakda kutib qolamiz!

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎙💖 “Yoshlar ovozi” eshittirishida Guliston davlat pedagogika instituti “Besh tashabbus loyihalari” yoʻnalish koordinatori Aliyev Diyor bilan “Dolzarb 90 kun” loyihasi doirasida insitutda amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan suhbat tashkil etildi.

FM 90,6 toʻlqinlarida tinglang.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏓💖 Guliston davlat pedagogika institutida “Dolzarb 90 kun” doirasida tennis toʻgaraklari faoliyati davom etmoqda.

Talabalar boʻsh vaqtlarini mazmunli o‘tkazish, sog‘lom turmush tarzini shakllantirish maqsadida tashkil etilgan ushbu to‘garakda muntazam mashg‘ulotlar olib borilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💚💖 Guliston davlat pedagogika institutida “Ekofaol talabalar” ishtirokida ekologik tadbir tashkil etildi.

Joriy yilning 13-iyun kuni Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning ekologik ongini yuksaltirish, atrof-muhitga mehr va e’tibor bilan qarash madaniyatini shakllantirish maqsadida “Ekofaol talabalar” ishtirokida navbatdagi amaliy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir davomida talabalar ekologik tozalash ishlarida faol qatnashib, xona gullarini parvarishlash va ekish, yashil hududlarni obodonlashtirish va chiqindilarni saralash bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib bordilar.

Bunday tadbirlar yosh avlod qalbida tabiatga e’tiborli munosabatni shakllantirish, ekologik madaniyatni yuksaltirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM