GulDPI. uz | Rasmiy
4.63K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.2K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🌍💖 Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi akademik litseyda geografiya fanidan davlat attestatsiyasi imtihoni bo‘lib o‘tdi.

203-guruh o‘quvchilari belgilangan jadval asosida geografiya fanidan yakuniy sinovda ishtirok etdilar.

Imtihon davomida o‘quvchilarning tabiiy geografiya, ijtimoiy-iqtisodiy geografiya, xarita bilan ishlash ko‘nikmalari hamda global va mintaqaviy geografik jarayonlar haqidagi bilimlari sinovdan o‘tkazildi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎨💖 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida joriy yilning 9-iyun kuni Sirdaryo ixtisoslashtirilgan san’at maktab-internatida Guliston davlat pedagogika instituti Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi yoʻnalishi 1-bosqich talabasi Xatamjonov Islombek hamda 11-sinf o‘quvchisi Yormatova Durdonaning “Ilk qadam” nomli sanʼat ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tdi.

Unda “Tasviriy san’at va muhandislik grafikasi” yo‘nalishining 1-bosqich talabalari ustozlari hamrohligida ishtirok etdi. Tadbirda viloyatdagi taniqli san’atshunoslar, rassomlar qatnashdi.

Ko‘rgazmaning maqsadi – yoshlarning qiziqishlarini oshirish, oʻquvchilarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etishdir. Ko‘rgazmada manzara, naturmort, portret va milliy mavzudagi asarlar namoyish etilib, tomoshabinlarda katta taassurot qoldirdi.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📝💖 “Dolzarb 90 kunlik” doirasida yoshlarga keng imkoniyatlar!

Guliston davlat pedagogika instituti binosida mahalla yoshlari uchun bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, iqtidorlarini namoyon qilish va intellektual salohiyatini rivojlantirish maqsadida bir qator shart-sharoitlar yaratilgan.

Yoshlar institut kutubxonasidan bemalol foydalanish, zaruriy adabiyotlar va resurslarga ega bo‘lish imkoniga egalar. Bu kabi tashabbuslar yoshlarda kitobxonlik madaniyatini oshirish, bo‘sh vaqtni foydali o‘tkazish va sog‘lom muhitda rivojlanishga xizmat qilmoqda.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
💖 Guliston davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalarga quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha tushunchalar berildi:
• Davlat fuqarolik xizmatiga kirish shartlari va jarayonlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi;
vacancy.argos.uz platformasidan foydalanish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar o‘rgatildi;
• Talabalarning davlat xizmatida ishlashga bo‘lgan qiziqishini oshirish maqsadida Davlat xizmatini rivojlantirish agentligining Sirdaryo viloyati filiali mas’ul xodimi Egamnazarov Nurbek ishtirokida ochiq muloqot tashkil etildi.

Tadbir davomida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javob oldilar hamda davlat fuqarolik xizmatiga oid yo‘nalishlar yuzasidan muhim ma’lumotlarga ega bo‘ldilar.

🌍🌍🌍🌍🌍🌍

Bizning sahifalarimiz:
Telegram 🌐 Instagram
🌐 Youtube 🌐 Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM