GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.47K videos
50 files
4.43K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣“Dоlzarb 90 kunlik” tаdbirlari boshlandi.

Мuhtaram Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etishga qaratilgan “Dolzarb 90 kunlik” dasturi doirasida oliy ta’lim muassasalarida va hududlarda qator amaliy tadbirlar boshlandi.


Jumladan, Guliston davlat pedagogika institutida 1-iyun “Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”ga bagʻishlab “Dunyo bolalar nigohida” shiori ostida madaniy tadbir tashkillashtirildi. Tabiiy fanlar fakulteti tomonidan tashkil etilgan ushbu tadbirda institutga yaqin mahallalarning bolajonlari ishtirok etishdi.

Bolajonlar uchun institut boʻylab sayohat bilan boshlangan tadbir qizgʻin musobaqalar, tanlovlarga ulanib ketdi va ularga sovgʻalar ulashildi. Tadbir bolajonlar va ularning ota-onalarida yorqin taassurot qoldirdi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆3👍1
🥶💖 2024-yil 29-noyabrdagi 197-sonli bayon asosida mamlakatimizda bo‘lib o‘tadigan 46-Butunjahon shaxmat olimpiadasiga kompleks tayyorgarlik ko‘rish, shuningdek, shaxmatni ommaviy sport turiga aylantirish maqsadida Guliston davlat pedagogika institutida shaxmat musobaqasiga rasmiy start berildi.

Musobaqa davomida eng faol va bilimdon shaxmatchilar saralab olinib, keyingi bosqichlarda ishtirok etish uchun tavsiya etiladi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆4
🗣📈 Guliston shahridagi Yoshlar texnoparkida “Raqamli tadbirkorlik” mavzusida ikki kunlik amaliy trening boʻlib oʻtdi.

Treningda tanlov asosida saralangan 40 nafar iqtidorli yoshlar, xususan Guliston davlat pedagogika instituti talabalari ham faol ishtirok etdi. Ular o‘z startap loyihalari ustida ishlash, raqamli yechimlar yaratish, zamonaviy biznes yuritish bo‘yicha tajribali mutaxassislar tomonidan amaliy bilimlarga ega bo‘lishdi.

Trening yakunida barcha ishtirokchilarga sertifikatlar topshirildi.

Tadbir UNDP tomonidan o‘tkazildi va yoshlarning innovatsion g‘oya hamda tashabbuslarini real biznesga aylantirishga xizmat qildi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
5🏆4
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Dolzarb90kun

Aziz yoshlar! Yozgi ta’til davrida sizlarni qiziqarli va foydali loyihalar kutmoqda!


🇺🇿1-iyundan boshlab, davlatimiz rahbari tashabbusi bilan butun mamlakat bo‘ylab yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida 90 kun davom etadigan turli tanlov va tadbirlar start oladi.

Dolzarb 90 kun” tadbirlari doirasida sizlar uchun ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar, teatr tomoshalari, sport musobaqalari, ichki turizm safarlari, harbiy-vatanparvarlik mashg‘ulotlari va yana ko‘plab yo‘nalishlar bo‘yicha loyihalar tashkil etiladi!

Qadrli yoshlar 90 kun davomida yozni yorqin, ijodiy va samarali o‘tkazing!


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
1👌1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

😛Hurmatli Bekmurodov Sardor Elmuradovich! Tug‘ilgan kuningiz muborak boʻlsin!

Sizga bardavom sog‘lik, xonadoningizga tinchlik va fayz, kasbiy faoliyatingizda esa yangi yutuq va zafarlarga erishishingizni tilaymiz. Umringiz nurli, bosib o‘tayotgan yo‘lingiz esa yorqin bo‘lsin.

Doimo o‘z kasbiga sadoqat bilan yondashadigan, odob va pok niyat mezonlarini ustuvor bilgan, o‘z ishiga mas’uliyat bilan yondashadigan inson sifatida jamoamiz orasida o‘z o‘rniga ega bo‘lib kelmoqdasiz. Yangi yoshingizda yanada ko‘proq quvonchli yangiliklar, shaxsiy hayotingizda baraka va totuvlik, mehnatingizda esa muvaffaqiyat va izchil natijalar doimiy yo‘ldoshingiz bo‘lishini tilaymiz.



🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉6👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Bugun “1-iyun — Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni”, kelajagimiz egalarining bayrami!

Bayram bilan barcha bolajonlarimizni tabriklagan holda, ushbu roligimiz orqali kattalar ya’ni ota-onalarga murojaat qilib, koʻzgu tutmoqchimiz.

Bolalarni himoya qilish, avvalo, ularni tushunish, qoʻllab-quvvatlash, ilmga yoʻnaltirish, kelajagi uchun qaygʻurish demakdir.

Bolalar himoyachisi birinchi navbatda ota-ona, afsuski, ularning huquqlarini eng ko‘p buzuvchilar ham ota-ona.

Umid qilaman, ushbu kichik rolik orqali sizlarni biroz boʻlsa-da xulosa chiqarishga unday oldik.

Qadrli ota-onalar, bolalarning hayotda oʻz o‘rnini topishi va kelajagi birinchi navbatda sizning irodangizga bogʻliq. Bolalar cheksiz e’tibor, mehr va bagʻrikenglikka munosib.

Bugungi sana nafaqat bayram, balki jiddiy chaqiriqdir!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


@hilola_umarova
3🔥2❤‍🔥1🎉1👌1
🌎 “Oʻzbekiston boʻylab sayohat qil!”


Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2024-yil 7-oktabrdagi 646-sonli qarori asosida ichki turizmni rivojlantirish, madaniy merosni chuqurroq anglash hamda xodimlar va talabalarning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan tashkillashtirilgan Samarqand shahriga ikki kunlik sayohat qiziqarli taassurotlarga boy tarzda davom etmoqda.

Sayohatda institutda faoliyat yuritayotgan professor-oʻqituvchilar, oʻquv-yordamchi xodimlar hamda faol talabalar ishtirok etmoqda. Ularga qadimiy yodgorliklar, tarixiy obidalar, muqaddas ziyoratgohlar va zamonaviy maskanlar bo‘ylab sayohatlar uyushtirilmoqda.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4
#XalqaroStajirovka
#GDPI #Xitoy 🇺🇿🇨🇳

🥹💖 Xitoyda Guliston davlat pedagogika instituti vakili stajirovka oʻtamoqda.


Avval xabar berganimizdek, Pekin shahrida 2025-yilgi Buyuk ipak yoʻli iqtisodiy kamari mamlakatlari iqtisodiyoti va loyiha boshqaruvi muhokama qilinmoqda.


Xalqaro malaka oshirish kursi doirasida 26-31-may kunlari ishtirokchilar Xitoyning Pekin shahridagi JD.COM va boshqa yetakchi korporatsiyalarida boʻlishdi. Bunda Xitoy Milliy tadqiqot institutida tashkil etilgan malaka oshirish kursida berilayotgan nazariy bilimlar, onlayn savdo platformalarida ilgʻor texnologiyalar va marketing faoliyatini tashkil etish tamoyillari, savdoni raqamlashtirish faoliyatida ilgʻor texnologiyalar va ularni qoʻllash boʻyicha tavsiyalar muhokama etildi.

Mahalliy yetakchi korporatsiyalar va ilmiy tadqiqot instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan Xitoyning Oʻzbekiston, Armaniston, Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Tailand, Kuba, Iroq kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari muhokama etilmoqda. Uchrashuvda Sirdaryo viloyati rahbar kadrlari ham bevosita ishtirok etmoqda.

Stajirovka davomida Xitoyning Shenyang Kimyo texnologiyalari instituti vakillari bilan ham norasmiy uchrashuv tashkil etildi. Uchrashuvda professor-oʻqituvchilar almashinuvini yoʻlga qoʻyish, Guliston davlat pedagogika institutida xitoy tili markazini tashkil etish, axborot texnologiyalari va sunʼiy intellekt yoʻnalishida hamkorlik qilishga kelishib olindi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍4🔥1