GulDPI. uz | Rasmiy
4.52K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.59K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🌁💖 Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan joylarda oliy ta’lim muassasalariga kirishda qiyinchilikka duch kelayotgan xotin-qizlarning ota-onalari bilan individual ishlash ishlari yo‘lga qo‘yilgan.

Uchrashuvlar davomida ehtiyojmand va ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan oilalar bilan bevosita muloqot olib borilmoqda. Oliy ta’limga kirish tartibi, mavjud imkoniyatlar, imtiyozlar va grantlar haqida batafsil tushuntirishlar berilib, ular duch kelayotgan muammolarni hal etishga amaliy ko‘mak ko‘rsatilmoqda.

Mazkur tashabbus xotin-qizlarning ta’lim olish huquqini ta’minlash, ularning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ijtimoiy barqarorlikni ta’minlash yo‘lida muhim ahamiyat kasb etadi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👏2
🥹💖 Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan ijtimoiy himoyaga muhtoj, ehtiyojmand hamda ijtimoiy holati og‘ir bo‘lgan oilalar bilan ishlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu yo‘nalishda institut mas’ullari tomonidan joylarda o‘rganish ishlari olib borilmoqda. Uchrashuvlar davomida har bir oila vakillari bilan individual suhbatlar tashkil etilib, mavjud muammolar aniqlanmoqda, ularni bartaraf etishga qaratilgan amaliy yordam va tavsiyalar berilmoqda.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3
💖 Xotin-qizlarni oliy ta’limga jalb qilishda ota-onalarga ko‘maklashish maqsadida Guliston davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari tomonidan ota-onalar va oʻquvchi qizlar bilan uchrashuvlar tashkil etildi.

Tashkil etilgan uchrashuvlarda ularga oliy ta’lim muassasasiga qabul shartlari, imtihon formati, mutaxassisliklar tanlovi, kam ta’minlangan oilalar uchun imkoniyatlar va grantlar, imtiyozli ta’lim kreditlari haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👌2
😇💖 Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan tadbir oʻtkazildi.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining xotin-qizlarni qo‘llab-quvvatlash va ularning jamiyatdagi faolligini oshirishga qaratilgan davlat siyosatini amalga oshirish doirasida, shuningdek, ta’lim muassasalarida yoshlar tarbiyasi, ularning ongini shakllantirish, ijtimoiy faolligini oshirish maqsadida, 2025-yil may oyida Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi professor-o‘qituvchilari tomonidan Guliston shahri va tumanlardagi umumta’lim maktablarida suhbatlar tashkil etildi.

Tadbirlar doirasida maktab o‘quvchi-qizlari va ularning ota-onalari bilan ochiq muloqotlar o‘tkazildi. Ushbu suhbatlarda quyidagi mavzular qamrab olindi:
— Qiz bolalarni erta turmushdan asrash, ularning ta’lim olish huquqini ta’minlash;
— Oilada qiz bolalarga bo‘lgan munosabat va ularning shaxsiy rivojlanishiga ta’sir etuvchi omillar;
— Ijtimoiy tarmoqlar ta’siri va axborot xurujlaridan yoshlarni asrash choralari;
— Qizlarni kasbga yo‘naltirish va ularda ilmiy faollikni shakllantirish;
— Ota-onalarning tarbiyadagi roli va mas’uliyati.


Suhbatlar davomida ota-onalar va o‘quvchilarga turli metodik tavsiyalar, psixologik maslahatlar berildi hamda mutaxassislar tomonidan savollarga javob berildi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🎵Guliston davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan ijodiy chiqishlar ustida ishlar olib borilmoqda.

Bu jarayon institutda talabalar bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish, ularning iste’dod va qiziqishlarini ro‘yobga chiqarish maqsadida amalga oshirilayotgan tashabbuslarning yana bir amaliy ifodasidir.

Prezidentimizning yoshlar bilan ishlash, ularning ijodiy salohiyatini qo‘llab-quvvatlash, talabalarning boʻsh vaqtlarini mazmunli tashkil etish borasidagi topshiriqlari ijrosini ta’minlash yo‘lida muntazam ravishda madaniy-ma’rifiy tadbirlar tashkil etilib kelinmoqda.


Institut talabalari tomonidan tayyorlangan ijodiy lavhadan parchalarni tomosha qiling. Bizni kuzatishda davom eting, lavhalar tez orada e’tiboringizga havola etiladi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
3👍3❤‍🔥1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🏀 Guliston davlat pedagogika institutida “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida o‘tkazilgan “Sport oyligi” doirasidagi musobaqalar katta ishtiyoq va yuqori faollikda tashkil etildi. Ushbu sport oyligi davomida talabalar o‘rtasida bir nechta sport turlari bo‘yicha musobaqalar va jismoniy sinovlar o‘tkazildi.

Guliston davlat pedagogika institutida oʻquv jarayoni bilan bir qatorda talabalarning sogʻlom hayot tarziga amal qilishi, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2🔥2
▶️💖 Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan umumta’lim maktablari bilan hamkorlikda ota-onalar uchun onlayn vebinarlar hamda savol-javob uchrashuvlari tashkil etildi.

Ushbu uchrashuvlarda ishtirokchilarga oliy ta’lim muassasasiga qabul tartibi, test imtihonlari formati, mutaxassislik tanlash mezonlari, kam ta’minlangan oilalar uchun yaratilgan imkoniyatlar, imtiyozli ta’lim kreditlari va davlat granti asosida o‘qish shartlari yuzasidan batafsil ma’lumotlar taqdim etildi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🧪💖 Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar kafedrasi tomonidan “Xalqaro kimyogarlar kuni” munosabati bilan kimyo faniga bag‘ishlangan tadbir bo‘lib o‘tdi.

Kimyo yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar o‘z bilim, iqtidorlarini namoyon etib, faol ishtiroklari bilan barchaga ilhom bag‘ishladilar. Eng namunali ishtirokchilar faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi, ularning ota-onalariga esa institut nomidan minnatdorchilik maktublari yuborildi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3🏆2
🎖 Guliston Yoshlar texnoparkida InnoX 6-mavsumi yakunlandi.

Guliston davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar kafedrasi kimyo va biologiya taʼlim yo‘nalishi talabalari ishtirok etishdi. Shu munosabat bilan biznes inkubatsiya va akseleratsiya dasturi loyihalari taqdimoti bo‘lib o‘tdi.
Tadbir yakunida 6-mavsum ishtirokchilariga sertifikatlar va esdalik sovg‘alari topshirildi.


🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4👍42