GulDPI. uz | Rasmiy
4.63K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.2K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
Qadrli oʻquvchi-yoshlar,
Aziz maktab bitiruvchilari!


Bugun barchangizning qalbingizda oʻzgacha his-tuygʻular kechayotganini, katta hayot ostonasida turib oʻz kelajagingiz uchun turli rejalar tuzayotganingizni yurakdan his qilib turibman.

Maktab — oila kabi har biringizning hayotingizda katta oʻrin egallagan. Sinfdoshlaringiz oʻrtasidagi mehr-oqibat va samimiy doʻstlik tuygʻulari kelgusida ham bardavom boʻlishiga ishonaman.

Joriy oʻquv yili yakunida respublikamizdagi oʻn mingdan ziyod maktablarning 9-sinfini 632 946 nafar, 11-sinfini 451 073 nafar yigit va qizlar tugatishmoqda. Aʼlo bahosi va namunali xulqi bilan oʻrnak koʻrsatgan 14 041 nafar 11-sinf bitiruvchisi maktabning oltin va kumush medallari bilan taqdirlanishadi.

Albatta, bu yutuqlar sizlarning hayotingizda dastlabki muvaffaqiyatdir. Kasbingiz ortidan erishadigan mukofotlaringiz va hayotdagi boshqa zafarlaringiz hali oldinda. Bu yoʻlda barchangizga katta omadlar tilab qolaman.

Bugun chalinadigan soʻnggi qoʻngʻiroq sadolari bir umrga yuragingizdan joy olishiga ishonaman. Uning jarangdor sadolari hamisha begʻubor yoshlik va oʻquvchilik davringizni yodga solib turishi shubhasiz.

Barchangizga mustahkam sihat-salomatlik, davomli muvaffaqiyatlar tilab qolaman, aziz bitiruvchi yoshlar!

Hilola Umarova,
Maktabgacha va maktab taʼlimi vaziri


@hilola_umarova
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#OAV_biz_haqimizda

🏋️‍♀️💖 Guliston davlat pedagogika institutida “Sportchi — yurt himoyachisi” shiori ostida “Sport oyligi” doirasidagi musobaqalar qizgʻin ruhda boʻlib oʻtdi.

Guliston davlat pedagogika institutida oʻquv jarayoni bilan bir qatorda talabalarning sogʻlom hayot tarziga amal qilishi, boʻsh vaqtlarini mazmunli oʻtkazishi uchun shart-sharoitlar yaratilgan. Ayniqsa institutda “Sport oyligi” doirasida oʻtkazilgan musobaqalar va jismoniy sinovlar ushbu yoʻnalishdagi muhim qadamlardan biri boʻldi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#XalqaroStajirovka
#GDPI #Xitoy 🇺🇿🇨🇳

Xitoyda Guliston davlat pedagogika instituti vakili stajirovka oʻtamoqda.

🗣 Avval xabar berganimizdek, Pekin shahrida 2025-yilgi Buyuk ipak yoʻli iqtisodiy kamari mamlakatlari iqtisodiyoti va loyiha boshqaruvi muhokama qilinmoqda.

Xalqaro malaka oshirish kursi doirasida 22-25-may kunlari ishtirokchilar Xitoyning shimoli-gʻarbiy qismida joylashgan Ningxia Hui Avtonom hududining poytaxti Yinchuan shahrida boʻlishdi. Bunda Xitoy Milliy tadqiqot institutida tashkil etilgan malaka oshirish kursida berilayotgan nazariy bilimlar, tajribalar natijasi amaliyotga joriy etilgan korxonalar faoliyati, yirik plantatsiyalarda qoʻllanilayotgan ilgʻor texnologiyalar va ularni qoʻllash boʻyicha tavsiyalar muhokama etildi.

Bugun kurs ishtirokchilari Xitoyning Shaanxi provinsiyasi Sian shahridagi yirik Horeal korporatsiyasi boshqaruvchilari ishtirokida simpoziumda ishtirok etmoqda. Simpoziumda Xitoyning Oʻzbekiston, Armaniston, Shimoliy Makedoniya Respublikasi, Tailand, Kuba, Iroq kabi davlatlar bilan hamkorlik aloqalari muhokama etilmoqda. Uchrashuvda Sirdaryo viloyati rahbar kadrlari ham bevosita ishtirok etmoqda.

🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏀Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabalarining yakuniy nazorat imtihonlari davom etmoqda.

🏋️‍♀️💖Guliston davlat pedagogika institutida o‘quv jarayonining belgilangan tartibiga muvofiq, Jismoniy madaniyat yo‘nalishida tahsil olayotgan talabalar uchun yakuniy nazorat imtihonlari o‘tkazilmoqda.

Imtihon jarayonida talabalarning nazariy bilimlari bilan bir qatorda amaliy ko‘nikmalari ham sinovdan o‘tkazilmoqda. Baholash jarayoni ochiqlik va shaffoflik tamoyillari asosida tashkil etilgan bo‘lib, har bir talabaga o‘z salohiyatini to‘laqonli namoyon etish imkoniyati yaratilgan.

🌐Bizning sahifalarimiz:
📱Telegram 📱Instagram
📱Youtube 📱Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM