GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
13.1K photos
1.52K videos
51 files
4.52K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🥋“Sport oyligi” doirasida kurash musobaqalari bo‘lib o‘tmoqda.


💖 Guliston davlat pedagogika institutida “Sport oyligi” doirasida belgilangan tadbirlar izchil davom etmoqda.

Xususan, talabalar o‘rtasida milliy sport turi — kurash bo‘yicha musobaqalar o‘tkazilmoqda. Bellashuvlar talabalarning jismoniy faolligini oshirish, sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish va sportga bo‘lgan qiziqishini yanada kuchaytirishga xizmat qilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3
Мамлакатимиз мактабларини битирувчи ўғил-қизларга табрик

Поздравление выпускникам школ нашей страны

Prezident.uz|Facebook|Instagram|YouTube|X
👍2
💬Sport oyligi yakunlari


🏋️‍♀️💖 Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 30-oktyabrdagi “Sog‘lom turmush tarzi va ommaviy sportni rivojlantirish to‘g‘risida”gi PF-6099-sonli farmonida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2025-yil 29-apreldagi 154-sonli buyrug‘i bilan “Sportchi-yurt himoyachisi” shiori ostida “Sport oyligi” doirasida o‘tkazilgan ommaviy sport musobaqalarining yakuni va taqdirlash marosimi o‘tkazildi.

Tadirlash marosimida institut rektori J.Karshiboyev so‘zga chiqib, barcha sportchi talaba-yoshlarni qizg‘in tabrikladi va musobaqa dasturidan o‘rin olgan 10 ta sport turi bo‘yicha g‘olib hamda sovrindorlarni institutning esdalik sovg‘alari bilan mukofotladi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
🗣Ayni vaqtda Guliston davlat pedagogika instituti rektori J.Karshiboyev Boyovut tumanidagi A.Navoiy mahallasida joylashgan
3-sonli umumta’lim maktabida “Ilm — eng buyuk sharaf!” shiori ostida oʻtkazilayotgan “So‘nggi qo‘ng‘iroq” tadbirida ishtirok etmoqda.


Mazkur tadbirda institut rahbari bitiruvchi yoshlarni hayotlaridagi muhim bosqich — maktab bilan xayrlashuv kuni munosabati bilan tabriklab, ularga ezgu tilaklarini bildirdi. Tadbir davomida yoshlarga Vatan, ta’lim va kelajak yo‘lidagi mas’uliyatli qadamlar haqida fikrlar bildirildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Edu.uz
#tabrik

Qadrli yoshlar, aziz bitiruvchilar!


Yuraklaringizda shodu xurramlik, koʻzlaringizda buyuk orzular mujassam boʻlgan shu daqiqalarda barchangizni taʼlim olishdagi muhim bosqich – maktabni muvaffaqiyatli yakunlayotganingiz bilan samimiy muborakbod etaman.

Soʻnggi qoʻngʻiroq – yangi imkoniyatlar eshigini ochuvchi ramziy ondir. Oldinda sinovlar, tanlovlar va eng asosiysi – katta hayot turibdi. Endigi maqsadingiz – mustaqil va farovon Yangi Oʻzbekistonni barpo etishga qodir, bilimli va yetuk mutaxassis boʻlishdir. Sizlarni yurtimizdagi nufuzli oliy va kasbiy taʼlim tashkilotlari intiqlik bilan kutmoqda.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev boshchiligida mamlakatimizda yoshlarga boʻlgan eʼtibor davlat siyosatining ustuvor yoʻnalishlaridan biriga aylangan. Bugungi kunda har bir yoshning iqtidorini roʻyobga chiqarish, ularni zamonaviy bilim va kasb-hunarga egallashi, tashabbuslarini qoʻllab-quvvatlash uchun barcha shart-sharoitlar yaratilmoqda. “Yoshlar – kelajagimiz” tamoyili asosida amalga oshirilayotgan keng koʻlamli islohotlar sizning hayotda munosib oʻrin egallashingizga xizmat qilmoqda.

Siz – Yangi Oʻzbekistonni barpo etayotgan avlodsiz! Shu bois har biringizda vatanparvarlik tuygʻulari, yurt taqdiriga daxldorlik hissi va katta masʼuliyat boʻlishi darkor. Taʼlim davomida orttirgan bilim va koʻnikmalaringiz, ezgu niyat va yuksak maqsadlaringiz bilan Vatanimiz taraqqiyotiga munosib hissa qoʻshishingizga ishonchim komil.

Sizlarga kuch-gʻayrat, bardavom omad, tinimsiz izlanish va orzu-maqsadlaringiz sari qatʼiyat bilan intilish tilayman. Oldindagi yoʻlingiz muvaffaqiyatli boʻlsin!

Qo‘ng‘irotboy Sharipov,
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri


Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
🔥4
🗣Kelajakka qadam — bugundan boshlanadi!

💖 Guliston davlat pedagogika institutida yoshlar bandligini taʼminlash, ularni mehnat faoliyatiga yoʻnaltirish hamda kasbiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash maqsadida muhim uchrashuv boʻlib oʻtdi.

📌 Mazkur tadbir O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 14-fevraldagi PQ-61-sonli qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, shuningdek, bitiruvchi kurs talabalariga “Kelajakka qadam” dasturi doirasidagi imtiyozli kreditlar, moliyaviy ko‘maklar va amaliy yo‘riqnomalarni yetkazishga qaratildi.

Seminarda Guliston davlat pedagogika institutining 18 nafar professor-o‘qituvchilari, Markaziy bank hamda Milliy bank mutaxassislari hamda 250 nafardan ortiq talaba ishtirok etdi. Tadbir davomida talabalar tomonidan o‘zlarini qiziqtirgan muhim savollar bilan murojaat qilindi.

Xususan, Pedagogika fakultetining Maktabgacha ta’lim yo‘nalishi talabasi Dadayeva Feruza 1 milliard so‘mgacha imtiyozli kredit olish orqali tadbirkorlik faoliyatini kengaytirish niyatida ekanligini bildirib o‘tdi. Yana bir talaba Fayzullayeva Dilorom 2 yillik imtiyozli davr shartlari haqida batafsil tushuncha so‘radi. Pedagogika yo‘nalishi talabasi Kanalboyev Mironshoh 10 mln so‘mgacha 7 foizli kredit olish tartibi bo‘yicha amaliy yordam haqida savol yo‘lladi. Jismoniy madaniyat fakulteti talabasi Abdumalikov Feruzbek esa 10 mln. so‘m miqdoridagi kredit olish bo‘yicha aniq ko‘rsatmalarni olishni istadi.

Berilgan barcha savollarga tajribali bank xodimlari tomonidan asosli va tushunarli javoblar taqdim etildi


Bu kabi uchrashuvlar yoshlarning o‘z g‘oya va tashabbuslarini amaliyotga tatbiq etishida, kelajakda o‘z o‘rnini topishda muhim qadam bo‘lib xizmat qilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4