🗣Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2025-yil 5-maydagi PF-76-son Farmoni ijrosi doirasidagi tashabbus amalga oshirildi. Mazkur Farmon ta’lim sifatini ta’minlash, ta’lim xizmatlarini takomillashtirish hamda ta’lim va ilmiy-tadqiqot tashkilotlari faoliyatini xalqaro standartlar asosida tashqi baholash tizimini joriy etishga qaratilgan.
✅ Shuningdek, ushbu Farmonga muvofiq, Prezident Administratsiyasi huzurida Ta’lim sifatini ta’minlash milliy agentligi tashkil etilishi, o‘rta maxsus, kasbiy, oliy ta’lim hamda kadrlarni qayta tayyorlash va malaka oshirish tizimlarida tashqi sifat nazorati mexanizmlarini yo‘lga qo‘yish nazarda tutilgan.
🥹 Shu munosabat bilan institutning
Ta’lim sifatini nazorat qilish bo‘limi boshlig‘i, f.f.d (DSc) A.A. Asatulloyev tomonidan professor-o‘qituvchilar uchun seminar mashg‘uloti tashkil etildi. Unda Farmon mazmun-mohiyati, uning ijrosi bilan bog‘liq yangi talablar, tashqi baholash mexanizmlari va sifat nazoratini kuchaytirishga doir yondashuvlar batafsil tushuntirildi.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook