Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
⭐️Xotira va Qadrlash kuni munosabati bilan Guliston davlat pedagogika instituti talaba-yoshlari “Xotira maydoni”ga tashrif buyurib, “Motamsaro ona” haykali poyiga gullar qo‘yishdi. Ajdodlar xotirasiga hurmat bajo keltirildi.
➡️Yurt tarixining har bir sahifasi – fidokorlik, jasorat va vatanparvarlik timsoli. Bugun xalqimiz o‘z tarixida jonini Vatan yo‘lida fido qilgan aziz farzandlarini yodga olib, ularning qahramonligini yuksak ehtirom bilan xotirlamoqda. Har bir avlod burchi – bu jasorat maktabidan saboq olish, ajdodlar xotirasini ardoqlashdir.
🟡Xabaringiz bor, yosh avlodni madaniyat, san’at, sport va axborot texnologiyalariga jalb qilish, kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida tashkil etilgan va respublika bo‘yicha 1,5 milliondan ortiq talaba-yoshlarni qamrab oluvchi “Talabalar festivaliga” start berilgan. Ushbu festival doirasida keng ko‘lamli loyihalar va tanlovlar tashkil etilmoqda.
💖Guliston davlat pedagogika institutida Pedagogika va psixologiya kafedrasi professor-o‘qituvchilari va talaba-yoshlari tomonidan festival doirasida “Do‘stlik sayyorasi” nomli madaniy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi. Yuzlab talaba-yoshlarni qamrab olgan ushbu tadbir dasturi barchada yorqin taassurot qoldirdi.