Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
🗣Guliston davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
✅ Matbuot anjumani davomida institut faoliyati, o‘quv jarayonining samaradorligini oshirish borasida ko‘rilgan chora-tadbirlar, yoshlar bilan ishlash yo‘nalishidagi yutuqlar, amalga oshirilayotgan infratuzilma loyihalari va “Yashil iqtisodiyot” tamoyillarini keng joriy etish borasidagi sa’y-harakatlar haqida batafsil ma’lumot berildi.
📊 Anjumanda institutda: ➡️14 ta bakalavriat va 3 ta magistratura dasturi takomillashtirilgani; ➡️144 nafar talabalar haq to‘lanadigan amaliyotga jalb qilingani; ➡️Registartor ofisi faoliyati yo‘lga qo‘yilgani; ➡️108 ta ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazilib, 3944 nafar talabalar qamrab olingani; ➡️“Yashil makon” loyihasi doirasida 7340 ta ko‘chat ekilgani; ➡️95 kVt quvvatga ega quyosh panellari o‘rnatilgani; ➡️400 o‘rinli talabalar turar joyi va 1000 o‘rinli yangi o‘quv binosi foydalanishga topshirilgani kabi yutuqlar e’tirof etildi.
▶️Bundan tashqari, OAV vakillari bilan ochiq muloqot o‘tkazilib, ularning taklif va fikr-mulohazalari tinglandi. Tadbir ishtirokchilari tomonidan institutda olib borilayotgan keng qamrovli islohotlarga ijobiy baho berildi.
➖➖➖➖➖➖➖ 🗣В Гулистанском государственном педагогическом институте состоялась пресс-конференция, посвящённая информированию широкой общественности о проделанной работе, достигнутых успехах и планах на будущее.
✅ В ходе пресс-конференции были подробно освещены вопросы деятельности института, меры, предпринятые для повышения эффективности учебного процесса, достижения в работе с молодежью, реализация инфраструктурных проектов, а также усилия по широкому внедрению принципов «зеленой экономики».
📊 В рамках конференции были озвучены следующие достижения института: ➡️ усовершенствованы 14 программ бакалавриата и 3 программы магистратуры; ➡️ 144 студента привлечены к оплачиваемой практике; ➡️ налажена работа регистрационного офиса; ➡️ проведено 108 духовно-просветительских мероприятий с охватом 3944 студентов; ➡️ в рамках проекта «Зеленое пространство» высажено 7340 саженцев; ➡️ установлены солнечные панели мощностью 95 кВт; ➡️ введены в эксплуатацию общежитие на 400 мест и новый учебный корпус на 1000 мест.
▶️Кроме того, было проведено открытое общение с представителями СМИ, выслушаны их предложения и мнения. Участники мероприятия положительно оценили масштабные реформы, проводимые в институте.
✨Hurmatli Elmuratova Dilrabo Muxammatovna! Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin.
◀️Siz talabalar bilan ishlashda fidokor, mas’uliyatli va mehribon inson sifatida yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularning bilim olishiga o‘z hissangizni qo‘shib kelmoqdasiz. Sizning mehnatsevarligingiz, samimiyligingiz va hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatingiz institut jamoasi orasida hurmat va e’tirofga sazovor.
🎉Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lishini, ish faoliyatingizda yangi yutuqlarga erishishingizni tilaymiz. Har doim ko‘tarinki ruhda, baxt va muvaffaqiyat bilan yurishingizni istaymiz! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ✨Уважаемая Элмуратова Дильрабо Мухамматовна! Поздравляем Вас с Днём Рождения!
◀️Вы проявляете себя как преданный своему делу, ответственный и доброжелательный человек, который направляет студентов, вносит свой вклад в их обучение. Ваше трудолюбие, искренность и позитивное отношение к жизни заслужили уважение и признание среди коллектива института.
🎉Желаем Вам крепкого здоровья, счастья и удачи во всех начинаниях. Пусть в профессиональной деятельности Вас сопровождают новые успехи! Желаем Вам всегда оставаться в приподнятом настроении, идти по жизни с радостью и благополучием! С Днём Рождения!
💖Guliston davlat pedagogika institutida bitiruvchi talabalar uchun uchrashuv tashkil etildi. Tadbir doirasida Shirin shahri mas’ullari hamda institutning fakultet dekanlari ishtirokida bitiruvchilar bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
☑️Uchrashuvda bitiruvchilarga kelgusidagi mehnat faoliyati, ishga joylashish imkoniyatlari, yaratilayotgan yangi ish o‘rinlari va sohaga oid istiqbolli rejalar haqida batafsil ma’lumot berildi.
➡️Shuningdek, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat qildilar va mas’ullar tomonidan amaliy javoblar oldilar.
➖➖➖➖➖➖➖ 💖В Гулистанском государственном педагогическом институте была организована встреча для выпускников. В рамках мероприятия состоялся открытый диалог выпускников с представителями города Ширин и деканами факультетов института.
☑️На встрече выпускникам была предоставлена подробная информация о будущей трудовой деятельности, возможностях трудоустройства, создании новых рабочих мест и перспективных планах в сфере.
➡️Также студенты задали интересующие их вопросы и получили практические ответы от ответственных лиц.
🗣Guliston davlat pedagogika institutida amalga oshirilayotgan ishlar, erishilayotgan yutuqlar hamda istiqboldagi rejalarni keng jamoatchilikka yetkazish maqsadida matbuot anjumani boʻlib oʻtdi.
➖➖➖➖➖➖➖➖ 🗣В Гулистанском государственном педагогическом институте состоялась пресс-конференция, посвящённая информированию широкой общественности о проделанной работе, достигнутых успехах и планах на будущее.
💖Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar maʼnaviyatini yuksaltirish, ularning ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish maqsadida “Maʼrifat darslari” muntazam tashkil etilmoqda.
✔️Navbatdagi “Maʼrifat darsi” davomida talabalar Oʻzbekistonda va jahon miqyosida yuz berayotgan dolzarb yangiliklar, shuningdek, Prezidentimiz farmon va qarorlarining mazmun-mohiyati bilan yaqindan tanishtirildi.
◀️Mazkur darslar nafaqat bilim doirasini kengaytirish, balki yoshlarni yurt taqdiriga daxldor bo‘lgan qarorlar mohiyatini chuqur anglashga undamoqda.
➖➖➖➖➖➖➖ 💖В Гулистанском государственном педагогическом институте с целью повышения духовности студентов и их социально-политической активности регулярно проводятся занятия под названием «Уроки просвещения».
✔️В ходе очередного «Урока просвещения» студенты были подробно ознакомлены с актуальными событиями, происходящими в Узбекистане и в мире, а также с сущностью указов и постановлений Президента.
◀️Эти занятия не только расширяют кругозор, но и побуждают молодежь глубже осознавать суть решений, имеющих значение для судьбы страны.
☄️Guliston davlat pedagogika instituti talabalari — “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining Respublika bosqichida!
➡️Tabiiy fanlar kafedrasining Kimyo yo‘nalishi talabalari Abduvaliyeva Niginabonu Sobir qizi, Abdullayeva Gulnoza Xabibullo qizi hamda Biologiya yo‘nalishi talabasi Abdulhaqova Zulfiyaxon Abdusolih qizi “Mirzo Ulugʻbek vorislari” tanlovining hududiy bosqichida muvaffaqiyatli ishtirok etib, Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritdilar.
➡️Ushbu natijalar institutda fan va innovatsiyalar sohasiga berilayotgan ustuvor e’tibor, professor-o‘qituvchilarning malakali tayyorlov jarayoni samarasi hisoblanadi.
🔹Talabalarimizga tanlovning Respublika bosqichida ham omad va muvaffaqiyatlar tilaymiz!
➖➖➖➖➖➖➖➖➖➖ ☄️Студенты Гулистанского государственного педагогического института — на Республиканском этапе конкурса «Преемники Мирзо Улугбека»!
➡️Студентки кафедры естественных наук по направлению «Химия» — Абдувалиева Нигинабону Собир кизи, Абдуллаева Гулноза Хабибулло кизи, а также студентка направления «Биология» — Абдулхакова Зулфияхон Абдусалих кизи успешно выступили на региональном этапе конкурса «Преемники Мирзо Улугбека» и получили путёвку на Республиканский этап.
➡️Эти достижения являются результатом приоритетного внимания, уделяемого в институте науке и инновациям, а также высокого качества подготовки, обеспечиваемого квалифицированными преподавателями.
🔹Желаем нашим студенткам удачи и успехов на Республиканском этапе конкурса!