📌 O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining
“Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 2023-yil 31-maydagi PQ–171-son qarori bilan tasdiqlangan Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi masalalariga bag‘ishlangan muhim sanalar bo‘yicha o‘tkaziladigan tadbirlar kalendar rejasining 11-bandiga muvofiq,
2025-yil 15-aprel kuni respublikamizda “Ekologiyaga oid bilimlar kuni” nishonlanishi belgilangan. 🗣Shu munosabat bilan, Guliston davlat pedagogika instituti “Tabiiy fanlar” kafedrasi professor o‘qituvchilari va geografiya, biologiya, kimyo yo‘nalishi talabalari ishtirokida ekologiya va atrof-muhitni asrashga oid bilimlarni oshirishga qaratilgan tadbirlarni tashkil etildi.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook