Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.
Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.
🔹Guliston davlat pedagogika instituti qoshidagi “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari Sirdaryo viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilayotgan “Viloyat hokimi kubogi” doirasidagi “Zakovat” intellektual o‘yini va shaxmat musobaqalarida jamoat tartibiga masʼullik qilishmoqda.
🟡 Mazkur jarayonlarda “Qalqon” guruhi a’zolari tadbirlarning tartibli va xavfsiz o‘tishini nazorat qilib, yoshlarga namunali fuqarolik mas’uliyati va tartib-intizom namunasini ko‘rsatishmoqda.
🖼 Guliston davlat pedagogika institutida milliy qadriyatlar, urf-odatlar va an’analarni targ‘ib etish, yosh avlod qalbida o‘zligiga hurmat tuyg‘usini shakllantirishga alohida e’tibor qaratib kelinmoqda.
🎩 Dars jarayonlarida professor-o‘qituvchilar va talabalarning milliy liboslarda ishtirok etayotgani esa bu yo‘nalishdagi targ‘ibot ishlarining amaliy ifodasidir. Milliy kiyimlarda o‘tkazilayotgan mashg‘ulotlar nafaqat estetik zavq, balki talabalarda milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘usini ham mustahkamlamoqda.
🗣Joriy yilning 18-aprel kuni Sirdaryo shahridagi Sirdaryo pedagogika texnikumida maktab bitiruvchilari uchun “Ochiq eshiklar kuni” bo‘lib o‘tdi.
✅ Mazkur tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchilari ham ishtirok etib, abituriyentlarga institut faoliyati, mavjud ta’lim yo‘nalishlari va yaratilgan imkoniyatlar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdilar.
🗣Tadbirda, shuningdek, “Adolat” sotsial-demokratik partiyasining tuman kengashi raisi, Viloyat kengashi deputati, Sirdaryo viloyati doimiy komissiyasi raisi S.H.Elmurodov ham ishtirok etdi.
⭐️Guliston davlat pedagogika institutida talaba-yoshlar o‘rtasida milliy g‘urur, urf-odat va qadriyatlarimizga sadoqatni kuchaytirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.
🇺🇿Milliylik – bu zamonaviylik bilan uyg‘unlikda yashaydigan boy meros. Uni asrash va avlodlarga yetkazish – har birimizning sharafli burchimizdir.
➡️Bu nafaqat tashqi ko‘rinishda, balki ta’lim va tarbiya jarayonida ham namoyon bo‘lmoqda. Talabalar milliy liboslar, milliy san’at va qadriyatlar orqali o‘zlikni anglash, o‘z madaniyatiga mehr uyg‘otish yo‘lida faol ishtirok etishmoqda.
🎩Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi milliy qadriyatlarni asrab-avaylash va yoshlar ongiga singdirish yo‘lida izchil harakat qilmoqda. Bu esa ta’lim maskanini nafaqat ilm-ma’rifat, balki milliy o‘zlikni anglash va hurmat qilish dargohiga aylantirmoqda.
✔️Milliy liboslar xalqimizning tarixi, ma’naviyati va o‘ziga xos madaniyatini aks ettirib, talabalar qalbida vatanparvarlik va milliy g‘urur tuyg‘ularini yanada mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
📣 "Mirzo Ulug‘bek vorislari" tanlovi – Sirdaryo viloyat bosqichi!
🗓 22-aprel kuni Guliston Yoshlar Texnoparkida ilm-fan va innovatsiyaga qiziquvchi yoshlarga mo‘ljallangan “Mirzo Ulug‘bek vorislari” Respublika tanlovining Sirdaryo viloyat bosqichi bo‘lib o‘tadi!
🔬 Tanlovda viloyatimizning barcha 11 ta tuman va shaharlari bo‘yicha tuman bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 55 nafar iste’dodli yoshlar ishtirok etadi.
🏆 Ular orasidan 20 nafari hakamlar hay’ati tomonidan saralanib, viloyat bosqichi g‘olibi sifatida Respublika bosqichiga yo‘llanmani qo‘lga kiritadi!
📍 Manzil: Guliston sh., Yoshlar Texnoparki binosi ⏰ Vaqt: 22-aprel, soat 10:00 dan boshlab
🗣18-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” mavzusida ochiq debat tashkil etildi.
✅ Unda ishtirokchilar Vatan taraqqiyoti, yoshlarning masʼuliyati, mavjud muammolar va ularning yechimlari haqida o‘z fikrlarini bildirdilar.
🔹Debat davomida quyidagi savollar atrofida fikr almashildi: ➡️Vatan kelajagi uchun qanday harakatlar qilish kerak? ➡️Yoshlar qanday rol o‘ynaydi? ➡️Muammolar va ularning yechimlari nimalardan iborat? ➡️“Vatan kelajagi uchun barchamiz daxldormiz” degan fikrga qanday dalillar keltirish mumkin?
◀️Uchrashuv talabalar ongida vatanparvarlik tuyg‘usini mustahkamlash, ularni faol va mas’uliyatli fuqaro bo‘lishga undashga xizmat qildi.