GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🔹“Ma’rifat soati” darslari davom etmoqda


🗣Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish maqsadida “Ma’rifat soati” darslari uzluksiz ravishda tashkil etib kelinmoqda.

◀️Navbatdagi dars mashg‘uloti Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori E.Nasrullayev tomonidan olib borildi. Dars davomida yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni to‘g‘ri baholash va samarali foydalanish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Ushbu darslar orqali talabalarda ijtimoiy faollik, fikrlash kengligi va intellektual salohiyatni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1🏆1
🗣 2025-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tgan “AD LIBITUM” Xalqaro ko‘rik-tanlovida Guliston davlat pedagogika instituti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi talabalari munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.

☄️Xor ijrochiligi yo‘nalishida institut jamoasi o‘zining badiiy saviyasi yuqori chiqishlari bilan “Grand Pri” mukofotiga loyiq deb topildi.

🏆Vokal ijrochiligi yo‘nalishida esa talabalardan:
S. Eshmurodova, N. Abduvahobova, N. A’zamova – faxrli II o‘rinni,
G. Raxmatova esa – III o‘rinni egalladi.


🎼 Tanlov davomida yosh iste’dod egalari milliy kuy-qo‘shiqlar hamda zamonaviy asarlarni mahorat bilan ijro etib, hakamlar hay’ati va tomoshabinlar tomonidan katta e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

➡️Mazkur muvaffaqiyat – nafaqat talabalarning ijodiy salohiyati, balki ularni tayyorlagan ustozlarning mehnati va institutda yaratilgan ijodiy muhit samarasi bo‘lib, ta’lim muassasamizda musiqiy ta’limning yuksak saviyada olib borilayotganini yaqqol namoyon etdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥7🏆63👏2😍1
🔈 Pivot-RP bo‘yicha seminar-trening oʻtkaziladi.


🗣Guliston davlat pedagogika institutida xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, ariza topshirish jarayonlari va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika mutaxassislari tomonidan seminar-trening tashkil etiladi.

Seminarda ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant va talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📆 Sana: 2025-yil 15-aprel
🕥 Soat: 11:30
📍 Joy: Faollar zali

🔄Barchani ushbu muhim va foydali uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👌1
🗣Sirdaryo viloyati Yoshlar Akademiyasi va Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hududiy boshqarmasi Sho‘basi va Guliston yoshlar texnoparki hamkorligida Yoshlar Akademiyasi liderlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.

✔️Yig‘ilishda Guliston davlat pedagogika instituti, Guliston davlat universiteti va Yangiyer kimyo texnologiyalar instituti liderlari ishtirok etishdi.

🤝 Tadbir davomida ishtirokchilar “Yoshlar akademiyasi”ning 2025-yil uchun o‘z oldilariga bir yillik ish rejalarini kelishib oldilar.

🔺Tadbirga “Milliy tiklanish” demokratik partiyasi Sirdaryo viloyat kengashi mas’ullari tashrif buyurib, Yoshlar Akademiyasi liderlar tashabbuslarini har doim qo‘llab-quvvatlashga tayyor ekanligini va ularga kelgusi ishlariga omad tilab o‘tdilar.

📌 Tadbir davomida Texnopark faoliyati, uning imkoniyatlari, yoshlar uchun yaratilgan sharoitlar va qo‘llab-quvvatlash dasturlari yuzasidan keng muhokamalar olib borildi.

Tadbir yakunida Sirdaryo viloyati Yoshlar Akademiyasi hududiy lideri, GulDPI magistranti Doniyor Erbo‘tayev viloyatimiz yoshlarning ilmiy salohiyatini ro‘yobga chiqarish, ular orasidan iqtidorli yoshlarni aniqlab, ularni innovatsion faoliyatga jalb qilish uchun may oyini “Fan va innovatsiyalar” oyi deb e’lon qildi.

❤️ Yoshlar Akademiyasi (Sirdaryo)
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏2🏆1
#kun_hikmati

➡️Chin ilm – insonni poklaydi va kamolotga yetaklaydi.


©️Abu Nasr Farobiy (873-951)

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

Hurmatli Nosirova Dilfuza Saydullayevna! Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin.

◀️Siz talabalar bilan ishlashda fidokor, mas’uliyatli va mehribon inson sifatida yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularning bilim olishiga o‘z hissangizni qo‘shib kelmoqdasiz. Sizning mehnatsevarligingiz, samimiyligingiz va hayotga bo‘lgan ijobiy munosabatingiz institut jamoasi orasida hurmat va e’tirofga sazovor.

🎉Sizga sihat-salomatlik, baxt va omad hamisha hamrohingiz bo‘lishini, ish faoliyatingizda yangi yutuqlarga erishishingizni tilaymiz. Har doim ko‘tarinki ruhda, baxt va muvaffaqiyat bilan yurishingizni istaymiz! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉5👌2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

➡️Hurmatli Mavlyanov Muminjon Akramovich!

Tugʻilgan kuningiz muborak boʻlsin! Sizni bugungi qutlug‘ kunda samimiy tabriklab, eng ezgu tilaklarimizni yo‘llaymiz! Sizning mehnatkashligingiz, mehribonligingiz va bilimga bo‘lgan yuksak e’tiboringiz institutimiz hayotida muhim o‘rin tutadi.

🎉Sizga mustahkam sog‘liq, cheksiz baxt va ish faoliyatingizda yanada yuksak marralarni zabt etishni tilaymiz. Har bir kuningiz ilhomga to‘lib, hayotingizda faqat yaxshiliklar sodir bo‘lsin! Yangi yoshingiz sizga muvaffaqiyat va quvonch olib kelsin!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🎉10👍2