GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“WORLD EDU 2025” xalqaro ta’lim forumi doirasida yangi hamkorlik yo‘lga qo‘yildi.


😀 Samarqand shahrida o‘tayotgan “WORLD EDU 2025” xalqaro ko‘rgazmasi doirasida Guliston davlat pedagogika instituti vakillari kimyo fanini zamonaviy texnologiyalar yordamida o‘qitish bo‘yicha ilg‘or tajribalar bilan yaqindan tanishishdi.

🔬 Jumladan, kimyo fanini interaktiv multimedia vositalari hamda virtual reallik asosida o‘rgatuvchi innovatsion dasturlar taqdimoti bilan tanishildi. Mazkur yo‘nalishda istiqbolli hamkorlikni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.

✔️ Forum o‘z yakuniga yetdi. Unda erishilgan kelishuvlar va yo‘lga qo‘yilgan hamkorlik aloqalari ta’lim sohasida yangi imkoniyatlarni ochmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥6👍4🏆1
🏆Faxrli natija: talabamiz O‘zbekiston chempionatida g‘oliblikni qo‘lga kiritdi!
🗣2025-yil 8–13-aprel kunlari Andijon shahrida o‘tkazilgan qo‘l jangi sport turi bo‘yicha O‘zbekiston chempionatida Guliston davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabasi Yuldashev T. 67 kg vazn toifasida ishtirok etib, faxrli I-o‘rinni egalladi.

🔥 Yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tgan nufuzli musobaqada talabaning bunday yutuqqa erishgani — institutda jismoniy tarbiya va sport sohasiga berilayotgan e’tibor natijasidir.

🏆 Institut jamoasi nomidan talabamizni samimiy muborakbod etamiz va kelgusi musobaqalarda ham omad tilaymiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏15🏆5👍41
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
➡️Guliston davlat pedagogika instituti Yoshlar ittifoqi Boshlang‘ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan talabalik hayotining mazmun-mohiyati, yoshlarning ta’lim jarayonidagi ishtiroki va ijtimoiy faolligini aks ettiruvchi videolavha tayyorlandi.

☑️Mazkur loyiha orqali talabalarning huquq va burchlari, ta’lim jarayoniga mas’uliyati, shuningdek, o‘z kelajagiga ongli yondashuvi targ‘ib qilinmoqda.

Huquq – erkinliklarga yo‘l ochadi, burch esa uni asrashga xizmat qiladi.
Talaba uchun esa barcha imkoniyatlar — o‘z qo‘lida.


💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍72🏆2🔥1👏1
#kun_hikmati

➡️Tarbiya uch qismdan iborat: badan tarbiyasi, aqliy tarbiya va axloq tarbiyasi.


©️ Abdurauf Fitrat (1886-1938)

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏211🏆1
🔹“Ma’rifat soati” darslari davom etmoqda


🗣Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning ma’naviy-ma’rifiy savodxonligini oshirish, ularni ijtimoiy hayotga faol jalb etish maqsadida “Ma’rifat soati” darslari uzluksiz ravishda tashkil etib kelinmoqda.

◀️Navbatdagi dars mashg‘uloti Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori E.Nasrullayev tomonidan olib borildi. Dars davomida yoshlarga bugungi kunda yaratilayotgan keng imkoniyatlar, ularni to‘g‘ri baholash va samarali foydalanish zarurligi haqida so‘z yuritildi. Shuningdek, talabalar bilan ochiq muloqot tashkil etilib, ularni qiziqtirgan savollarga javoblar berildi.

Ushbu darslar orqali talabalarda ijtimoiy faollik, fikrlash kengligi va intellektual salohiyatni mustahkamlashga alohida e’tibor qaratilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏1🏆1
🗣 2025-yil 13-aprel kuni O‘zbekiston davlat konservatoriyasida bo‘lib o‘tgan “AD LIBITUM” Xalqaro ko‘rik-tanlovida Guliston davlat pedagogika instituti “Musiqa ta’limi” yo‘nalishi talabalari munosib ishtirok etib, yuksak natijalarga erishdilar.

☄️Xor ijrochiligi yo‘nalishida institut jamoasi o‘zining badiiy saviyasi yuqori chiqishlari bilan “Grand Pri” mukofotiga loyiq deb topildi.

🏆Vokal ijrochiligi yo‘nalishida esa talabalardan:
S. Eshmurodova, N. Abduvahobova, N. A’zamova – faxrli II o‘rinni,
G. Raxmatova esa – III o‘rinni egalladi.


🎼 Tanlov davomida yosh iste’dod egalari milliy kuy-qo‘shiqlar hamda zamonaviy asarlarni mahorat bilan ijro etib, hakamlar hay’ati va tomoshabinlar tomonidan katta e’tirofga sazovor bo‘lishdi.

➡️Mazkur muvaffaqiyat – nafaqat talabalarning ijodiy salohiyati, balki ularni tayyorlagan ustozlarning mehnati va institutda yaratilgan ijodiy muhit samarasi bo‘lib, ta’lim muassasamizda musiqiy ta’limning yuksak saviyada olib borilayotganini yaqqol namoyon etdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥7🏆63👏2😍1
🔈 Pivot-RP bo‘yicha seminar-trening oʻtkaziladi.


🗣Guliston davlat pedagogika institutida xalqaro ilmiy ma’lumotlar bazalaridan foydalanish, ariza topshirish jarayonlari va innovatsion tadqiqotlarni qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha respublika mutaxassislari tomonidan seminar-trening tashkil etiladi.

Seminarda ilmiy tadqiqotchilar, doktorantlar, magistrant va talabalar ishtirok etishlari mumkin.

📆 Sana: 2025-yil 15-aprel
🕥 Soat: 11:30
📍 Joy: Faollar zali

🔄Barchani ushbu muhim va foydali uchrashuvda faol ishtirok etishga taklif qilamiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍81👌1