GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.9K photos
1.46K videos
50 files
4.42K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va talaba-yoshlar dars jarayonlarida milliy liboslarda ishtirok etib, o‘zbek xalqining boy tarixiy merosi va qadriyatlarini targ‘ib etishga munosib hissa qo‘shmoqdalar.


🇺🇿 Milliy liboslar xalqimizning urf-odatlari, an’analari va estetik qarashlarini mujassam etgan bo‘lib, ularni ta’lim jarayonlariga uyg‘unlashtirish orqali yoshlarda milliy g‘urur va o‘zlikni anglash tuyg‘usi yanada mustahkamlanmoqda.

💠Guliston davlat pedagogika instituti jamoasi bu orqali milliy qadriyatlarimizni asrash va yosh avlodga yetkazish yo‘lida faol harakat qilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
➡️Texnologik taʼlim yo‘nalishi talabalari uchun tashkil etilgan dars jarayonlari zamonaviy yondashuv asosida olib borilmoqda. O‘quv mashg‘ulotlarida talabalar o‘z kasbiy mahoratini oshirish, yaratuvchanlik va ijodkorlikni rivojlantirishga qaratilgan amaliy topshiriqlar ustida ishlashmoqda.

🛠 Darslarda nazariy bilimlar bilan bir qatorda, turli texnologik asbob-uskunalardan foydalanish, loyihalar tayyorlash va pedagogik yondashuvlarni chuqur o‘zlashtirishga katta e’tibor qaratilmoqda.

Mazmunli va sifatli ta’lim – kelajakda yetuk mutaxassislar yetishib chiqishining kafolati!

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥4👍2❤‍🔥1
Forwarded from Edu.uz
#muhandislik_tanlovi

Muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirish yakunlandi!

⏺️“Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkazilayotgan tanlovda ishtirok etish uchun jami 1263 ta ariza kelib tushdi.

❗️ Eslatib o‘tamiz, tanlov quyidagi 3 ta bosqichda o‘tkaziladi:
- texnik eskpertiza – aprel;
- saralash – may;
- yakuniy – iyun.

Yakuniy bosqichda g‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin: elektromobil (9 ta);
🥈2-o‘rin: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin: pul mukofotlari.

📋 Tanlov ishtirokchilari o‘z arizalarining holati bo‘yicha muhandis.edu.uz sayti orqali ma’lumotga ega bo‘lishi mumkin.

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 55-520-08-08 (357), 90-065-05-09.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👌1
✔️ 2025-yil 11-12-aprel kunlari Samarqand shahridagi “SOF EXPO Samarqand” xalqaro ko‘rgazmalar markazida “WORLD EDU 2025” xalqaro ta’lim ko‘rgazmasi bo‘lib o‘tmoqda.


Mazkur nufuzli tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti vakillari ham faol ishtirok etmoqda. Ko‘rgazma davomida ta’lim sohasidagi ilg‘or tajribalar, innovatsion yondashuvlar, o‘quv-uslubiy materiallar bilan tanishilmoqda hamda xorijiy hamkorlar bilan muloqotlar yo‘lga qo‘yilmoqda.

🤝 Institutning xalqaro aloqalari tobora kengayib, xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda yangi loyihalar, tajriba almashish va ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish imkoniyatlari kengaymoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍61🔥1👏1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Guliston davlat pedagogika institutida ingliz tili fani bo‘yicha malakali professor-o‘qituvchilar tomonidan maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.


🔺 Tadbirda Toshkentdagi Adju universiteti professori Arshad hamda Guliston davlat pedagogika instituti professor-o‘qituvchisi Xilola Mamatova ishtirok etib, zamonaviy ta’lim metodikasi, innovatsion yondashuvlar va ingliz tilini o‘qitish jarayonidagi ilg‘or tajribalar yuzasidan amaliy tavsiyalar berdilar.

🖥 Seminar-trening Zoom platformasi orqali onlayn hamda institutda oflayn tarzda olib borildi. Yaqin hududlardagi maktab o‘qituvchilari bevosita institutga tashrif buyurgan bo‘lsa, uzoq masofadagi pedagoglar onlayn shaklda ishtirok etdilar.

Ushbu mashg‘ulot orqali ishtirokchilarga dars jarayonini samarali tashkil etish, o‘quvchilarda til ko‘nikmalarini shakllantirish bo‘yicha foydali ko‘nikmalar va tajribalar yetkazildi.

Bunday treninglar o‘qituvchilarda ijobiy taassurot qoldirib, ularning bilim va ko‘nikmalarini oshirishga xizmat qilmoqda. Natijada ushbu tajribalar umumta’lim maktablarida dars jarayoniga tatbiq etilmoqda va o‘quvchilar bilim olishida ham samarali natijalar ko‘rsatmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
4👍2🔥1
➡️“Milliy qadriyatlar va ularning millat ma’naviyatidagi o‘rni”


⭐️Har bir xalqning madaniyati o‘ziga xos bo‘lib, tili, urf-odatlari, turmush tarzi, o‘yinlarida namoyon bo‘ladi. Maʼnaviy qadriyatlar, meʼyorlar, yutuqlarning davomiyligini saqlash juda muhim, chunki bu meros xalqning millat sifatida yashashining zaruriy shartidir.

Shu boisdan joriy yilning 11-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida “Sport va milliy oʻyinlar festivali” doirasida kurash, yogʻoch oʻyinlari, tuyakashlar va boshqa anʼanaviy sport turlari boʻyicha musobaqalar tashkil etildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5👌1
🗣2025-yil 10-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi professori, filologiya fanlari doktori Elmurod Jumaboyevich Nasrullayev tomonidan Guliston shahar Ichki ishlar bo‘limi jamoasiga “Abdulla Qodiriy – o‘zbek romanchiligining asoschisi” mavzusida ma’rifiy soat tashkil etildi.

📚 Ma’ruzada adibning o‘zbek adabiyoti va ma’naviy hayotidagi o‘rni, tarixiy roman janridagi yondashuvlari, shaxsiy hayoti va ijodiy merosiga doir qiziqarli ma’lumotlar taqdim etildi. Tadbir ishtirokchilari buyuk yozuvchining boy adabiy merosi bilan yaqindan tanishish, uni chuqur o‘rganish va yoshlarga yetkazish muhimligini ta’kidlashdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍8👌1
🗣Guliston davlat pedagogika instituti Xorijiy tillar kafedrasi professor-o‘qituvchilari O.Utapova va B.Turdikulovalar tomonidan umumta’lim maktablarining ingliz tili fani o‘qituvchilari uchun navbatdagi seminar-trening mashg‘uloti tashkil etildi.

Ushbu amaliy uchrashuv maktab va oliy ta’lim muassasasi o‘rtasidagi samarali hamkorlikni mustahkamlash, shuningdek, o‘qituvchilarning kasbiy salohiyatini oshirishda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3❤‍🔥1👌1
🗣Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Nurmamatova Mohinur tomonidan milliylikni ommalashtirish va kitobxonlikka kuchli jalb qilish borasida   ishlar olib borilmoqda.

➡️Mazkur ishlar doirasida magistrant tomonidan Sirdaryo viloyati, Boyovut tumani 55-umumta’lim maktabida 3 sinflar o'rtasida milliylikni oshirish va  ilmiy tadqiqot doirasida  “Booktreller texnologiyasi asosida boshlang'ich sinflarga tarbiya  fanini oʻqitish metodikasi”  dars mashg'ulotlari olib borildi.

↪️Tadbir davomida o‘quvchilarga milliy vatanparvarlik va kitobga boʻlgan mehrni kuchaytirish kitobxon shijoati  haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar faol ishtirok etgan ushbu dars jarayoni ilmiy-amaliy jihatdan ham samarali bo‘ldi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram       Instagram
Youtube         Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥8👏6👍322🤩1