GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣Guliston davlat pedagogika instituti talabalari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida mazmunli tashrif tashkil etildi. Tyutor S.Saparova va institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, katta leytenant N.Omonova boshchiligida talaba-yoshlar Sirdaryo viloyati IIB muzeyiga tashrif buyurishdi.

🔴 Sayohat davomida talabalar Sirdaryo viloyatining huquq-tartibot sohasidagi tarixiga oid eksponatlar, ichki ishlar xodimlari xizmat davomida foydalanadigan buyumlar, xizmat liboslari, shuningdek xodimlar uchun tashkil etilgan zamonaviy kutubxona bilan yaqindan tanishishdi.

📌 Tashrif chog‘ida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Bunday tadbirlar talabalarning bilim doirasini kengaytirish, Vatanga sadoqat va qonuniylik tamoyillariga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍32
Forwarded from Edu.uz
#eslatma

Bugun muhandislik sohasida e’lon qilingan tanlovga ariza topshirishning so'nggi kuni!

⏺️Eslatib o‘tamiz, tanlov “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida o‘tkaziladi.

G‘oliblar quyidagicha taqdirlanadi:

🥇1-o‘rin egalariga: elektromobil (9 ta):
🥈2-o‘rin uchun: xorijiy davlatlarga stajirovka yo‘llanmasi;
🥉3-o‘rin uchun: pul mukofotlari.

🗓 Tanlovga arizalarni yuborish va uni tahrirlash joriy yilning bugun soat 23:59 qadar muhandis.edu.uz veb-sayti orqali amalga oshiriladi.

📋 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 555200808 (357), 900650509.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👌2
🔥“Ilhom” mukofoti tanlovi institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.


🗣2025-yil 10-aprel kuni Guliston davlat pedagogika institutida Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan e’lon qilingan “Ilhom” mukofoti tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Tanlov doirasida ishtirokchilar shoir va yozuvchilarning hayoti hamda ijodiga oid bilimlarini test sinovi orqali sinovdan o‘tkazishdi. Adabiyotga, ijodga qiziqishi baland bo‘lgan talabalar o‘z bilim va salohiyatlarini namoyon qilishdi.

➡️ Mazkur tanlov ijodkor yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularning izlanishlariga rag‘bat uyg‘otish hamda ijodiy faoliyatini yangi bosqichga olib chiqishda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥4
Forwarded from Edu.uz
⚡️Ovozli chat

2025-yil 11-aprel kuni soat
11:00 da Ilmiy darajali kadrlarni tayyorlash Telegram kanalida izlanuvchilar faoliyati samaradorligining monitoringini tashkil etish bo‘yicha ovozli chat bo‘lib o‘tadi.

Mavzu yuzasidan barcha savollaringizga ushbu efirda jonli ravishda Innovatsion rivojlanish agentligi mutaxassislaridan javob olishingiz mumkin.

🎙 Jonli efirga qo‘shilish

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌2
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#innovatsion_texnologiyalar_festivali

Mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali bo‘lib o‘tadi


Mudofaa vazirligi tomonidan bir qator vazirlik va idoralar bilan hamkorlikda joriy yil 29-, 30- va 31-may kunlari poytaxtimizdagi “Gʻalaba bog‘i” yodgorlik majmuasida mudofaa sohasida innovatsion texnologiyalar festivali tashkil etiladi.

Festivalda mudofaa sanoatini rivojlantirishga xizmat qiluvchi zamonaviy texnologiyalar, metallurgiya, kimyo sanoati va tekstil yo‘nalishlarida ikki maqsadga mo‘ljallangan mahsulotlar ishlab chiqaruvchi zavod, korxona hamda tashkilotlar o‘zlarining eng so‘nggi yutuqlari va ishlanmalari bilan ishtirok etadi.

Shuningdek, festival doirasida ishtirokchilar o‘rtasida robototexnika, modellashtirish texnologiyalari kabi musobaqa va tanlovlar o‘tkaziladi.

Barchani mazmunli va ilhomlantiruvchi ushbu festivalga taklif etamiz!

📌Batafsil ma’lumot:
(71) 212-71-79, (90) 908-06-97.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍2
#kun_hikmati

➡️Ilm deb o‘qimoq va yozmoqni yaxshi bilmoq, har bir kerakli narsalarni o‘rganmoqqa aytiladi. Ilm — dunyoning izzati, oxiratning sharofati. Ilm inson uchun g‘oyat oliy va muqaddas bir fazilatdir.


©️ Abdulla Avloniy (1878-1934)

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍71
✔️ Guliston davlat pedagogika institutida sportchi talabalar uchun dars mashgʻulotlari belgilangan o‘quv reja asosida, zamonaviy yondashuvlar va innovatsion metodikalar asosida olib borilmoqda.

🏀 Nazariy bilimlar bilan bir qatorda, talabalar amaliy mashgʻulotlar davomida sportning turli yoʻnalishlari boʻyicha zarur ko‘nikma va malakalarni egallab borishmoqda. Darslar tajribali professor-o‘qituvchilar tomonidan interaktiv usullar asosida o‘tilmoqda.

Shuningdek, talabalarning jismoniy tayyorgarligini oshirish, sog‘lom turmush tarziga yo‘naltirish va sport sohasida yuqori natijalarga erishishlari uchun barcha zarur sharoitlar yaratilgan.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍6
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

Hurmatli Kurbanov Eldar Ermamatovich!

🎁Sizni ushbu quvonchli kunda samimiy qutlab, sihat-salomatlik, baxt va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Guliston davlat pedagogika institutidagi faoliyatingiz, mas’uliyat va tashabbuskorlik bilan amalga oshirayotgan mehnatingiz institut rivojiga katta hissa qo‘shmoqda.

🎉Sizga mustahkam sog‘lik, ishlaringizga rivoj va xonadoningizga tinchlik tilaymiz! Institut hayotidagi fidokorona xizmatlaringiz doimo yuksak e’tirofga loyiq. Yangi yoshingiz omad va muvaffaqiyatlarga boy bo‘lsin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍9🎉1