GulDPI. uz | Rasmiy
33.3K subscribers
11.1K photos
1.24K videos
49 files
3.81K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
📥Guliston davlat pedagogika institutida kimyo, biologiya, fizika fanlarini o‘qitish zamonaviy yondashuv asosida olib borilmoqda. Institutning maxsus laboratoriyalari barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar o‘z bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqurlashtirmoqda.

🎩 Dars jarayonlarining yana bir o‘ziga xos jihati — milliy liboslarda ishtirok etayotgan talaba va ustozlarning o‘quv muhitiga milliy ruh va madaniyatni singdirayotganidir.

Institutda ta’lim jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda kelajakda sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lishiga munosib tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi, milliy qadriyatlarga hurmat — bularning barchasi institutning uzviy va doimiy tamoyillaridan hisoblanadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Guliston davlat pedagogika institutida professor-o‘qituvchilar va xodimlar o‘rtasida an’anaviy tarzda o‘tkazilayotgan mini-futbol bo‘yicha “Rektor kubogi” musobaqalari davom etmoqda.

🎯Guruh bosqichi yakunlariga ko‘ra, Tabiiy fanlar fakulteti, Oʻquv-uslubiy boshqarma, Ijtimoiy fanlar fakulteti va Hisobxona boʻlimi jamoalari yuqori o‘rinlarni egallab, yarim final yo‘llanmasini qo‘lga kiritishdi.

🤝 Musobaqalar jarayoni institut jamoalari o‘rtasida sog‘lom raqobat va do‘stona muhitda o‘tmoqda. Har bir uchrashuv ishtirokchilarda sportga bo‘lgan mehrni oshirib, jismoniy faollikni rag‘batlantirmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🗣Guliston davlat pedagogika instituti talabalari uchun navbatdagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirlar doirasida mazmunli tashrif tashkil etildi. Tyutor S.Saparova va institutning Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha inspektori, katta leytenant N.Omonova boshchiligida talaba-yoshlar Sirdaryo viloyati IIB muzeyiga tashrif buyurishdi.

🔴 Sayohat davomida talabalar Sirdaryo viloyatining huquq-tartibot sohasidagi tarixiga oid eksponatlar, ichki ishlar xodimlari xizmat davomida foydalanadigan buyumlar, xizmat liboslari, shuningdek xodimlar uchun tashkil etilgan zamonaviy kutubxona bilan yaqindan tanishishdi.

📌 Tashrif chog‘ida talabalar o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi. Bunday tadbirlar talabalarning bilim doirasini kengaytirish, Vatanga sadoqat va qonuniylik tamoyillariga hurmat ruhida tarbiyalashda muhim ahamiyat kasb etadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM