📥Guliston davlat pedagogika institutida kimyo, biologiya, fizika fanlarini o‘qitish zamonaviy yondashuv asosida olib borilmoqda. Institutning maxsus laboratoriyalari barcha zaruriy jihozlar bilan ta’minlangan bo‘lib, talabalar o‘z bilimlarini amaliy mashg‘ulotlar orqali chuqurlashtirmoqda.
🎩 Dars jarayonlarining yana bir o‘ziga xos jihati —
milliy liboslarda ishtirok etayotgan talaba va ustozlarning o‘quv muhitiga milliy ruh va madaniyatni singdirayotganidir.
✅ Institutda ta’lim jarayonlari yuqori saviyada tashkil etilgan bo‘lib, bu yerda kelajakda sohasining yetuk mutaxassislari bo‘lishiga munosib tayyorgarlik ko‘rilmoqda. Ilm-fan va amaliyot uyg‘unligi, milliy qadriyatlarga hurmat — bularning barchasi institutning uzviy va doimiy tamoyillaridan hisoblanadi.
💬Bizning sahifalarimiz:✅Telegram ✅Instagram ✅Youtube ✅Facebook