GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.44K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
⭐️ Buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavallud kuni munosabati bilan tadbir tashkil etildi.


🗣Sirdaryo viloyati bojxona boshqarmasida buyuk davlat arbobi, sarkarda, bunyodkor va adolatparvar hukmdor Amir Temur tavalludining 689 yilligiga bag‘ishlab “Amir Temur davlati va uning dunyo tarixida tutgan o‘rni” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbiri o‘tkazildi.

✔️ Tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti katta o‘qituvchisi Yo‘ldosh Karimov ishtirok etib, taniqli davlat arbobi va sarkarda Amir Temurning jahon tarixida turgan o‘rni va roli, davlat boshqaruvi, harbiy san’ati, diplomatiyasi, me’morchiligi, madaniy va ma’naviy merosi, buyuk bobokalonimiz hayoti va faoliyati bo‘yicha ma’lumotlar bojxona xodimlariga yetkazildi.

Shuningdek, tadbir davomida viloyat Axborot-kutubxonasi mas’ullari tomonidan buyuk sarkarda Amir Temurning hayotiga doir ijodiy-ma’rifiy viktorina o‘tkazilib, viktorina savollariga to‘g‘ri javob bergan bojxona xodimlari badiiy kitoblar bilan taqdirlandi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏1
Forwarded from Edu.uz
9-aprel – Amir Temur tavallud topganiga 689 yil toʻldi

Amir Temur ibn amir Taragʻay 1336-yil 9-aprelda Keshning Xoʻjailgʻor qishlogʻida dunyoga kelgan.

Adolat va ulugʻvorlik timsoli bo‘lgan sohibqiron tavalludining 689 yilligi yurtimizda, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari va kasbiy va o'rta maxsus taʼlim dargohlarida ham keng nishonlanmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3❤‍🔥2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
‼️Ey talaba!
Agar sen ham har tongda “darsga kech qolmay” deb yugurayotgan bo‘lsang, bilki, kimdir senga ishonib, orzu qilib, umid qilib yashayapti.
Sen shunchaki talaba emassan — sen bir orzuning ro‘yobi, bir fidokor otaning quvonchi, bir mehribon onaning najotisan!

🔊Bugun sizga yaratilayotgan imkoniyatlar, o‘qish, rivojlanish, orzu qilish erkinligi – bularning ortida ota-onangizning mashaqqatli mehnati, yelkadagi og‘ir mas’uliyati turibdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍13👏4💯42🔥2🥰1
#fleshmob #Amir_Temur

🟡 Guliston davlat pedagogika institutida buyuk sarkarda Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan professor-oʻqituvchilar va talaba-yoshlar ishtirokida vatanparvarlik ruhidagi fleshmob tashkil etildi.

Mazkur tadbir yoshlar o‘rtasida Amir Temurning boy merosini keng targ‘ib qilish, ularning qalbida tarixiy faxr, g‘urur va vatanparvarlik tuyg‘ularini mustahkamlash maqsadida o‘tkazildi.

⭐️ Amir Temur – buyuk sarkarda, dono davlat arbobi sifatida jahon tarixida chuqur iz qoldirgan shaxsdir. Uning adolatli boshqaruv tizimi, ilm-fanga, san’atga bo‘lgan e’tibori bugungi yoshlarga ibrat bo‘lib xizmat qilmoqda.

🔅Guliston davlat pedagogika instituti ma’naviy-ma’rifiy targ‘ibot tadbirlarini izchil davom ettiradi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍52❤‍🔥1🔥1👏1
➡️Bir kalima shirin soʻz qilichni qiniga kiritadi.

— Amir Temur

🗣Joriy yilning 9-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti Tabiiy fanlar fakulteti talabalari ishtirokida buyuk sarkarda va davlat arbobi Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan davra suhbati tashkil etildi.

💻 Tadbir davomida Sohibqironning hayoti, siyosiy va harbiy faoliyati, ilm-fan va madaniyat rivojiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida talabalar oʻzaro fikr almashdilar.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👌4
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#GulDPI #Yoshlarittifoqi #Koordinatorlar

9-aprel – Amir Temur tavallud topganiga 689 yilligiga bag'ishlanadi.

Adolat va ulugʻvorlik timsoli bo‘lgan sohibqiron tavalludining 689 yilligi yurtimizda, shu jumladan oliy taʼlim muassasalari va kasbiy va o'rta maxsus taʼlim dargohlarida ham keng nishonlanmoqda



🔰
Bizning sahifamiz:
Telagram Instagram
4👍2🔥2💯1
🗣Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika yo‘nalishi 1-bosqich magistranti Ulug‘ova Charos tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 31-maydagi PQ–171-sonli “Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim o‘zgarishi vazirligi faoliyatini samarali tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori ijrosi doirasida ilmiy tadqiqot ishlari olib borilmoqda.

Mazkur ishlar doirasida magistrant tomonidan Sirdaryo viloyati, Sardoba tumani 13-umumta’lim maktabida ekologik tarbiyaga oid amaliy mashg‘ulotlar tashkil etildi.

↪️Tadbir davomida o‘quvchilarga ekologik madaniyat, atrof-muhit muhofazasi va iqlim o‘zgarishlarining inson hayotiga ta’siri haqida tushunchalar berildi. O‘quvchilar faol ishtirok etgan ushbu dars jarayoni ilmiy-amaliy jihatdan ham samarali bo‘ldi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👏18👍3🔥3🎉32🤩1