GulDPI. uz | Rasmiy
4.57K subscribers
12.8K photos
1.45K videos
50 files
4.41K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🔹Guliston davlat pedagogika institutida “Registrator ofisi” faoliyati o‘rganildi.


🗣2025-yil 7-aprel kuni Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi huzuridagi Oliy ta’limni rivojlantirish tadqiqotlari markazi boshqarma boshlig’i va mutaxassislaridan iborat ishchi guruh Guliston davlat pedagogika institutida tashkil etilgan “Registrator ofisi” faoliyati bilan tanishdi.

O‘rganish jarayonida ishchi guruh a’zolari tomonidan ofis uchun yaratilgan shart-sharoitlar, mavjud funksional vazifalar, taqdim etilayotgan xizmatlar sifati, moddiy-texnik ta’minot hamda xodimlarning kasbiy salohiyati atroflicha ko‘zdan kechirildi.

🤝 Tashrif yakunida “Registrator ofisi” faoliyatini yanada takomillashtirish, talaba va ustozlarga ko‘rsatilayotgan xizmatlar sifatini oshirish bo‘yicha zarur tavsiyalar va takliflar berildi.

🟡
Guliston davlat pedagogika instituti tomonidan ishga tushirilgan @registrator_ofis_gspi_bot telegram boti orqali talabalar HEMIS tizimi va akademik faoliyatga oid 30 dan ortiq mavzuda yozma va video yo‘riqnomalar orqali ma’lumot olishlari mumkin. Mazkur bot yordamida siz institut ma’muriyatiga bevosita murojaat qilmasdan, o‘zingizni qiziqtirgan savollarga tez va qulay tarzda javob olishingiz, vaqtingizni tejashingiz mumkin.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍3👏21
🗣2025-yil 7-aprel kuni Guliston davlat pedagogika instituti o‘qituvchisi E.A.Xamzaqulov tomonidan Mirzaobod tumanidagi 11-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabiga tashrif amalga oshirildi.

Tashrif doirasida 11-sinf o‘quvchilari bilan samimiy suhbat tashkil etilib, ularga oliy ta’lim tizimi, kasb tanlash, abituriyentlik jarayonlari haqida zaruriy ma’lumotlar berildi.

📊 Shuningdek, 11-sinf o‘quvchilari bilimini baholash maqsadida Davlat test markazi namunalariga asoslangan test sinovlari o‘tkazildi. Bu esa o‘quvchilarning tayyorgarlik holatini aniqlash va kelgusi rejalari bo‘yicha yo‘naltirishga xizmat qildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏2
🇺🇿Biz - sohibqiron Amir Temur avlodlarimiz!


🗣Guliston davlat pedagogika institutida bugun “Qalqon” jamoatchilik guruhi aʼzolari oʻrtasida harbiy-vatanparvarlik musobaqalari boʻlib oʻtdi. “Biz - sohibqiron Amir Temur avlodlarimiz” shiori ostida oʻtkazilgan musobaqalarda ishtirokchilar tosh koʻtarish, turnikda tortilish, arqon tortish va toʻsiqlar orasida harakatlanish boʻyicha oʻz kuchlarini sinab koʻrdilar.

🔺Tadbir davomida ishtirokchilar nafaqat jismoniy tayyorgarliklarini, balki jamoa bilan ishlash, bir-birlarini qoʻllab-quvvatlash kabi muhim koʻnikmalarni ham namoyish etdilar.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥31👍1😍1
🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Balli qizlar” koʻrik-tanlovi bo'lib oʻtdi.


➡️Joriy yilning 5-aprel kuni institutda Maktabgacha taʼlim yo'nalishi talabalari oʻrtasida “Balli qizlar” koʻrik-tanlovi boʻlib oʻtdi. Tadbirda qizlar oʻzlarining iqtidori, zukkoligi va kreativligini namoyish etishdi.

☑️Tanlov quyidagi shartlar asosida oʻkazildi:
1. Guruhni tanishtirish:
Ishtirokchilar oʻz guruhlarini kreativ tarzda taqdim etdilar.
2. Erkin mavzu: Qizlar oʻzlari tanlagan mavzularda chiqishlar qilishdi.
3. Sahna koʻrinishi: Qiziqarli sahna koʻrinishlari va lavhalar namoyish etildi.
4. Bahoriy salat: Ishtirokchilar oʻzlarining oshpazlik mahoratini namoyish etib, bahoriy salatlar tayyorladilar.


🎙Tadbir soʻngida faol ishtirok etgan qizlar faxriy yorliq va esdalik sovgʻalari bilan taqdirlandilar.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👏4💯1
Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan “Savodxonlik” bayrami oʻtkazildi.


🗣Guliston davlat pedagogika instituti Boshlangʻich taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan “Savodxonlik” bayrami koʻtarinki ruhda tashkil etildi. Ushbu tadbirda Maktabgacha va Boshlangʻich taʼlim kafedrasi professor-oʻqituvchilari ham ishtirok etishdi.

➡️Bayramning asosiy maqsadi boʻlajak boshlangʻich sinf oʻqituvchilarining ota-onalar va oʻquvchilar bilan hamkorlikda ishlash koʻnikmalarini rivojlantirish, shuningdek, talabalarning olgan bilimlarini amaliyotda qoʻllash qobiliyatlarini sinovdan oʻtkazishdan iborat boʻldi.

Tadbir davomida talabalar tomonidan tayyorlangan qiziqarli chiqishlar, sahna koʻrinishlari barcha ishtirokchilarga ajoyib kayfiyat ulashdi. “Savodxonlik” bayrami boʻlgʻusi oʻqituvchilar uchun oʻzaro tajriba almashish va kasbiy mahoratini oshirish uchun qulay imkoniyat yaratdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
Telegram Instagram
Youtube Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
❤‍🔥176👏3🎉2👍1🏆1
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Sirdaryo Milliy fashion show: “Milliy libos-millat ko'zgusi”.

Yoshlar o‘rtasida milliy liboslarimizni keng targ‘ib qilish, yosh dizaynerlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida Guliston shahridagi Tadbirkorlar va hunarmandlar markazida "Milliy libos-millat ko'zgusi" festivali doirasida “Milliy Fashion Show” - "Milliy liboslar namoyishi" bo‘lib o‘tdi.

Sirdaryo viloyati hokimligi, Oila va xotin-qizlar qo'mitasi, O‘zbekiston yoshlar ittifoqi viloyat Kengashi hamkorligida tashkil etilgan tadbir milliy merosimizga bo‘lgan e’tiborning yana bir yorqin namunasiga aylandi.


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | Facebook
👍7👏1
Forwarded from Yoshlar.edu.uz
🟥🟥🟥🟩🟩🟩

🗣Viktorinada qatnashib, smartwatch, quloqchin, airpods va kitoblar to‘plamini yutib oling!

🏛 Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan Amir Temur tavalludining 689 yilligi munosabati bilan “Amir Temur” onlayn viktorinasiga start berildi!

💠 Viktorinada qatnashish uchun ishtirokchilar @bilimtanlovbot manzili orqali belgilangan tartibda ro‘yxatdan o‘tishlari va tanlov targibotini amalga oshirishlari kerak. Tanlovda barcha O‘zbekiston Respublikasi fuqarolari ishtirok etishi mumkin.

📌 Tanlov nizomini o‘qish

G‘oliblar qimmatbaho sovg‘alar va kitoblar to‘plami bilan taqdirlanadi:

♦️1 nafar 1-o‘rin – Smartwatch + Quloqchin + Airpods;
♦️2 nafar 2-o‘rin – Smartwatch + Airpods;
♦️3 nafar 3-o‘rin – Quloqchin;
🔹Test boyicha g‘olib bo‘lganlar kitoblar to‘plami bilan ham taqdirlanadi.
🎁Tanlov doirasida syurpriz sovg‘alar ham mavjud.

🔖 Tanlovda qatnashgan barcha ishtirokchilar sertifikat bilan taqdirlanadi.
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍5
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#muhandislik_oyligi
#yoshlar_akademiyasi

"Muhandislik oyligi"ga rasman start berildi.


Muhandislik – bu faqatgina texnologiyalar va qurilishdan iborat emas. Bu, avvalo, insoniyatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga xizmat qiladigan yangi imkoniyatlar, innovatsiyalar va yechimlarni yaratishdir.

Bugungi kunda, dunyo bo‘yicha muvaffaqiyatli davlatlar va ilg‘or kompaniyalar eng avvalo muhandislik va texnologiyalarni rivojlantirishga katta e'tibor qaratmoqda. Muhandislik sohasida bilim olgan yoshlarga ehtiyoj har qachongidan ham katta.

Muhandislik – bu jamiyatni rivojlantirish, yangi mahsulotlar va xizmatlarni yaratish, tabiiy resurslarni samarali ishlatish, ekologik masalalarni hal etish va odamlarning hayot sifatini oshirish kabi masalalar bilan bevosita bog‘liq sohadir.

Muhandislar safiga qo‘shiling va o‘z kelajagingiz me’moriga aylaning!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1