🖼Qadriyatlaring boqiy boʻlsin, Navroʻz!☀️Tabiat yashnab, olam yangilanayotgan damda
Guliston davlat pedagogika institutida ham bahoriy kayfiyat, milliy qadriyatlar va bayram shukuhi hukm surmoqda Navroʻz shodiyonalari boshlanmoqda! Bahorning beg‘ubor nafasi bilan birga institutimizda milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz yana bir bor namoyon bo‘layotgani barchaga zavq bag‘ishlamoqda.
🌸Navro‘z ayyomi yaqinlashar ekan, institutimiz hududida ham bayramona ko‘tarinkilik, go‘zallik va joziba sezilmoqda. Talabalar tomonidan milliy an’analarga oid turli tadbirlar tashkil etilib, do‘stlik va hamjihatlik muhitini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
☀️Guliston davlat pedagogika institutida bahorning yangilanish ruhi, ezgulik va mehr-muhabbat aks etgan ushbu kunlar barchaga cheksiz quvonch ulashmoqda! Bayram kayfiyatini birga his qilamiz!💬Bizning sahifalarimiz:🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Youtube 🔹Facebook