🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida tashkil etildi.
🔺Uchrashuvda Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik
Sh.F.Pardayev, kadrlar bo‘limi boshlig‘i mayor
A.Bekmuradov, bo‘lim boshlig‘i
F.U.Eshqulov hamda bo‘lim boshlig‘i kapitan
J.Ravshanov ishtirok etib, yoshlarga huquqiy tushunchalar berishdi.
✅Mutaxassislar yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari hamda oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berib, talabalarga o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilish lozimligini ta’kidlashdi.
💬Bizning sahifalarimiz:🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Youtube 🔹Facebook