GulDPI. uz | Rasmiy
4.55K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.57K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣Guliston davlat pedagogika institutida “Yoshlar o‘rtasida sodir etilayotgan jinoyatlar, ularning kelib chiqish sabablari hamda oldini olish chora-tadbirlari” mavzusida profilaktik uchrashuv tashkil etildi. Mazkur tadbir talabalarning huquqiy bilimlarini oshirish, huquqbuzarliklar va jinoyatlarning oldini olish, yoshlar o‘rtasida kiberjinoyatlar, giyohvandlik vositalari va psixotrop moddalarning tarqalishiga qarshi kurashish maqsadida tashkil etildi.

🔺Uchrashuvda Sirdaryo viloyati IIB huzuridagi tergov boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari podpolkovnik Sh.F.Pardayev, kadrlar bo‘limi boshlig‘i mayor A.Bekmuradov, bo‘lim boshlig‘i F.U.Eshqulov hamda bo‘lim boshlig‘i kapitan J.Ravshanov ishtirok etib, yoshlarga huquqiy tushunchalar berishdi.

Mutaxassislar yoshlar o‘rtasida jinoyatchilikning kelib chiqish sabablari, uning oqibatlari hamda oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar haqida atroflicha ma’lumot berib, talabalarga o‘z huquq va majburiyatlarini yaxshi bilish lozimligini ta’kidlashdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🔥37🥰33👏32🤩2827👍27🎉25
“Milliy naqshlar dizayni” tanlovi haqida hisobot


🗣Guliston davlat pedagogika institutining tasviriy san’at va MG (TS va MG) ta’lim yo‘nalishi 31-24-guruh talabalari o‘rtasida “Milliy naqshlar dizayni” tanlovi o‘tkazildi.

🖼Ushbu tanlov milliy naqsh san’atini rivojlantirish, talabalarning ijodiy tafakkurini oshirish va ularni an’anaviy san’atga yaqinlashtirish maqsadida tashkil etildi.
Tanlovning asosiy maqsadi talabalarni milliy naqshlar orqali ijodiy izlanishga undash, milliy merosni o‘rganish va uni zamonaviy dizaynga moslashtirishga yo‘naltirishdan iborat edi.

🖼Shuningdek, tanlov orqali talabalarga milliy naqshlar tarzidagi kompozisiyalarni yaratish ko‘nikmasini shakllantirish ham ko‘zda tutilgan.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍4👌1
⭐️Guliston davlat pedagogika institutida milliy liboslarni targ‘ib qilishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Talabalar va professor-o‘qituvchilar orasida milliy qadriyatlarimizni e’zozlash, o‘zbekona urf-odatlarni hurmat qilish va ularni kelgusi avlodlarga yetkazish maqsadida milliy liboslarda ishtirok etish tashabbusi qo‘llab-quvvatlanmoqda.

➡️Milliy libos – bu nafaqat chiroyli kiyim, balki xalqimizning tarixi, madaniy merosi va o‘ziga xosligi ifodasidir. Uni kiyish – ajdodlarimizga hurmat, milliyligimizga sadoqat ramzidir.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
10❤‍🔥5👏2👍1🔥1👌1
◀️Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi o’quvchi-yoshlari “Milliy liboslar” chellenjida faol ishtirok etmoqda.


🗣Guliston davlat pedagogika instituti akademik litseyi o‘quvchilari dars jarayonlarida milliy liboslarda ishtirok etib, ularning go‘zalligini va nafisligini namoyon qilishmoqda. Milliy kiyimlarimiz – bu nafaqat urf-odatlarimiz aks etgan liboslar, balki xalqimizning boy madaniy merosi hamdir.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍1👌1
Forwarded from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ 5️⃣5️⃣5️⃣

Tanlovda qatnashing va 9 ta elektromobildan biriga ega bo‘ling!

Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi muhandislik sohasida “Eng yaxshi g‘oya”, “Eng yaxshi loyiha” va “Eng yaxshi ixtiro” yo‘nalishlarida tanlov e’lon qiladi.

Tanlov yuqoridagi yo‘nalishlar bo‘yicha alohida 3 ta kategoriya — 40 yoshdan oshmagan professor-o‘qituvchilar, talabalar hamda amaliyotchi muhandislar o‘rtasida o‘tkaziladi.

Har bir ishtirokchi Tanlovning faqatgina bir yoʻnalishida ishtirok etishi mumkin.

Tanlovda:
🥇-o‘rinni qo‘lga kiritgan g‘oliblar elektromobil (9 ta),
🥈-o‘rin g‘oliblari xorijiy davlatlarga stajirovka yoʻllanmasi,
🥉-o‘rin g‘oliblari pul mukofotlari bilan taqdirlanadi.

Tanlov joriy yilning aprel-iyun oylarida 3 bosqichda o‘tkaziladi.

Tanlovga arizalar joriy yilning 31-mart kuniga qadar www.muhandis.edu.uz veb-sayti orqali qabul qilinadi.

💾 TANLOV NIZOMI

Qo‘shimcha ma’lumotlar uchun:
📞 (55) 520-08-08 (357), (90) 065-05-09.

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍21👏1
💼“Bir million dasturchi” loyihasini kengaytirish boʻyicha seminar-trening oʻtkazildi.

🟡Yoshlar orasida “Axborot texnologiyalari”ni kengaytirish boʻyicha Guliston davlat pedagogika institutida seminar-trening o‘tkazildi. Tadbirning asosiy mavzusi yoshlarga masofaviy kurslarni tanishtirish bo'ldi. Tadbirda Guliston davlat pedagogika instituti IT soha mutaxassisi Xakimova Farangis masofaviy kurslar haqida toʻliq maʼlumot berib oʻtdi.

Tadbir qatnashuvchilari va talabalar o'zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍51