GulDPI. uz | Rasmiy
4.53K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.58K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🌸 Bahoriy kayfiyat – milliy liboslarda!


🇺🇿Guliston davlat pedagogika instituti talabalari bahorning iliq kunlarini milliy liboslarda qarshi olishmoqda. Yorqin ranglar, nafis naqshlar va milliy an’analarga boy kiyimlar nafaqat talabalarning kayfiyatini, balki atrofdagilarning ham ko‘nglini ko‘tarib, ularga oʻrnak boʻlmoqda.

☀️ Milliy qadriyatlarni e’zozlash, ularni kundalik hayotga singdirish – yoshlarga xos ezgu fazilatlardan biri. Talabalarimizning milliy liboslarda institutga tashrif buyurishi nafaqat go‘zallik, balki milliy merosimizga hurmat va e’tibor timsoli hamdir.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14
“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy taʼsiri boʻlmaydi”.

Shavkat Mirziyoyev.

🇺🇿Guliston davlat pedagogika institutida professor-oʻqituvchilar va talabalar dars mashgʻulotlarida milliy liboslarda ishtirok etishmoqda. Bu tashabbus milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targʻib qilishga qaratilgan.

⭐️Institutimizda milliy liboslarda darslarda ishtirok etish orqali talaba va oʻqituvchilarimiz milliy oʻzligimizni anglab, qadriyatlarimizga hurmat va eʼtibor koʻrsatmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14
📚“Kitob ulashib — maʼrifat tarqatib”


Viloyat hokimi tashabbusi bilan, institut rektori J.Karshibayev boshlab bergan ezgu tashabbusni davom ettirgan holda Guliston davlat pedagogika instituti Ilmiy tadqiqotlar, innovatsiyalar va pedagogik kadrlar tayyorlash bo‘limi boshlig‘i D. Samatova, Tarix va sanʼatshunoslik kafedrasi mudiri E. Kurbanov va Xalqaro aloqalar boʻlimi boshligʻi B.Xudayberdiyevlar yosh avlodni kitobga boʻlgan mehrini oshirish maqsadida oʻzlari oʻqigan Yangiyer shahridagi 3-sonli umumtaʼlim maktabi kutubxonasiga oʻquvchi kitobxonlar uchun badiiy-ilmiy adabiyotlarni taqdim etishdi.

➡️ Institut rektori tomonidan boshlab berilgan ushbu tashabbusni Guliston davlat pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari davom ettirmoqdalar.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔆Guliston davlat pedagogika instituti pedagogika fakulteti yoshlari hamda Yoshlar Akademiyasi liderlari milliy liboslarda milliy qadriyatlarimizni ulug‘lashga o‘z hissalarini qo‘shmoqdalar.

🇺🇿Milliy liboslar – milliy g‘ururimiz! Institutda yoshlar orasida milliy qadriyatlarni targ‘ib qilish va asrab-avaylash doimiy ravishda qo‘llab-quvvatlanadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14
✏️Milliy sheʼriyat kechasi


🗣Guliston davlat pedagogika institutida joriy yilning 14-mart kuni “Milliy sheʼriyat kechasi” tanlovi oʻtkazildi.Tadbirda buyuk shoirlarimizning ijod naʼmunalaridan ijro etishdi.

🟠Tanlov davomida talabalar o‘rtasida mushoira tashkil etilib, ishtirokchilar milliy ruh bilan sug‘orilgan she’rlarni yoddan aytishdi. Ular oʻzbek mumtoz adabiyoti va zamonaviy shoirlarning ijodidan namunalar keltirib, she’riyatga bo‘lgan mehrlarini namoyish etishdi.

🔸She’riyat – millat ko‘zgusi!
Bu kabi tadbirlar yosh avlodda milliy g‘urur, badiiy tafakkur va adabiyotga bo‘lgan muhabbatni shakllantirishda muhim ahamiyat kasb etadi. She’riyat – milliy qadriyatlarimizning aksidir!

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14