GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.1K photos
1.53K videos
51 files
4.55K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🏀Guliston davlat pedagogika instituti sportchilari ochiq maydonlarda mashg‘ulotlarni davom ettirmoqda!


🏋️‍♀️Institut talabalari sport bilan faol shug‘ullanib, ochiq maydonlarda jismoniy tayyorgarliklarini oshirishmoqda. Yosh sportchilar doimiy ravishda mashg‘ulotlar olib borib, mahoratlarini yanada mustahkamlashmoqda.

↪️ Sport bilan shug‘ullanish nafaqat jismoniy sog‘liqni mustahkamlash, balki ruhiy bardamlikni oshirishga ham xizmat qiladi.
↪️ Institut hududidagi sport maydonlari sport bilan shug‘ullanish uchun qulay sharoitlar bilan ta’minlangan.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 13
Forwarded from Edu.uz
4️⃣4️⃣4️⃣ 🧠💡📚

📣Diqqat! Bo‘sh ish o‘rinlari jamlangan yangi platforma ishga tushirildi!

Endi Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligining ochiq ma’lumotlari asosida respublika miqyosidagi mavjud bo‘sh ish o‘rinlari haqida batafsil ma’lumotni Telegram bot orqali osongina olish imkoniyati mavjud.

Bot manzili: http://t.me/mehnatuz_bot

Ushbu bot orqali:
🟢turli sohalar bo‘yicha real vaqt rejimida yangilanadigan bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishishingiz;
🟢malakangiz va qiziqishingizga mos ishlarni tezda topishingiz;
🟢talabalar uchun ham mos bo‘sh ish o‘rinlarini izlash imkoniyatidan foydalanishingiz mumkin.

👉 @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz_bot
👉 @mehnatuz_bot

Bizni kuzating

Facebook | Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 13
❗️O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi va O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi ijtimoiy himoya milliy agentligi hamkorligida bakalavriat ta’lim yo'nialishi va magistratura mutaxassisligining bitiruvchi kurs talabalari o‘rtasida “Ijtimoiy taraqqiyot uchun” tanlovini e’lon qiladi.

➡️
Tanlovda ishtirok etish uchun tadqiqot mavzulari quyidagi yoʻnalishlarda boʻlishi lozim:

➡️
Ijtimoiy himoya siyosati ;
➡️
Kambagʻallikni baholash va qisqartirish ;
➡️
Nogironligi boʻlgan shaxslarning ijtimoiylashuvi;
➡️
Faol va sogʻlom keksayish;
➡️
Parvarishlash iqtisodiyoti;
➡️
Ayollar va bolalarga nisbatan zoʻravonlik;
➡️
Ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan bolalarning ijtimoiy himoyasi;
➡️Migrantlar va ularning oilalarini ijtimoiy himoya qilish;
➡️
Ijtimoiy himoyada xulq-atvor iqtisodiyoti;
➡️
Adolatli oʻtish davrida aholining muhtoj qatlamlarini himoya qilish;
➡️
Rasmiy va norasmiy sektor ishchilarini ijtimoiy himoya qilish;
➡️
Ijtimoiy himoya tizimini raqamlashtirish.

🟣
Tanlov nizomi:

📥 Arizalar joriy yilning 15-apreliga qadar qabul qilinadi.
📲 Murojat uchun:
📞+998971245257
📞+998940978559

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 13
Startup Garage Sirdaryolik talantlarni kutmoqda!

🚀 Sirdaryolik yoshlar bormisiz, omonmisiz? Siz kutgan kun keldi!

😃 Startup Garage venchur studiyasi rasmiy filiallari Sirdaryolik talantlar yoshlar uchun barcha imkoniyatlari eshigini ochadi.

Startap o'zi nima?
Startap - bu yechimini topmagan masalaga innovativ va kreativ g'oyalar asosida yechim berishga qaratilgan kichik loyiha. An'anaviy biznesdan farqli o'laroq, texnologiyalardan keng foydalanadi va biznes tez sur'atda o'sadi.

Bunga misol qilsak, biz foydalanyotgan Payme, Click, Yandex, Uzum va boshqa startaplar kiradi.

Xalqaro darajadagi startaplar esa, Apple, Tesla, Amazon va yana shunga o'xshash barcha kompaniyalar boshida kichik startap loyiha bo'lgan.


✈️ Startup Garage aynan shunday kichik loyihasi bilan katta muommolarga yechim bera oladigan talantlar, kelajagi buyuk asoschilarni qo'llab-quvvatlaydi.

🗂 Startup Garage sizga nima beradi:

- Startapingizni to‘g‘ri qurish bo‘yicha muhim bilim va ko‘nikmalar;
- G‘oyangizni mahsulotga aylantirib, sotuvni yo‘lga qo‘yish;
- Investitsiya jalb qilish va investorlar bilan samarali aloqa.

Startup Garage - g'oyangizni biz bilan haqiqatga aylantiring!

📍 Manzil: Sirdaryo viloyati, Guliston shahri, Yoshlar markazi
☎️ Murojaat uchun: +998917900896
📱 Telegram: @Hasanboy_738

Telegram | Instagram | YouTube | LinkedIn
March 13
Yangi Oʻzbekiston universiteti professor-o‘qituvchilari ishtirokida seminar-trening tashkil etildi.


🗣Bugun Guliston davlat pedagogika institutida Portugaliyaning Lissabon universiteti professori Dr. Goncalo Pinto (TOP–260), hamda Yangi O'zbekiston universiteti Xalqaro xamkorlik boʻyicha prorektori PhD, Azizbek Marahimov ishtirokida mahorat darsi oʻtkazildi.

Tadbirda talabalar, magistrlar va doktorantlarga xalqaro universitetlar, grantlar hamda Yangi Oʻzbekiston universitetining bakalavriat, magistratura va oliy taʼlimdan keyingi taʼlim tizimi haqida batafsil ma’lumot berildi.

➡️Tadbir ishtirokchilari oʻzlarini qiziqtirgan savollarga javob olishdi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 13
🏆Kimyo yo‘nalishi talabalari ilmiy izlanishlarda g‘olib bo‘lishdi!


🗣Sirdaryo viloyatida "Mirzo Ulug‘bek vorislari" ko‘rik-tanlovining shahar va tuman bosqichlari bo‘lib o‘tdi. Ushbu nufuzli tanlovda Guliston davlat pedagogika instituti tabiiy fanlar kafedrasi kimyo yo‘nalishi talabalari ilmiy loyihalari bilan munosib ishtirok etib, g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar!

⏯️Abduvaliyeva Niginabonu Sobir qizi – “Neft va gaz sanoatida ishlatiladigan metall konstruksiyalarni korroziyadan himoyalash uchun kompozitsion polimer materiallar ishlab chiqish” mavzusidagi loyihasi bilan;

⏯️Abdullayeva Gulnoza Xabibullo qizi – “Sirdaryo viloyati hududidagi mahalliy xomashyo qoldiqlaridan mebelsozlik uchun dastlabki material tayyorlash” mavzusidagi ilmiy izlanishi bilan yuqori natijalarga erishdilar.

📊Kimyo yo‘nalishi talabalari ilmiy izlanishlari bilan kelajak texnologiyalariga yo‘l ochmoqda! Ushbu g‘alaba ularning ilmiy faoliyatidagi muhim qadamlardan biri bo‘lib, institutimizning ilm-fan rivojiga qo‘shayotgan hissasini yana bir bor namoyon etmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🎉🎉🎉🎉🎉

Hurmatli Yunusov Oybek Xabibullayevich!

🎉Sizni tavallud kuningiz bilan chin qalbimizdan tabriklaymiz! Sizning bilim va tajribangiz, ta’lim va ilm-fanga qo‘shayotgan bebaho hissangiz institutimiz hayotida alohida o‘rin tutadi. O‘qituvchilik va ilmiy faoliyatingiz orqali ko‘plab yoshlarga yo‘l-yo‘riq ko‘rsatib, ularga ilmga bo‘lgan ishtiyoqni uyg‘otib kelmoqdasiz.

Sizga mustahkam sog‘lik, oilaviy farovonlik va kelgusi ishlaringizda muvaffaqiyatlar tilaymiz! Yangi yoshingiz siz uchun yanada ulkan yutuqlar, ilmiy zafarlar va baxtli onlarga boy bo‘lsin! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14
🌸 Bahoriy kayfiyat – milliy liboslarda!


🇺🇿Guliston davlat pedagogika instituti talabalari bahorning iliq kunlarini milliy liboslarda qarshi olishmoqda. Yorqin ranglar, nafis naqshlar va milliy an’analarga boy kiyimlar nafaqat talabalarning kayfiyatini, balki atrofdagilarning ham ko‘nglini ko‘tarib, ularga oʻrnak boʻlmoqda.

☀️ Milliy qadriyatlarni e’zozlash, ularni kundalik hayotga singdirish – yoshlarga xos ezgu fazilatlardan biri. Talabalarimizning milliy liboslarda institutga tashrif buyurishi nafaqat go‘zallik, balki milliy merosimizga hurmat va e’tibor timsoli hamdir.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14
“Milliy tarixni milliy ruh bilan yaratish kerak. Aks holda uning tarbiyaviy taʼsiri boʻlmaydi”.

Shavkat Mirziyoyev.

🇺🇿Guliston davlat pedagogika institutida professor-oʻqituvchilar va talabalar dars mashgʻulotlarida milliy liboslarda ishtirok etishmoqda. Bu tashabbus milliy qadriyatlarimizni asrab-avaylash va targʻib qilishga qaratilgan.

⭐️Institutimizda milliy liboslarda darslarda ishtirok etish orqali talaba va oʻqituvchilarimiz milliy oʻzligimizni anglab, qadriyatlarimizga hurmat va eʼtibor koʻrsatmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
March 14