GulDPI. uz | Rasmiy
4.62K subscribers
12.4K photos
1.39K videos
49 files
4.21K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun

🎉Bugun ta’lim va ma’rifat yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan hurmatli ustoz Saidkulov Nuriddin Akramkulovichning tavallud kunlari!

▶️Sizning boy ilmiy tajribangiz, yoshlarga bergan saboqlaringiz va ta’lim sohasidagi fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiq. Siz nafaqat bilim ulashuvchi, balki yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi ustoz sifatida ham yuksak ehtiromga loyiqsiz.

Sizga mustahkam sog‘liq, bardavom muvaffaqiyatlar, uzoq va sermazmun umr, doimiy ilhom va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Ilm yo‘lidagi faoliyatingiz yangi marralar sari ko‘tarilib, shogirdlaringiz Siz bilan doimo faxrlansin! Yangi yoshingiz hayotga quvonch, baxt, ezgu tashabbuslaringiz uchun yangi imkoniyatlar olib kelsin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun

🎉Hurmatli Jabbarova Dilbar Darmanovna! Sizni bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

⚡️Sizning fidokorona mehnatingiz, mehr va e’tiboringiz, bilim va tajribangiz ko‘plab yoshlarga yo‘l ochib bermoqda. O‘qituvchi – bu shunchaki kasb emas, bu nur taratuvchi, ma’rifat ulashuvchi, inson qalbini yuksaltiruvchi sharafli burch! Siz ana shu mas’uliyatli yo‘lda xalqimizga, yosh avlodga beqiyos xizmat qilib kelmoqdasiz.

📌Sizga bardavom sog‘liq, cheksiz quvonch, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu niyatlaringizning ro‘yobga chiqishini tilaymiz! Hayotingiz doimo baxt va ilhom bilan to‘lsin, har bir kuningiz mazmunli va quvonchli bo‘lsin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

🔎Joriy yilning 22-fevral kuni Sirdaryo viloyati “Yoshlar markazi” binosida Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi yakunlandi.

Unda Guliston davlat pedagogika institutining “GulDPI” jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Turnirda bellashgan 35 ta jamoa ichidan 5-oʻrinni qayd etdi.

🏆Ularga kelgusida omad tilab qolamiz.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun

🎉Hurmatli Xamrayev Abubakir Faxriddinovich! Sizni bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

➡️Sizning boy bilim va tajribangiz, fidokorona mehnatingiz, tarix va san’atshunoslik ilmining rivojiga qo‘shayotgan hissangiz tahsinga loyiq. Har bir darsingiz, har bir so‘zingiz yoshlarga bilim berish bilan birga, ularga ilhom bag‘ishlaydi. Siz ilm-fan olamida o‘z o‘rniga ega, hurmatga sazovor ustozsiz.

➡️Sizga mustahkam sog‘liq, bardavom muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Har bir kuningiz ezgulik va ilhom bilan to‘lsin, shogirdlaringiz Siz bilan doimo faxrlansin! Hayotingizda baxt, quvonch va tinchlik-omonlik hech qachon tark etmasin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#xalqaro_hamkorlik 🇺🇿🇨🇳
#GulDPIda_xitoylik_hamkorlar

🗣Guliston davlat pedagogika institutiga Xitoy Xalq Respublikasidagi “Zechang senxin taʼlim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxona vakillari tashrif buyurdi.

💬Tashrif davomida delegatsiya aʼzolari institutda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, kimyo, fizika hamda biologiya oʻquv laboratoriyalarining jihozlanganligi bilan yaqindan tanishtirildi.

🤝Olib borilgan muzokaralar davomida Guliston davlat pedagogika instituti hamda Xitoy Xalq Respublikasidagi "
“Zechang senxin ta'lim texnologiyalari” taʼlim uskunalarini ishlab chiqaruvchi korxonasi oʻrtasida hamkorlik memorandumi imzolashga kelishib olindi.

Muzokaralar davomida kelgusida institutda zamonaviy oʻquv va ilmiy laboratoriyalarni tashkil etish, ularni ilgʻor tajribalar asosida hamkorlikda jihozlash, xorijiy stajirovkalarni yoʻlga qoʻyish kabi masalalar yuzasidan kelishib olindi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🏋️‍♀️Sport – bu insonning nafaqat jismoniy, balki ma’naviy yetuk bo‘lishida ham muhim omildir. Sog‘lom va barkamol yoshlar – davlatimizning eng katta boyligi!
Sh.Mirziyoyev


🗣Guliston davlat pedagogika institutida talabalarning jismoniy faolligini oshirish, ularni sport bilan muntazam shug‘ullanishga rag‘batlantirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Dars jarayonlarida va bo‘sh vaqtlarida talabalar sport bilan shug‘ullanib, sog‘lom hayot tarzini shakllantirishga intilmoqda.

➡️Jismoniy faollik nafaqat sog‘lom turmush tarzi, balki intizom, iroda va maqsad sari intilishga ham turtki beradi. Institutimizda sportga bo‘lgan e’tibor yoshlarning yanada kuchli, qat’iyatli va har tomonlama rivojlangan shaxs bo‘lib yetishishiga xizmat qilmoqda.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Guliston davlat pedagogika institutida yoshlar orasida giyohvandlik va psixotrop moddalar xavfi bo‘yicha ogohlikni oshirishga alohida e’tibor qaratilmoqda. Bu illat jamiyatni ich-ichidan yemiradigan, inson hayotini barbod qiladigan xavfli yo‘ldir.

Giyohvandlik – bu tanlov emas, balki halokat! Har bir inson o‘z hayoti, orzulari va kelajagi uchun mas'uldir. Yoshlarimizni ilm-fan, sport va ijodga yo‘naltirish – bu tahdidga qarshi eng kuchli vositadir.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
⭐️Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari” mavzusida ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

🗣2025-yil 24-fevral kuni Guliston davlat pedagogika instituti Pedagogika fakultetida “Jadidlar: milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari“ mavzusida talabalar uchun ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbir tarix va san’atshunoslik kafedrasi va pedagogika fakulteti bilan hamkorlikda tashkil etildi.

📌Guliston davlat pedagogika instituti dotsenti, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Djurayev Ikrom va pedagogika fakulteti tyutori Sultonov Ravshan talabalarga jadidchilik harakatining tarixi, milliy ma’rifat, istiqlol va davlatchilik g‘oyalari bilan bog‘liq jihatlari haqida so‘zlab berdilar.

➡️Shuningdek, ular jadidlar tomonidan tashkil etilgan yangi usul maktablari, milliy matbuot nashrlari va xorijda ta’lim olgan iqtidorli yoshlar haqida qiziqarli ma’lumotlar taqdim etdilar.

➡️Ushbu tadbir talabalarda milliy o‘zlik, istiqlol va davlatchilik g‘oyalariga nisbatan yangicha qarashlarni shakllantirishda muhim o‘rin tutadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun

🎉Hurmatli Ikrom Djurayev , tavallud kuningiz muborak bo‘lsin!

⚡️Siz mehnatsevarligingiz, mas’uliyatli yondashuvingiz va insoniy fazilatlaringiz bilan institutimiz jamoasi orasida katta hurmatga sazovorsiz. Talabalarga bergan bilim va tarbiyangiz, fidokorona xizmatlaringiz har doim e’tirofga loyiq.

⭐️Sizga mustahkam sog‘lik, uzoq umr, yangi yutuqlar va baxtli damlar tilaymiz! Ishlaringiz bardavom, har bir kuningiz mazmunli va quvonchli bo‘lsin. Yangi yosh sizga faqat quvonch va ezgulik olib kelsin! Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🏆 Oʻzbekiston chempionatida faxrli 1-oʻrin!

🗣Sportning o‘zbek jang san’ati turi bo‘yicha kattalar, yoshlar va o‘smirlar o‘rtasida o‘tkazilgan “Mergan chavandoz”, “Mergan sportchi” va “Temuriylar bellashuvi” yo‘nalishlari bo‘yicha Oʻzbekiston chempionatida institutimiz talabasi M. Nuriddinov ajoyib natija qayd etib, faxrli 1-o‘rinni egalladi!

▶️Bu g‘alaba nafaqat uning shaxsiy yutug‘i, balki Guliston davlat pedagogika instituti va barcha sportsevar yoshlar uchun katta g‘ururdir!

⚡️M. Nuriddinovni ushbu ulkan g‘alaba bilan tabriklaymiz! Kelgusida ham yurtimiz sharafini munosib himoya qilib, yanada yuqori marralarni zabt etishingizni tilaymiz!

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM