GulDPI. uz | Rasmiy
4.61K subscribers
12.4K photos
1.4K videos
49 files
4.23K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Guliston davlat pedagogika instituti talabalari va ishchi xodimlari tomonidan  #Stop_korrupsiya chellenji oʻtkazilmoqda.

Ushbu chellenjdan maqsad talaba-yoshlar va institutda faoliyat olib borayotgan barcha xodimlarni – korrupsiyaga qarshi kurashish borasida jamiyatga ijobiy fikr uyg‘otish, adolat va shaffoflik tamoyillarini keng targ‘ib qilishdan iborat.

Aziz yoshlar, siz ham chellenjda faol ishtirok eting!
⭐️Sharqning moʻjizalar mamlakati Oʻzbekiston keng turistik salohiyatga boy davlat. Uning tarixiy obidalari-yu zamonaviy megapolislari butun dunyo ahlini oʻziga jalb qilmoqda.

🗣2025-yil 21-22-fevral kunlari Turizm va ekskursiya faoliyati yangi muammolar va rivojlanish yoʻllari mavzusidagi VIII Xalqaro Gidlar forumi tashkil etildi. Forumga xorijdagi eng taniqli mutaxassislar va yurtimizning ilm fan dargʻalari taklif etildi.

➡️ Shular qatorida Guliston davlat pedagogika instituti magistranti Jaloliddinova Moxinur “Immersiv sayohatlar: Virtual va haqiqiy tajribaning mukammal uyg’unligi”mavzusi bilan ishtirok etdi. Xorijlik mehmonlarning maʼruzalari va trening darslaridan kerakli koʻnikma va tajribalar olindi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun

🎉Bugun ta’lim va ma’rifat yo‘lida fidokorona xizmat qilayotgan hurmatli ustoz Saidkulov Nuriddin Akramkulovichning tavallud kunlari!

▶️Sizning boy ilmiy tajribangiz, yoshlarga bergan saboqlaringiz va ta’lim sohasidagi fidokorona mehnatingiz tahsinga loyiq. Siz nafaqat bilim ulashuvchi, balki yoshlarga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatuvchi ustoz sifatida ham yuksak ehtiromga loyiqsiz.

Sizga mustahkam sog‘liq, bardavom muvaffaqiyatlar, uzoq va sermazmun umr, doimiy ilhom va ishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Ilm yo‘lidagi faoliyatingiz yangi marralar sari ko‘tarilib, shogirdlaringiz Siz bilan doimo faxrlansin! Yangi yoshingiz hayotga quvonch, baxt, ezgu tashabbuslaringiz uchun yangi imkoniyatlar olib kelsin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun

🎉Hurmatli Jabbarova Dilbar Darmanovna! Sizni bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

⚡️Sizning fidokorona mehnatingiz, mehr va e’tiboringiz, bilim va tajribangiz ko‘plab yoshlarga yo‘l ochib bermoqda. O‘qituvchi – bu shunchaki kasb emas, bu nur taratuvchi, ma’rifat ulashuvchi, inson qalbini yuksaltiruvchi sharafli burch! Siz ana shu mas’uliyatli yo‘lda xalqimizga, yosh avlodga beqiyos xizmat qilib kelmoqdasiz.

📌Sizga bardavom sog‘liq, cheksiz quvonch, kuch-g‘ayrat va barcha ezgu niyatlaringizning ro‘yobga chiqishini tilaymiz! Hayotingiz doimo baxt va ilhom bilan to‘lsin, har bir kuningiz mazmunli va quvonchli bo‘lsin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
#Zakovat

🔎Joriy yilning 22-fevral kuni Sirdaryo viloyati “Yoshlar markazi” binosida Xotin-qizlar o‘rtasida “Zakovat” intellektual turnirining Sirdaryo viloyati bosqichi yakunlandi.

Unda Guliston davlat pedagogika institutining “GulDPI” jamoasi ham munosib ishtirok etdi. Turnirda bellashgan 35 ta jamoa ichidan 5-oʻrinni qayd etdi.

🏆Ularga kelgusida omad tilab qolamiz.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun

🎉Hurmatli Xamrayev Abubakir Faxriddinovich! Sizni bugungi tug‘ilgan kuningiz bilan samimiy muborakbod etamiz!

➡️Sizning boy bilim va tajribangiz, fidokorona mehnatingiz, tarix va san’atshunoslik ilmining rivojiga qo‘shayotgan hissangiz tahsinga loyiq. Har bir darsingiz, har bir so‘zingiz yoshlarga bilim berish bilan birga, ularga ilhom bag‘ishlaydi. Siz ilm-fan olamida o‘z o‘rniga ega, hurmatga sazovor ustozsiz.

➡️Sizga mustahkam sog‘liq, bardavom muvaffaqiyatlar, ilmiy izlanishlaringizda ulkan zafarlar tilaymiz! Har bir kuningiz ezgulik va ilhom bilan to‘lsin, shogirdlaringiz Siz bilan doimo faxrlansin! Hayotingizda baxt, quvonch va tinchlik-omonlik hech qachon tark etmasin!
Rektorat.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM