GulDPI. uz | Rasmiy
4.43K subscribers
13.4K photos
1.61K videos
57 files
4.68K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Forwarded from Edu.uz
#bilasizmi

Bugun, 27-dekabr kuni (1937-yil) yozuvchi tarjimon, tanqidchi Ibrohim G‘ofurov Toshkentda hunarmand oilasida tug‘ilgan.

I.G‘ofurov “Go‘zallikning olmos qirralari” (1964) “Unitilmagan bog‘” (1965), “Joziba” (1970), “Yonar so‘z” (1973), “Yam-yashil daraxt” (1976), “Yurak -alanga” (1980). “Lirikaning yuragi” (1982), “She’riyat — izlanish demak” (1984), “O‘ttiz yil izhori” (1987), “Til erkinligi” (1998) singari adabiy tanqidiy, badiiy kitoblar muallifi. U “Darvoza”, “Humo qushim”, “Qaldirg‘ochim” kabi she’riy nasrlar bilan e’tibor qozongan.

Jahon adabiyotining “Jinoyat va Jazo”, “Telba”, “Qimorboz” (Dostoyevskiy), “Azizim” (Mopassan), “Alvido, qurol”, “Chol va Dengiz” (E.Xeminguey), “Qiyomat”, “Chingizxonning oq buluti” (Chingiz Aytmatov), “Yong‘in” (V.Rasputin) singari asarlarini o‘zbek tiliga tarjima qilgan.

I.G‘ofurov filologiya fanlari nomzodi (1973), O‘zbekiston yoshlari mukofoti (1989) laureati, “Do‘stlik” ordeni sohibi (1995).

Telegram | Instagram | Facebook | YouTube
Forwarded from Edu.uz
#talabaga_qulaylik
#bilasizmi

⚡️Talabalar shartnoma to‘lovlarini onlayn to‘lashlari ham mumkin

📌 Buning uchun “Aloqabank”ning “Zoomrad” to‘lov tizimi orqali JSHSHIR raqami hamda shartnoma summasini kiritgan holda to‘lovni amalga oshirish imkoniyati yaratilgan.

Shuningdek, tizimda shartnoma bo‘yicha qarzdorlikni ham ko‘rish mumkin.

❗️Buning uchun:

📲 Zoomrad ilovasini smartfoningizga yuklab oling;

💳 plastik kartangizni Zoomrad ilovasiga sozlang;

📑 Davlat xizmatlari bo‘limidan “OTM shartnoma to‘lovi” xizmatini tanlang;

🪪 va JSHSHIR raqamingizni kiriting.

✔️ kontrakt.edu.uz orqali shartnoma olgan talabalar komissiyasiz (0%) onlayn to‘lov qilishlari mumkin.

➡️ Dasturning o‘zi ta’lim muassasasi va shartnoma to‘g‘risidagi barcha kerakli ma’lumotlarni topadi.

👉Android uchun yuklab oling

👉iOS uchun yuklab oling

➡️ На русском

Telegram |Instagram |Facebook |YouTube
👍2