🎼“Milliy maqom san’ati” gastrol konserti 📑Xalqimiz madaniy merosining ajralmas qismi bo‘lgan milliy maqom san’ati o‘zining qadimiy tarixi, teran falsafiy ildizlari, betakror badiiy uslubi va boy ijodiy an’analari bilan ma’naviy hayotimizda muhim o‘rin egallaydi. Ayni vaqtda milliy o‘zligimizni anglash, madaniyatimizni har tomonlama rivojlantirish, xalqimiz, avvalo, yosh avlodimizni yuksak insoniy tuyg‘ular ruhida tarbiyalash, uning estetik didi va tafakkurini shakllantirishda maqom san’atining ahamiyati beqiyosdir.
🗣Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 17-noyabrdagi “O‘zbek milliy maqom san’atini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi 3391-sonli Qarorida ko‘zda tutilgan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida O‘zbek milliy maqom san’ati markazining Andijon viloyati hududiy bo‘limi jamoasi tomonidan katta konsert dasturi namoyish etildi.
▶️Tadbirda milliy maqom san’atining jozibador kuy va qo‘shiqlari ijro etildi va barcha ishtirokchilarda yorqin taassurotlar qoldirdi.
💬Bizning sahifalarimiz:🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Youtube 🔹Facebook