📌Guliston davlat pedagogika institutida buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan adabiy-ma’rifiy tadbir bo‘lib o‘tdi.
▶️Tadbir davomida talabalar Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiy merosi haqida so‘z yuritib, uning g‘azallarini yoddan o‘qidilar. Zahiriddin Muhammad Boburning “Boburnoma” asari, shoirning adabiy dahosi va harbiy mahorati haqida qiziqarli ma’ruzalar tinglandi.
📚Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat buyuk sarkarda, balki yuksak tafakkur sohibi, she’riyat va san’atga mehr qo‘ygan ijodkor edi. Uning asarlari bugungi kunda ham yoshlarni vatanparvarlik, adolat va jasorat sari undaydi.
💬Bizning sahifalarimiz:🔹Telegram 🔹Instagram 🔹Youtube 🔹Facebook