GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.6K photos
1.41K videos
49 files
4.28K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
🗣“Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.

📌Guliston davlat pedagogika institutida yoshlarni vatanparvarlik va ona yurtga muhabbat, milliy qadriyat va an’analarimizga hurmat, shonli tariximizni chuqur bilish ruhida tarbiyalash maqsadida turli tizim tashkilotlarida mehnat qilayotgan faxriylar va talabalar o‘rtasida “Uch avlod uchrashuvi” tashkillashtirildi.

◀️Tadbirda Vatanimiz mustaqilligini mustahkamlash, uning jahon miqyosidagi shon-shuhratini yuksaltirish, islohotlarni yanada chuqurlashtirish yoʻlida fidokorona mehnat qilib kelgan, ma’naviyatimizni tiklash, o‘zligimizni anglash va yosh avlodni vatanparvarlik, xalqparvarlik, mehnatsevarlik ruhida tarbiyalashga katta hissa qo‘shib kelayotgan O‘zbekistan Qahramoni Mirzaahmad Shoimov, O‘zbekiston Jurnalistlar uyushmasi a’zosi, I darajali “Mehnat faxriysi” ko‘krak nishoni sohibi Munavvar Pardayev, shoira Bahoroy Xolbekova, O‘zbekistonda xizmat ko‘rsatgan artist, “Do‘stlik” ordeni sohibi Sharif Jumayev va faxriy pedagog “Do‘stlik” ordeni sohibi Haydarali Qilichevlar ishtirok etdilar. Ular talaba-yoshlarga o‘z hayot yo‘llari va faoliyatlari haqida so‘zlab, qimmatli maslahatlarini berdilar.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 "KELAJAK KASHFIYOTCHILARI" MUSOBAQASI 📢

Hurmatli talabalar!

Sizni "Kelajak kashfiyotchilari" nomli musobaqaga taklif qilamiz! 🚀

📍 Joy: Faollar zali
📅 Sana: 14-fevral
Vaqt: 11:30
👥 Ishtirokchilar:
🔹 2- va 3-bosqich talabalari
🔹 Matematika va Informatika yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim olayotgan talabalar

📌 Bilimingizni sinab ko‘ring va g‘olib bo‘lish imkoniyatini qo‘ldan boy bermang! 🏆
🗣Buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlangan teleko‘rsatuvda Guliston davlat pedagogika instituti O‘zbek tili va tillarni o‘qitish kafedrasi o‘qituvchisi Ubaydullayeva Rayhon Abdujalil qizi ishtirok etdi.

➡️Ushbu ko‘rsatuvda Boburning boy adabiy merosi, uning “Boburnoma” asarining tarixiy ahamiyati hamda shoirning o‘zbek adabiyoti va madaniyatiga qo‘shgan ulkan hissasi haqida so‘z bordi. Rayhon Ubaydullayeva Zahiriddin Muhammad Bobur g‘azallarining badiiy va falsafiy jihatlarini tahlil qilib, uning ijodi bugungi yosh avlod uchun naqadar muhim ekanini ta’kidladi.

🖌Zahiriddin Muhammad Bobur nomi asrlar osha yashaydi, uning ijodi esa har birimiz uchun bebaho merosdir!

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#tugʻilgan_kun #tabrik

🎉Bugun institutimizning bilimdon, mas’uliyatli va fidoyi insonlaridan biri Sattarov Alisher Aliqul o‘g‘lining tavallud kuni!

⚡️Sizning mehnatsevarligingiz va jamoaga bo‘lgan samimiy yondashuvingiz institutimiz hayotida katta o‘rin tutadi. Har qanday vaziyatda ishingizga sidqidildan yondashishingiz, atrofingizdagilarga doimo dalda bo‘lishingiz, hurmat va ehtirom bilan munosabatda bo‘lishingiz Sizni barchamiz uchun ibratga aylantirgan.

🔸Sizga mustahkam sog‘lik, cheksiz baxt, yangi marralar va muvaffaqiyatlar tilaymiz! Ishlaringiz doimo rivoj topib, har bir kuningiz ezgu voqealar bilan yodda qolsin. Yana ko‘plab yutuqlarga erishib, jamoamizni ilhomlantirib yurishingizga tilakdoshmiz!

💚Tug‘ilgan kuningiz muborak bo‘lsin!

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM