GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.6K photos
1.41K videos
49 files
4.28K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#haftalik #ilmfan #olimalar_kuni

📌“Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” haftaligiga start berildi.

‼️11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” munosabati bilan Guliston davlat pedagogika institutida “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi” mavzusida haftalik boshlandi.

➡️Tadbirda iqtidorli yosh olimalarning innovatsion faoliyatini qo‘llab-quvvatlash, ilm-fanga yoshlarni keng jalb etish, ayol-o‘qituvchilarning ilmiy salohiyatini oshirish kabi masalalar muhokama qilindi.

▶️Shuningdek, tajribali ustozlar tomonidan ayollarning ilm-fandagi o‘rnini mustahkamlashga qaratilgan amaliy taklif va tavsiyalar berib o'tildi.

🔹Haftalik doirasidagi tadbirlar institut miqiyosida davom etadi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
📢 Diqqat! Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligi munosabati bilan Zakovat musobaqasi o‘tkaziladi

13-fevral, Payshanba kuni GDPI "Zakovat intellektual klubi" tomonidan "Zahiriddin Muhammad Bobur hayoti va ijodiga bag‘ishlangan Zakovat musobaqasi" tashkil etiladi.

Omadingizni va bilimingizni sinab ko‘ring! Imkoniyatni qo‘ldan boy bermang!

🕔 O‘yin o‘tkaziladigan kun va vaqti: 13-fevral (Payshanba), 17:30

❗️Eslatma: Zakovat baxslari "Milliy g‘oya va falsafa" kafedrasi professor-o‘qituvchilari va faol talabalari tomonidan o‘tkaziladi.

➡️ Murojaat uchun:
@sherzod_yuldoshev
@the_orozali

📢 Zakovat kanali: @gdpizakovat
📢 Zakovat guruhi: @zakovatgdpi
🗣Rektor “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashdi.

🔵Bugun Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev va “Qalqon” jamoatchilik guruhining yangilangan tarkibi bilan uchrashuv o‘tkazildi.

✔️Uchrashuv davomida institut rektori tomonidan “Qalqon” jamoatchilik guruhining hududda va o‘quv binolarida jamoatchilik tartibini saqlash borasidagi vazifalari yana bir bor ta’kidlanib, kelgusida ularni tegishli zamonaviy aloqa vositalari hamda jihozlari bilan ta’minlash bo‘yicha mas’ullarga topshiriqlar berildi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
🗣Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludiga bagʻishlangan milliy kontent.

📌Guliston davlat pedagogika instituti, Sirdaryo viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi, Oʻzbekiston Yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati kengashi hamkorlikda buyuk vatandoshimiz, davlat arbobi va sarkarda, alloma va shoir Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bagʻishlab milliy kontent yaratishdi.

🖌Bobur – nafaqat kuchli hukmdor, balki o‘zbek adabiyotining yirik namoyandalaridan biridir. Uning g‘azallarida insoniylik, vatanparvarlik va adolat kabi ulug‘ qadriyatlar aks etgan. Boburning yuragi she’riyat bilan, tafakkuri esa donishmandlik bilan sug‘orilgan edi.

✍️Bobur nomi abadiy! Uning merosi esa har bir yangi avlod uchun ibrat maktabidir!

💬Bizning sahifalarimiz:
😀Telegram 😀Instagram
😀Youtube 😀Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
🧾Avval xabar berganimizdek, davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda xotin-qizlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy faolliklarini oshirish, ilmiy faoliyatga keng jalb qilish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka keng jalb etish borasida keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirilmoqda.

📌 BMT Bosh Assambleyasining 2015-yil 27-dekabrdagi 70-sessiyasida 11-fevral – “Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuni” sifatida rasman e’lon qilingan bo‘lib, 2016-yildan boshlab mazkur sana dunyoning ko‘plab davlatlarida keng nishonlanib kelinmoqda.

🔜Bugun “Olima ayollarning ta’lim va fandagi yutuqlari” mavzusida ilmiy seminarda olima professor-o‘qituvchilar, magistr va doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar ishtirok etishdi hamda o‘zlarining ilmiy tadqiqot mavzulari bo‘yicha ma’ruza qildilar. Seminar qizg‘in muzokaralarga boy bo‘ldi.

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
✏️Zahiriddin Muhammad Bobur merosi – asrlarga tatigulik bebaho xazina.

➡️Buyuk shoir, sarkarda va davlat arbobi Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludining 542 yilligiga bag‘ishlab Guliston davlat pedagogika instituti talabalari tomonidan videorolik tayyorlandi.

✍️Ushbu videorolik orqali talabalar Zahiriddin Muhammad Boburning bebaho she’riyati va ma’naviy merosini yodga oldilar. Uning g‘azallari, tafakkuri va shijoati hanuz avlodlar uchun ibrat bo‘lib qolmoqda. Zahiriddin Muhammad Boburning yuragi she’riyat, tafakkuri esa donishmandlik bilan yo‘g‘rilgan edi.

🖌Zahiriddin Muhammad Bobur nafaqat shoir, balki ulug‘ siymo – adolat va matonat timsoli!

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🔺 “Qalqon” – yoshlar xavfsizligi yo‘lida!

🗣Guliston davlat pedagogika instituti rektori Jahongir Karshibayev “Qalqon” jamoatchilik guruhi a’zolari bilan uchrashuv o‘tkazdi.

◀️Ushbu uchrashuvda institut hududida tartib-intizomni mustahkamlash, yoshlarning huquqiy madaniyatini oshirish va ularning xavfsizligini ta’minlash masalalari muhokama qilindi. “Qalqon” guruhi a’zolari o‘z faoliyati, erishilgan natijalar va kelgusidagi rejalar haqida ma’lumot berdilar.

🟣Institut rahbariyati tomonidan yoshlarning bunday tashabbuslari qo‘llab-quvvatlanib, ularga kerakli tavsiyalar berildi. Tartib va intizom – taraqqiyot kaliti!

💬Bizning sahifalarimiz:
🔹Telegram 🔹Instagram
🔹Youtube 🔹Facebook
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM