Guliston davlat pedagogika institutida Sirdaryo viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi hamkorligida 2024-2025 yillar kuz-qish mavsumida yong'in, chaqnash va is gazidan zaharlanishning oldini olish yuzasidan profilaktik tadbir oʻtkazildi.
🔹Tadbirda Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi vakillari, institut professor-oʻqituvchilari, tyutorlar va talaba-yoshlar ishtirok etishdi.
🔹Tadbirda talabalar turar joyida, ijara xonadonlarida yongʻin xavfsizligini ta’minlash, sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan favqulodda vaziyatlarni oldini olish boʻyicha mutaxassislar tomonidan tushunchalar berib oʻtildi.
🔹Shuningdek, qish mavsumida nostandart va ruxsat etilmagan elektr hamda gaz isitish anjomlaridan foydalanmaslik, chaqnash va is gazidan zaharlanish holatlarining oldini olish bo‘yicha bir qator tushuntirish ishlari olib borildi.
❇️ Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
🇺🇿"Yurakka yoqqan sado" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
🔹Joriy yil 10-dekabr kuni Guliston davlat pedagogika institutida 8-dekabr Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining 32 yilligi munosabati bilan institut talaba - yoshlari o‘rtasida "Yurakka yoqqan sado" mavzusida insholar tanlovi o‘tkazildi.
Tanlovda institut talabalari munosib ishtirok etishdi va tanlov yakuniga ko'ra:
🥇1-o'ringa Pedagogika fakulteti 16-22-guruh talabasi Muhlisa Abdushukurova
🥈2-o'ringa Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabasi Jasmina Roziqova
🥉3-o'ringa Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti talabasi Zinnura Xamidjonova munosib deb topildilar.
❇️ Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👏5👍2❤1🔥1
Guliston davlat pedagogika institutida 2024-yilning 5-6-dekabr kunlari "Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining 2024-yil 2-dekabrdagi 452-sonli buyrug‘i"da belgilangan vazifalarning ijrosini ta'minlash maqsadida, barcha professor-o‘qituvchilar va talabalar ishtirokida o‘quv seminarlari tashkil etildi. Seminarlarda buyruqning mazmun mohiyati, ta’lim jarayoniga kiritilgan o‘zgarishlar bo‘yicha tushuntirish va ma’lumotlar berildi.
❇️ Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
❇️ Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🔥3🏆3🎉1
Guliston davlat pedagogika institutida "Chet tillarni o'qitish va baholashda xorijiy malaka hamda tajribalarning o'rni" mavzusida seminar-trening bo'lib o'tdi.
🔹Seminar-treningda Qozon Federal universiteti Elabuga institutining ta'lim tizimini e'tiborga molik jihatlari, ta'lim texnologiyalarini amaliyotga joriy qilish, xususan, institut ta'limiga yangi usullar va yangi texnologiyalardan foydalangan holda dars jarayonini takomillashtirish ustuvor vazifa sifatida qaratildi.
🔹Shuningdek, "Xorijiy tillar" kafedrasi dotsenti pedagogika fanlari bo’yicha falsafa doktori N. Abdukadirova hamda filologiya fanlari bo’yicha falsafa doktori B. Turdikulova o'zlarining Elabuga institutidan olgan yangi tajriba va taassurotlari bilan taqdimot ko'rinishida institutning professor-o'qituvchi va talabalari bilan o'rtoqlashdi.
❇️ Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍6👏2