GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
13K photos
1.49K videos
50 files
4.47K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#GulDPI
#marifat_ulashib
#iqtibos

📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

MAHRIBON ABDURAHMONOVA


Ahli yer, odam, inson, mardum, bashar
Bor ekan turkiy tilim mangu yashar
Mir Alisher nazmidin gavhar toshar
Kim terib ulgurdi dur, siylay bugun.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
#GulDPI
#marifat_ulashib
#iqtibos

📌 Guliston davlat pedagogika institutiga biriktirilgan taniqli ijodkorlar

ASROR MO'MIN


Yer yuzida millat koʻp,
Zoʻrmiz degan davlat koʻp,
Bir oʻlka bor goʻzal xoʻb,
Dunyoga dongʻi doston,
Bu – Yangi Oʻzbekiston!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
“Milliy liboslar kuni" tashkil qilindi

⚡️ Institutda talaba-yoshlarni milliy qadriyatlarimiz, urf-odatlarimiz va an’analarimiz ruhida tarbiyalash maqsadida qoida tariqasida har haftaning juma kuni “Milliy liboslar kuni” deb belgilandi.

Shu munosabat bilan bugun institut ayol xodimalari hamda talaba-yoshlari institutga milliy liboslarda tashrif buyurdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
#xalqaro_konferensiya 🇨🇳🇷🇺🇰🇿🇰🇬🇹🇯🇺🇿

GulDPI hamda Guliston yoshlar texnoparki hamkorligidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o‘z ishini boshladi


Bugun, 22-noyabr kuni Guliston davlat pedagogika instituti hamda Guliston yoshlar texnoparki hamkorligida "Uzluksiz ta'lim tizimida raqamli va innovatsion texnologiyalarning dolzarb muammolar" mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman o'z ishini boshladi.

Konferensiyada Rossiya, Xitoy, Qozog‘iston, Qirg‘iziston, Tojikiston kabi mamlakatlardan tashrif buyurgan o‘z soha mutaxassislari ishtirok etmoqda.

Ushbu xalqaro konferensiyaning maqsadi Ta'limda raqamli texnologiyalarni qo‘llashning ilmiy rivojiga hissa qo‘shib, ilg‘or funksional materiallar va boshqa shu sohalardagi istiqbollar hamda muammolarni muhokama qilishdan iborat.

Konferensiya 23-noyabrga qadar davom etadi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍13👏2
Forwarded from Edu.uz
#seminar #giyohvandlik #profilaktika

O‘quv seminar bilim va ko‘nikmalarni mustahkamlaydi 

21-noyabr kuni Poytaxtimizda Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Narkotiklarni nazorat qilish milliy markazi, Ichki ishlar vazirligi Huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati hamda Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi hamkorligida oliy ta’lim muassasalariga biriktirilgan profilaktika (katta) inspektorlari hamda “Qalqon” jamoasi a’zolari uchun uch kunlik o‘quv-amaliy seminar o‘z ishini boshladi. 

Tadbir orqali ishtirokchilarning kelgusida talaba-yoshlar uchun giyohvandlik bilan bog‘liq yangi tahdidlarning oldini olish, barcha hamkor tashkilotlar bilan birga tizimli profilaktik tadbirlarni o‘tkazish choralarini ko‘rish bo‘yicha malakalarini oshirish, ular bilan tajriba almashish hamda zarur tavsiya va ma’lumotlarni ulashish maqsad qilingan. 

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/28258

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4