GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
13.1K photos
1.51K videos
51 files
4.52K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Do'stlik festivali 

Qoraqalpog'iston Respublikasi va Sirdaryo viloyati Do'stlik festivali doirasida viloyat Musiqali va drama teatrida Qoraqalpog'iston madaniyati kunlari boshlandi.

Tadbirda Guliston davlat pedagogika institutida tahsil olayotgan Qoraqalpog'istonlik talabalar ham faol ishtirok etishdi

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
❤‍🔥5👍5
Forwarded from Edu.uz
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
#ogohlik

Gʻoyaviy tahdidlardan ogoh boʻlaylik!


Oʻzbekiston Respublikasining Prezidenti Shavkat Mirziyoyev “Yoshlar jamiyatda sodir boʻladigan har qanday voqeliklarga oʻzgacha, ruhiy his kechinmalar doirasida munosabat bildiradilar. Qiyinchiliklar vujudga kelganda esa ehtiroslarga beriladilar. Shuning uchun bizning oldimizda turgan muhim masala — yoshlarni toʻgʻri yoʻlga boshlashdir”, deb qayd etgan.


Darhaqiqat, globallashuv davrida tahdidlar va tazyiqlar xavf tugʻdirmasidan avval ogohlik, daxldorlik tuygʻularini qalblarimizda mujassam etib borishimiz lozim. Jamiyatning tinchligiga va xavfsizligiga raxna soladigan barcha xatti-harakatlar, maʼnaviy, mafkuraviy tahdidlar yoshlar ongini zaharlash, ming yillik sinovlarga dosh bergan xalqimizni haq yoʻldan toydirish, ularni jaholat, buzgʻunchilik, nodonlikka boshlash bilan bor hunarini ishga solyapti.

Yoshlarimizni yuksak maʼnaviyatli qilib tarbiyalash orqali yurtimiz farovonlik va taraqqiyotimiz barqaror boʻladi. Shuning uchun ham yoshlarni maʼnaviyatli, komil inson qilib tarbiyalash, davlatimiz siyosatining ustuvor sohasi deb eʼlon qilinganligi bejiz emas.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
Kasbiy ta’limda malakali kadrlar tayyorlash

Guliston davlat pedagogika instituti va negizida texnikumlar tashkil etilayotgan Sirdaryo pedagogika kolleji, Sirdaryo tuman kasb-hunar maktabi, Sayxunobod tuman 2-son kasb-hunar maktabi hamda Xovos tuman 2-son kasb-hunar maktabi o‘rtasida hamkorlik ishlari yo‘laga qo‘yildi.
 
Mazkur hamkorlikdan ko‘zlangan asosiy maqsad yangi tashkil etilayotgan texnikumlarga o‘quv-uslubiy yordam ko‘rsatish, ta’lim sifatini oshirish hamda ularning moddiy-texnik bazasini yaxshilashga ko‘maklashishdan iborat.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍51👏1
🏓 "Besh tashabbus olimpiadasi'' doirasida sportning stol tennisi bo'yicha musoboqaga start berildi.

🏢 OTMlar o'rtasida:

🗓 Sana: 6-noyabr
Vaqt: 14:00

🔰 Saralash bosqichi:

🗓 Sana: 4-noyabr
🕰 Vaqt: 14:00

Ishtirok etmoqchi bo'lgan talabalarni taklif qilamiz.

Murojat uchun +998903121406 Umaraliyev D
+998974451514 Suyunov A

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5
#sport #voleybol #vazir_kubogi

Guliston davlat universitetida sportning voleybol turi bo‘yicha viloyatdagi mavjud oliy ta'lim muassasalari talabalari o‘rtasida Ichki ishlar vaziri kubogi musobaqasi oldidan, Guliston davlat universiteti va Guliston davlat pedagogika instituti talaba qizlari o‘rtasida o‘rtoqlik uchrashuvi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu o‘rtoqlik uchrashuvi ikkala jamoa uchun ham keyingi musobaqalarga tayyorgarlik vazifasini bajaradi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍51❤‍🔥1🎉1