GulDPI. uz | Rasmiy
4.56K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.56K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Guliston davlat pedagogika instituti yoshlari saylovga tayyor

Siz-chi?

Siz tayyormisiz?
#ovozbering

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍9👏8❤‍🔥5👌3
#ona_tilim

Bugun, 21-oktyabr – O‘zbek tili bayrami kuni munosabati bilan Adiblar xiyobonida o‘zbek adabiy tilining asoschisi, buyuk mutafakkir Alisher Navoiy haykali poyiga gul qo‘yish marosimi bo‘lib o‘tdi.

Unda viloyat hokimligi, turli mehnat jamoalari, oliy o‘quv yurtlari professor-o‘qituvchilari, talaba-yoshlar, milliy madaniy markazlar, keng jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.

Viloyat musiqali drama teatrida davom etgan asosiy bayram tantanasida viloyat hokimi Akmaljon Maxmudaliyev so‘zga chiqib, yurtdoshlarimizni sana munosabati bilan qizg‘in qutladi.

Tadbir davomida ona tilimizni madh etuvchi kuy qo‘shiqlar jarang sochdi, she’rlar aytildi. Teatrlashtirilgan sahna ko‘rinishlari, milliy raqslar bayramga o‘zgacha ruh bag‘ishladi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
🔥3👍2
Forwarded from Edu.uz
#ona_tilim_faxrim

21-oktyabr – Oʻzbek tili bayrami kuni munosabati bilan vazir tabrigi

Hurmatli vatandoshlar, talabalar, aziz doʻstlar!


Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi nomidan barchangizni jonajon yurtimizda keng nishonlanayotgan qutlugʻ ayyom – Oʻzbek tili bayrami kuni bilan chin koʻngildan qutlayman.

Davlatimiz rahbarining tashabbusi bilan mamlakatimizda oʻzbek tilining davlat tili sifatidagi oʻrni va ahamiyatini oshirish, uni zamon talablari asosida rivojlantirish borasidagi xayrli ishlar keng koʻlamda olib borilmoqda. Keyingi yillarda ona tilimiz nufuzli xalqaro anjumanlar, jumladan, Birlashgan Millatlar Tashkiloti minbaridan doimiy ravishda yangrab kelayotgani, dunyoda ona tilimizni oʻrganishga intilayotgan insonlar safining tobora kengayayotgani barchamizga gʻurur-iftixor baxsh etadi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/24779

Bizni
kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍21🔥1
21-oktabr mamlakatimizda o'zbek tiliga davlat tili maqomi berilgan kun. Sana munosabati bilan Guliston shahar Ichki ishlar boshqarmasi hamda Guliston davlat pedagogika instituti bilan hamkorlikda "Qadring baland bo'lsin, ona tilim" shiori ostida tadbir tashkil etildi.

Batafsil video lavhada:☝️

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍32