GulDPI. uz | Rasmiy
4.55K subscribers
13.2K photos
1.54K videos
52 files
4.57K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Xalqaro konferensiya”

 O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 18-yanvardagi 16-son buyrug‘i bilan tasdiqlangan rejaga asosan  T.N.Qori Niyoziy nomidagi Tarbiya pedagogikasi milliy instituti tomonidan  2024-yil 10-oktabr kuni O‘zbekiston milliy kutubxonasida “MARKAZIY OSIYO AYOLLARINING TADQIQOTCHILIK KOMPЕTЕNSIYALARINI RIVOJLANTIRISHDA GЕNDЕR TЕNGLIK TAMOYILI” mavzusida o‘tkazilgan xalqaro konferensiyasida  Guliston davlat pedagogika institutini professor-o‘qituvchilari, U.Shukurova, G.Kurbanova va Sh.Musurmanovalar ishtirok etishdi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
❤‍🔥3👏2👍1
📊 "Giyohvandlik va OITS ga qarshi kurash"

⚡️Guliston davlat pedagogika instituti madaniyat saroyida joriy yilning 11-oktabr kuni professor-o‘qituvchilar, talaba-yoshlar ishtirokida “Yoshlar orasida giyohvand vositalarning tarqalishiga va OITSga qarshi kurash”, mavzusida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.

Uchrashuvda so‘zga chiqqan Viloyat narkologiya dispanseri ijtimoiy mutaxassisi Davlatova Zebo, “Ijtimoiy-gumanitar fanlari” fakulteti yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosari I.Raxmanberdiyevlar giyohvandlikning oldini olishga qaratilgan chora-tadbirlar to‘g‘risida ma’lumotlar berishdi.

💫Tadbirda professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlarning huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirish, davlat va jamiyat hayotining barcha sohasida mazkur illatga qarshi kurashish zarur ekanligi alohida ta’kidlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
1👍1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#Yoshlar_ittifoqi
#Talabalar_oqshomi

🌸 "11- oktyabr – Xalqaro qizlar kuni" munosabati bilan O'zbekiston yoshlar ittifoqi Guliston davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti koordinatorlari tomonidan Talabalar turar joyi hovlisida "Talabalar oqshomi" ko'ngilochar konsert dasturi tashkil etildi.

⚡️ Talabalar ishtirokida intellektual savol-javoblar, interaktiv o‘yinlar, iste'dodli talabalarning chiqishlari bilan boshlangan konsert dasturi ommaviy raqs bilan yakunlandi.

🌹 Konsert dasturi davomida faol ishtirok etgan talabalar bayram munosabati bilan taqdirlanishdi.

🔥 Oltinga teng bo‘lgan talabalik onlarini biz bilan yanada zavqliroq o‘tkazing!

📩 Guliston davlat pedagogika instituti boshlang'ich tashkiloti axborot xizmati

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍5❤‍🔥2🔥2🥰1🤩1
#dayjest
#GulDPI_hafta_ichida

⚡️Yoshlar korrupsiyaga yo'q deydi!" batafsil
Talaba yoshlar o'rtasida kurash turlari bo'yicha sport musobaqasi batafsil
⚡️"Русский осенный вечер" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi. batafsil
💥Shaxmat-shashka sport turi bo'yicha musobaqa batafsil
🌟Ijara xonadonlarini o‘rganish ishlari davom etmoqda batfsil
☄️“Milliy liboslar haftaligi" batafsil
⚡️ "ZAKOVAT" intelektual o'yini tashkil etildi batafsil
💥Ochiq dars mashg’ulotlari batafsil
⚡️"Milliy liboslar kuni" batafsil
🔥Sayyor qabul batafil
🚴‍♂️“Sogʻlom turmush tarzi tarafdorimiz” shiori ostida velomarafon batafsil
⭐️Magistrlar uchun seminar-trening mashg'ulotlari batafsil
🥗"Oshxona qirolichalari" ko'rik tanlovi batafsil
✒️Ijodiy uchrashuv batafsil
📝Talabalar bandligi taminlandi batafsil
🚗Yo'l qoidasi-umr foydasi batafsil
🌦Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik o‘rganildi batafsil
⚡️11-oktyabr — Xalqaro  qizlar kuni! batafsil

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
DIQQAT E’LON!

Milliy malaka tizimini rivojlantirish instituti quyidagi lavozimlarga ishga taklif qiladi:
▸Yetakchi mutaxassis
▸Bosh mutaxassis
▸Bo‘lim boshlig‘i
▸Boshqarma boshlig‘i


Nomzodlardan quyidagi ko‘nikmalar talab etiladi:
▸professional va oliy ta’lim jarayonlarini yaxshi tushunish

▸ta’lim dasturlari va malaka talablarini shakllantirish jarayonlarini bilish

▸ta’lim va malaka tizimi bo‘yicha huquqiy hujjatlarni tushunish va ular bilan ishlay olish

▸kasbiy standartlar, malaka talablari va kompetensiyalar haqida tushunchaga ega bo‘lish

▸axborot texnologiyalaridan erkin foydalana olish

▸ma’lumotlarni erkin tahlil qilishi va ular asosida hisobotlar tayyorlay olish


Nomzodlarga qо‘yiladigan talablar:

📌 oliy ma’lumot, bakalavr yoki magistr darajasiga ega bо‘lishi (ilmiy daraja yoki ilmiy unvonga ega nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
📌 davlat tilini mukammal bilishi (rus va ingliz tillarini bilgan nomzodlarga ustuvorlik beriladi);
📌 tashabbuskorlik, tashkilotchilik, jamoa bilan ishlash, kreativ va tanqidiy fikrlash qobiliyatlariga ega bо‘lishi.


Ish joyidagi qulayliklar:

Yangi ish joyida moslashish va kasbiy faoliyatga kirishish jarayonida nomzodlar har tomonlama qo‘llab-quvvatlanadi, treninglar o‘tkaziladi va tegishli yordam ko‘rsatiladi.


💵Ish haqi: 6 000 000 sо‘mdan boshlanadi (aniq summalar suhbat davomida ma’lum qilinadi).

Hujjatlarni qabul qilish 2024-yil 25-oktabr gacha davom etadi.

Batafsil ma’lumot: +99833-109-33-36

Rezyume (obyektivka)lar @MMRInstitut telegram manzili orqali qabul qilinadi.
(Suhbat o‘tkazilish joyi va vaqti bo‘yicha alohida ma’lum qilinadi).

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
9 oktabr Guliston davlat pedagogka institutida  Raqamli texnologiyalar vazirligi Sirdaryo viloyati hududiy shu'basi bilan birgalikda "Innowomenweek 2024" haftaligi doirasida "Ayollar biznesga bir qadam" shiori ostida ITga qiziquvchi talaba qizlar bilan davra suxbati o'tkazildi. 
Yosh dasturchi qiz  Karimova Xonzoda o'zining IT yo'nalishidagi yutuqlar to'g'risida ma'lumot berdi. Talaba qizlar IT ga oid qiziqtirgan savollarga javob olishdi. Talaba qizlar IT Parkda tashkil etiladigan o'quv kurslarida o'qish istagini bildirdi. Davra suhbati orqali   talaba  qizlarga IT sohasidagi yangi imkoniyatlar va yangiliklar  to'g'risida ma'lumotlar berildi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍6👏2
Forwarded from Edu.uz
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
🏆 WikiStipendiya paramarafonida qatnashing va 45 million so‘mlik sovrinni qo‘lga kiriting!

WikiStipendiya loyihasi doirasida ilk marotaba o‘tkazilayotgan paramarafon — imkoniyati cheklangan ishtirokchilar uchun 1-iyundan 1-dekabrga qadar bo‘lib o‘tadi. Ishtirokchilar individual tarzda qatnashadilar.

Sovrin jamg‘armasi 45 million so‘mni tashkil qiladi:
🥇 1-o‘rin20 million so‘m;
🥈 2-o‘rin 15 million so‘m;
🥉 3-o‘rin10 million so‘m.

✍️ Ishtirok etish uchun Vikipediyada o‘z sahifangizni yarating va maqola yozishni boshlang! Bu ajoyib imkoniyatni qo‘ldan boy bermang — ishtirok etish uchun ayni muddao.

Sizning ishtirokingiz Vikipediyada yangi marralarni zabt etishga yordam beradi. Har qanday cheklov faqatgina yangi yutuqlar sari yo‘l ochishi mumkin! Ishtirok etishdan oldin nizom bilan tanishib chiqishingiz tavsiya etiladi!

Qo‘shimcha ma’lumot uchun “WikiStipendiya marafoni” aloqa boti yoki 330007133 raqamiga murojaat qiling.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
👍2👏1