GulDPI. uz | Rasmiy
4.52K subscribers
13.3K photos
1.55K videos
52 files
4.6K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
#Mukofot_muborak

⚡️ O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov «Do‘stlik» ordeni bilan mukofotlandi

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli Farmoniga binoan, xalqimizning intellektual va ma’naviy salohiyatini yuksaltirish, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat va san’at sohalari hamda ommaviy axborot vositalarini rivojlantirish borasida erishayotgan yuksak natijalari, yurtimiz taraqqiyotini ta’minlash, jamiyatda tinchlik va totuvlik, ijtimoiy barqarorlikni mustahkamlash, yosh avlodni ezgu g‘oyalar ruhida sog‘lom va barkamol etib tarbiyalashga qo‘shgan katta hissasi, shuningdek, jamoat ishlaridagi faolligi uchun O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri Qo‘ng‘irotboy Sharipov «Do‘stlik» ordeni bilan taqdirlandi.

✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook | 🌐
👍4
Forwarded from Edu.uz
#e'tirof

⚡️Oliy taʼlim va ilm-fan vakillarining bir guruh fidokorlari eʼtirof etildi

Prezident farmoni bilan O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz uch yilligi munosabati bilan ilm-fan, ta’lim sohalari xodimlaridan bir guruhi mukofotlandi.


Ular orasida oliy taʼlim va ilm-fan fidoyilari, professor-oʻqituvchilar ham bor.

🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq artisti” faxriy unvoni bilan

Nadirova Aygul Bazarbayevna – Nukus davlat pedagogika instituti dotsenti, xonanda, Qoraqalpog‘iston.

🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq hofizi” faxriy unvoni bilan

Matchanov Ochilbek Yo‘ldashboyevich – Urganch davlat universiteti o‘qituvchisi, maqom xonandasi, Xorazm.

🏵“O‘zbekiston Respublikasi xalq rassomi” faxriy unvoni bilan

Ziyaxanov Xurshid Djavidovich – Milliy rassomlik va dizayn instituti katta o‘qituvchisi, grafik rassom.

🏵“O‘zbekiston Respublikasida xizmat ko‘rsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoni bilan

Lutfullayev Xayrulla – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori.

🎖“Mehnat shuhrati” ordeni bilan

Tuxliyev Boqijon – Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti professori.

🎖“Do‘stlik” ordeni bilan

Sharipov Kongratbay Avezimbetovich –
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri;

Ashirboyev Samixan – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti kafedra mudiri;

Karimova Zarifa G‘ulomovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi dotsenti;

Nazaryan Arsen Ashotovich – Milliy estrada san’ati instituti katta o‘qituvchisi;

Saydaminova Dilaram Ahmadovna – O‘zbekiston davlat konservatoriyasi faxriy professori, kompozitor;

Tojiyev Rasuljon Jumaboyevich – Farg‘ona politexnika instituti kafedra mudiri;

Shodmonov Nafas Namozovich – Qarshi davlat universiteti kafedra mudiri.

🎖II darajali “Sog‘lom avlod uchun” ordeni bilan

Abuzalova Mehriniso Qodirovna – Buxoro davlat universiteti professori;

Muhiddinova Firyuza Abdurashidovna – Toshkent davlat yuridik universiteti professori;

Tashmatov Urazali G‘afurovich – O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti professori.

🏅“Shuhrat” medali bilan

Bozorov Xurshed Abdullayevich – Samarqand davlat universiteti professori;

Norov Ilhomjon Ashurovich – O‘zbek milliy musiqa san’ati instituti o‘qituvchisi, baxshi;

Yo‘ldoshev Muslum Islomovich – O‘zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti dotsenti.

💐 Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi barcha fidoyi ustozlarni samimiy qutlaydi!

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍4
📢 Talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ovozli chat

📆 Joriy yilning 25-avgust kuni soat 09:00da GulDPI yoshlari | yoshlar ittifoqi telegram kanalida 2024/2025-oʻquv yiliga tayyorgarlik, oʻquv jarayonlarining boshlanishi, talabalarni turar joy bilan taʼminlash borasida amalga oshirilgan ishlar boʻyicha ovozli chat o‘tkaziladi.

🎙 Unda Guliston davlat pedagogika instituti mas’ullari ishtirok etadi va savollarga batafsil javob beradi.

Mavzu yuzasidan savollaringiz bo’lsa, ovozli chatda ishtirok eting.

https://t.me/guldpiyoshlari_yi
👍5
Yurtimizni obod qilishga o‘z hissamizni qo‘shaylik!

Bugun, Mahalla obod — yurt obod” shiori ostida o'tkazilayotgan umumxalq xasharning 2 kuni Guliston davlat pedagogika institutida hamda institut qoshidagi Akademik litseyida davom etmoqda .

Milliy qadriyatlarimizning muhim ko‘rinishi bo‘lgan mahalla va hashar qadriyati zamirida xalqimizning boy tarixi, bebaho ma’naviy urf-odat va an’analarimiz, xalqimizning insoniylik, oliyjanoblik, mehr-saxovat kabi ezgu fazilatlari mujassam. Bu tadbirlarning aynan mustaqillik bayrami arafasida o‘tkazilishi esa yanada chuqur ma’no va mazmun kasb etadi.

Hasharda litsey hovlisidagi va yondosh hududlardagi daraxt va butalar oqlandi, ularga shakl berildi. Bino va yo‘laklar  supurildi, ariqlar tozalandi, yo‘lak chetlari oqlandi.

✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook | 🌐
👍11🔥2👏1🏆1
#Qabul2024
#Mandat


Qabul 2024: 2024-2025-O'quv yili talabalar o‘qishini xorijiy oliy ta'lim tashkilotlaridan hamda O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy va nodavlat oliy ta'lim tashkilotlaridan davlat oliy ta'lim muassasalarining mos va turdosh ta'lim yo‘nalishlariga ko‘chirish bo‘yicha o‘tkazilgan test sinov natijalari qaydnomasi


👉
Kunduzgi ta'lim shakli bo'yicha qaydnoma

👉 Sirtqi ta'lim shakli bo'yicha qaydnoma


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍2
E’lon!

Ish qidirayotgan talaba-yoshlar diqqatiga!


Ertaga, 28-avgust, soat 11:00da nogironligi bo‘lgan shaxslarning jamiyatga ijtimoiylashuvini oshirish, mavjud bo‘sh ish o‘rinlari bilan tanishtirish, ish topishga yordam beruvchi foydali platformalar va IT sohasida yuqori maoshli ish o‘rinlari haqida ma’lumot berishga bag‘ishlangan tadbir tadbir tashkil etilmoqda.

📍Tadbir o‘tkaziladigan joy: Raqamli texnologiyalar vazirligi (Toshkent).

📃Ro‘yxatdan o‘tish uchun havola: 👉https://docs.google.com/forms/d/18W90IbMgtXM9wPE8-KSrnG_WXc5W4QRA--mFlNm8EQM/edit

🔗 Tadbirda onlayn ishtirok etish uchun havola: 👉https://us06web.zoom.us/j/86410993843?pwd=xh1PaYZeyIvI4ADeEDPDij3M5HPmbH.1
👍2
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
#talabaga_qulaylik

📢 Guliston davlat pedagogika institut talabalar turar-joylari va ijara xonadonlari bo‘yicha ma’lumotlar markazi: Endi talabalar yotoqxona izlab sarson bo'lmaydi!

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3
Forwarded from Edu.uz
Korrupsiyaviy holatlarning oldini olishga qaratilgan choralar ko‘rillmoqda

Hisob palatasi, Bosh prokuratura, Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan hamkorlikda oliygohlarning 65 nafar ichki audit xodimining bilim va malaka salohiyatini tahlil qilish, baho berish, mustahkamlash, shuningdek, korrupsiyaviy holatlarning oldini olish va unga yo‘l qo‘ymaslik mas’uliyatini oshirishga qaratilgan 2 kunlik o‘quv seminari tashkil etildi.

Unda mutaxassislar tomonidan oliy ta’lim muassasalari ichki audit xizmati xodimlariga moratoriy davrida mas’uliyat va javobgarlik yanada ortishi tushuntirildi. Shuningdek, o‘tkazilayotgan nazorat tadbirlarida e’tibor qaratiladigan muhim jihatlar, samarasiz xarajatlarni aniqlash, undirish va byudjetga tiklash borasida batafsil ma’lumot berildi.

Batafsil: https://gov.uz/oz/edu/news/view/19857

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍3
E'lon

Barcha professor- o'qituvchi va talabalarni "Ma'rifat ulashib" loyihasi doirasida tashkil etiladigan ijodiy uchrashuvga taklif etamiz.


Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍3