GulDPI. uz | Rasmiy
4.49K subscribers
13.3K photos
1.58K videos
56 files
4.64K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Yoz mavsumida mahalla yoshlarini bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etilmoqda.

⚡️Oʻzbekiston mahallalari uyushmasi, Maktabgacha va maktab ta'limi vazirligi, Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi, Sport vazirligi, Madaniyat vazirligi, Yoshlar ishlari agentligi, Respublika ma'naviyat va ma'rifat markazi hamda O'zbekiston yoshlar ittifoqi Sirdaryo viloyati Kengashi bilan 2024-yil 15-iyuldagi 26-Q/Q-sonli qo'shma qarori ijrosi bo'yicha Guliston davlat pedagogika institutida ishlab chiqilgan chora-tadbirlar dasturiga asosan joriy yilning 19-avgust kuni institutga yaqin hududda joylashgan mahallalar yoshlari o'rtasida sportning mini-futbol turi bo'yicha musobaqalar tashkillashtirildi.

💫 Institut sport majmuasida o'tkazilgan musobaqalarda mahallalarning 5 ta jamoasi ishtirok etdi.

🎁 Musobaqa yakunida g'olib jamoalar institut rahbariyati tomonidan esdalik sovg'alari bilan taqdirlandi.

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍1
Forwarded from Edu.uz
#infografika

Respublika bo‘yicha nechta talabalar turar joylari mavjud?


Bugungi kunda 112 ta oliygohda jami 338 ta talabalar turar joylari mavjud bo‘lib, ularning sig‘imi 127 792 o‘rinni tashkil etmoqda.

Respublika miqyosida 46 252 o‘rinli 86 ta talabalar turar joylarini barpo etish bo‘yicha loyihalar amalga oshirilmoqda. Ulardan 31 882 o‘rinli 59 ta davlat-xususiy sheriklik asosida, 14 370 o‘rinli 27 tasi oliygohlarning to‘liq o‘z mablag‘lari doirasida barpo etilmoqda.

Ayni paytda 34 320 o‘rinli 67 ta talabalar turar joylarini qurish ishlari olib borilmoqda.

Bizni kuzating

Facebook
| Instagram | YouTube | Telegram
👍1
🇺🇿 Samarqandga sayohat davom etmoqda

Guliston davlat pedagogika institutining bir guruh talabalari go'zal va navqiron Samarqand shahriga sayohat uyushtirildi.
  
⚡️ Sayohat davomida talaba-yoshlar Samarqand shahridagi tarixiy va muqaddas qadamjolarida joylashgan me’moriy obidalar  va qadimiy yodgorliklar bilan birgalikda, yangi, zamonaviy ko'rinishda bunyod etilgan bino-inshootlar bilan ham yaqindan tanishmoqdalar.
  
📥GulDPI axborot xizmati                        

✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook | 🌐Website
❤‍🔥7👍71🤩1
Tug‘ilgan kun muborak bo‘lsin!

Bugun Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining axborot siyosati masalalari bo‘yicha maslahatchisi – matbuot kotibi Nazokat Abduqunduzovaning tavallud topgan kuni.

Guliston davlat pedagogika institut jamoasi nomidan bugungi tavvallud ayyom bilan Nazokat Abduqunduzovani muborakbod etamiz. Ularga sog‘lik salomatlik, ko‘plab g‘oyalarining amalga tadbiqini, ijod olamida yanada yuksak parvozlarni tilab qolamiz!

Mahoratli jurnalist, tajribali rahbar, o‘z bilimlarini shogirdlaridan ayamaydigan saxiy ustoz va albatta, samimiy inson sifatida barchaning hurmatini qozongan Nazokat Abduqunduzovaga soha rivoji yo‘lida mehnat qilib hormang deymiz!

✈️Telegram | 📷Instagram | 🖤YouTube | 📒Facebook | 🌐
🎉9👍4
#Qabul_2024
#Texnikum_bitiruvchilari

⚡️Guliston davlat pedagogika institutida texnikumlarni muvaffaqiyatli tamomlagan bitiruvchilarni o‘qishga qabul qilish bo‘yicha suhbat jarayonlari yuqori saviyada ochiq va shaffof o‘tkazilmoqda.

🔹Shuni alohida qayd etish kerakki, suhbat jarayonlari to‘liq videokuzatuv ostida o‘tkazilmoqda va jarayon ota-onalar, kuzatuvchilar uchun ajratilgan alohida xonada ovozli tarzda onlayn translyatsiya qilib borilmoqda.


Bugun 60110200 Maktabgacha ta'lim va 60112200 Jismoniy madaniyat yo'nalishlarga hujjat topshirgan talabgorlar suhbatdan o‘tkazilmoqda

Bizning sahifalarimiz:
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
👍61