GulDPI. uz | Rasmiy
4.58K subscribers
12.6K photos
1.41K videos
49 files
4.28K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
“Nurli maskan” maktab internatida sayyor dars mashg‘uloti tashkil qilindi.

Guliston davlat pedagogika instituti «Pedagogika» kafedra o'qituvchilari tomonidan Inklyuziv ta’lim Gospital pedagogikasi fanidan Sirdaryo viloyati “Nurli maskan” maktab internatida soha mutaxassislari bilan hamkorlikda sayyor dars mashg‘uloti tashkil qilindi.

Mutaxassislar bilan hamkorlikdagi ma’ruza mashg‘ulotlaridan so‘ng, maktab-internatning boshlang‘ich va yuqori sinf xonalarida amaliy mashg‘ulotlar o'tkazildi. Mashg‘ulotlardan so‘ng talabalar zo‘r qiziqish bilan o‘quvchilar uchun yaratilgan shart-sharoitlar va o‘quvchilarning ijodiy ishlari bilan tanishdilar.

Talabalar olgan nazariy bilimlarini amaliyotga tatbiq etish yo‘llarini o‘rganish bilan birgalikda, alohida ta’lim ehtiyoji bo‘lgan o‘quvchilarga berilgan imkoniyatlar bilan tashishdi.

Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Forwarded from Edu.uz
Please open Telegram to view this post
VIEW IN TELEGRAM
✒️"Oliy ta'limda islohotlar"

Bugun Guliston davlat pedagogika institutida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi deputati Sh.Qulmatov va "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Sirdaryo viloyati kengashi raisi N.Soatovlar ishtirokida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 24-maydagi “Oliy ta’lim tashkilotlariga o‘qishga qabul qilish va davlat buyurtmasini joylashtirish tizimini takomillashtirish to‘g‘risida”gi PF-81-sonli Farmonini mazmun-mohiyati haqida uchrashuv tashkil qilindi.


Tadbir davomida talaba-yoshlar o‘zlarini qiziqtirgan savollariga javob oldilar.


Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website