GulDPI. uz | Rasmiy
4.59K subscribers
12.5K photos
1.41K videos
49 files
4.26K links
Guliston davlat pedagogika instituti rasmiy telegram kanali.

Kanal Guliston davlat pedagogika instituti rektorining axborot siyosati boʻyicha maslahatchisi – matbuot kotibi @Nozimjon_Muydinov tomonidan yuritiladi.

Murojaat uchun: +998335659999
Download Telegram
Media is too big
VIEW IN TELEGRAM
Iqtidorli va iste'dodli qizlarni aniqlash va ularni qo'llab-quvvatlash maqsadida Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasining "O'zbegim qizlari" dasturida Guliston davlat pedagogika institutining bir necha nafar talaba qizlari ishtirok etishdi.
Dasturda talaba qizlar
✔️Tanishtiruv
✔️Pazandachilik siri
✔️Xotira mashqi
✔️Sport
✔️Erkin mavzu kabi shartlar asosida o'zaro bellashishdi.

Dastur davomida talaba qizlar darsdan bo'sh vaqtlarida shug'ullanadigan mashg'ulotlari asosida iqtidorlarini namoyish qilishdi.

Dastur so'ngida ishtirokchilar nominatsiyalar bo'yicha Sirdaryo viloyat teleradiokompaniyasi direktori Z.Darxanovning faxriy yorlig'i bilan taqdirlanishdi.

Ko'rsatuv ijodkorlari bilan talaba qizlarning iqtidorlarini yuzaga chiqarishga ko'maklashuvchi bunday dasturlarni muntazam ravishda davom ettirishga kelishib olindi.

Bizni kuzating
👇
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
Joriy yilning 16-may kuni Guliston davlat instituti tyutorlari va talabalari bòsh vaqtlarini mazmunli va maroqli òtkazish maqsadida Sirdaryo viloyati musiqali drama teatri tashabbusi bilan òtkazilgan O‘zbekiston Xalq artisti Abduhoshim Ismoilovning "MAESTRO" deb nomlangan ijodiy kechasiga tashrif buyurishdi.

Dastur davomida "Anvar va Ra'no" spektakli uchun bastalangan kuylar, ariyalar va ashulalar ijro etildi. Tadbir so‘ngida kechaning asosiy qahramoni A.Ismoilov ijrosida yangragan kuylar barchaga ko‘tarinki kayfiyat bag‘ishladi.

Bizni kuzating
👇
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
"Farovon oila- jamiyat ravnaqi" mavzusida tadbir bo'lib o'tdi

Guliston davlat pedagogika institutida "Farovon oila- jamiyat ravnaqi asosi" mavzusida tadbir o‘tkazildi. Tadbirda Guliston shahar hokimligi Oila va xotin-qizlar bo‘limi mutaxassisi L.I.Esonturdiyeva, FHDYo mudirasi G.B.Rasulovalar ishtirok etishdi.

🔰 Mazkur suhbat davomida mutaxassislar tomonidan oilaviy munosabatlarda tabiiy, ahloqiy, psixologik, iqtisodiy, huquqiy munosabatlarda barkamollik mustahkam oila qurishni asosi ekanligini tushuntirildi.

Talabalar mavzu yuzasidan qiziqtirgan savollariga javob olishdi, yig‘ilish mustaqil hayotga qadam qo‘yayotgan yoshlarga manfaatli o‘tdi.

Bizni kuzating
👇
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
#Xalqaro_konferensiya 🇷🇺🇺🇸🇹🇷🇮🇳🇰🇿🇺🇿

Guliston davlat pedagogika institutida “Ta’lim transformatsiyasi sharoitida tillarni o‘qitishning muammolari va istiqbollari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyasi o‘z ishini boshladi.

Anjumanda Rossiya Fanlar Akademiyasining a’zosi, f.f.d. professor N.J.Minbayev, AQShning Florida universiteti doktori Sabrina Chowdhury, Rossiya Federatsiyasi Shadrinsk davlat pedagogika universiteti dotsenti, f.f.n. S.A.Nikanorov, Sri Lankalik olim Kasun Kumara Dissanayake, Turkiyalik olim Recep AKIŞ, Hindistonlik olim Abu Saleh Md Manjur Ahmed kabi bir qator xorijiy olimlar bilan birgalikda O‘zbekiston davlat jahon tillari universiteti professori, f.f.d. D.R.Djumanova, Buxoro davlat tibbiyot instituti p.f.d. prof. G.N.Kurbanova, f.f.n. dots. M.H.Davlatova, Guliston davlat universitetidan p.f.d. prof. B.X.Raximov, f.f.n. dots. X.Tojiyev, f.f.n. dots. M.M.Bayeshanov, Toshkent davlat transport institutidan f.f.n. dots. R.X.Babaxodjayev, Qarshi muhandislik-iqtisodiyot institutidan t.f.n. dots. M.A.Samadiy nutq so ‘zladilar.

Konferensiya oʻz ishini shoʻbalar kesimida davom ettirmoqda.

Bizni kuzating
👇
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website
‘‘Etnosport’’ musobaqalari o‘tkazildi.

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 25-maydagi “Etnosport turlarini ommalashtirish va rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida”gi PQ-259-sonli qarori asosida mazkur sport turlari aholi, ayniqsa yoshlar o‘rtasida ommalashtirilmoqda

Guliston davlat pedagogika institutida joriy yilning 14-17-may kunlari talaba-yoshlar o‘rtasida “Etnosport”ning kurash, tosh ko‘tarish, qarabteb va arqon tortishish turlari bo‘yicha musobaqalar o‘tkazildi.

Bizni kuzating👇🏻
Telegram | Instagram | YouTube | Facebook | Website